Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Gamma nurlar- elektromagnit nurlar bo'lib, yorug'lik tezligida tarqaluvchi 
energiya kvantlar oqimidir. Gamma nurlar odam tanasi va boshqa materiallardan 
sezilarli darajada kuchsizlanmasdan o'ta oladi (rasmga qarang). Gamma nurlanishning 
intensivligi nuqtaviy manbagacha bo'lgan masofa kvadratiga teskari proporsional 
ravishda kamayadi. 
Rentgen nurianishi- moddalarni elektronlar oqimi bilan bombardimon qilganda 
hosil bo'luvchi yuqori chastotali va qisqa to'lqinli elektromagnit nurlanishlardir. 
Neytron nurlanish- bu neytral zarralar oqimidir. Bu zarralar ba'zi yadro 
reaksiyalari, jumladan, uran yoki plutoniy yadrosining bo'linish reaksiyasi vaqtida 
yadrodan uchib chiqadi. 
Radiatsion nurlanish dozasi. Turli turdagi nurlanishlar turlicha energiya va kiruv- 
chanlik qobiliyatlariga ega bo'lganligi uchun ularning tirik oiganizmlarga ta'siri ham 
turlicha bo'ladi. 
Nurlantirilayotgan jism yoki organizm to'qimasi birlik massasiga to'g'ri keluvchi 
eneigiyaga yutilgan doza deyiladi va u Xalqaro Birliklar Sistemasida Grey (Gy) larda 
o'lchanadi. Lekin bu kattalik bir xil yutilgan dozada misol uchun, alfa nurlanishni betta 
yoki gamma nurlanishdan juda katta xavfli ekanini hisobga olmaydi. 
Biror turdagi nurlanish dozasini shu turdagi nurlanishni to'qimalarga zararini 
ko'rsatuvchi koeffitsiyentga ko'paytmasi ekvivalent doza deyiladi va u xalqaro birliklar 
sistemasida Zivert (Sv) larda o'lchanadi. Misol uchun bir xil yutilgan dozada alfa 
nurlanish boshqa nurlanishlaiga qaraganda 20 marta xavfli hisoblanadi (1 Zivert = 1 
J/kg). 


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Radioaktiv manbadagi nuklidning aktivligi Xalqaro Birliklar Sistemasida Bekkerl 
(Bq) da o'lchanadi. 1 bekkerl har qanday radionuklidda 1 sekunda bitta parchalanish 
(bitta zarra chiqishi) yuz berishini ko'rsatadi. 
Bundan tashqari bu kattaliklarning sistemadan tashqari birliklari ham ishlatiladi. 
Bular Kyuri ("Ci^-izotopning aktivlikbirligi (1 Cu= 3,7 • 10
10
Bq),rod (rad) yutilgan 
nurlanish doza birligi (lmd=0,0l Gy), ber — ekvivalent doza birligi (1 ber = 0,01 Sv). 
Inson asosiy radiatsiyani tabiiy manbalardan oladi. Ba'zilaridan qochib qutilishning 
umuman iloji yo'q. Inson nurlanishni ikki xil usul bilan oladi. Radioaktiv modda 
organizmdan tashqarida bo'lib uni tashqaridan nurlantirgan tashqi nurlanish haqida 
gapiriladi. Agar ular inson nafas oladigan havoda bo'lsa, oziq-ovqat yoki suv orqali 
inson organizmiga tushsa, bunday nurlanish ichki deyiladi. Inson eng katta nurlanishni 
Yerdagi manbalardan oladi. Radiatsiyaning qolgan qismini esa koinotdan oladi. Kosmik 
nurlar, asosan, bizga koinotning uzoq joylaridan, ba'zi qismi esa Quyoshning 
chaqnashlari vaqtida yetib keladi. Kosmik nurlar Yer atmosferasigacha yetib kelib u 
bilan ta'sirlashadi va ikkilamchi nurlanishlar paydo qiladi hamda har xil radionuklidlar 
paydo qiladi. 
Balandlik ortishi va havoning siyraklashishi hisobiga ham nurlanish darajasi ortadi. 
Buni samolyotlarda tez-tez uchadigan odamlar bilishi juda zarur. O'rtacha 70% 
nurlanishni inson tabiiy radioaktiv manbalarning oiganizmga tushgan oziq-ovqat, suv va 
havo orqali oladi. 
Tirik organizmlarga radioaktiv nurlar ta'sir ettirish ma'lum foyda keltirishi ham 
mumkin. Zararli shishlar (rak) dagi tez ko'payadigan hujayralar nurlanishga normal 
hujayralardan ko'ra sezgirroqdir. Rak kasalligini gamma nurlar bilan yo'q qilish shunga 
asoslangan. Qishloq xo'jaligida o'simliklarning yangi turini olish maqsadida, urug' 
zararkurandalariga qarshi kurashishda, meva va sabzovotlarni konservalashda, 
meditsina asbob va uskunalarni sterilizatsiya qilishda ionlashtiruvchi nurlanishlar 
radiatsiyasidan keng foydalaniladi. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling