Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
BO`SH O`ZLASHTIRUVCHI O`QUVCHILAR FAOLIYATINI STIMULLASHTIRISH Karimova Munira Farxodjonovna Xorazm viloyati Gurlan tumani 32-maktab psixologi Hammamizga ma’lumki bugungi kunda dolzarb mavzuga aylangan bolalarda bo‘sh o‘zlashtirishning namoyon bo‘lishi o‘quvchi yoshlar orasida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda. Bugungi kunda “stimullashtirish” - “insonni qandaydir faoliyatga etaklash, turtkilash” degan ma’noda qo`llaniladi. Inson asli tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, eslatma bo`lmasa, hatto ba’zan majburlash bo`lmasa o`rnimizdan ham qimirlay olmaymiz. Shunday zamonlar ham bo`lganki, ishga, mehnatga nisbatan sovuqqonlik ishyoqmaslik, dangasalik deb atalgan hamda uni yengish uchun oddiy va tabiiy usul – majburlashning turli ko`rinishlaridan foydalanishgan. Bu usul insoniy munosabatlar tarixida chuqur ildiz otgan. Yillar mobaynida “inson qalbi” deb nomlangan nozik matoning asosiy ipini topish uchun olimlar juda ko`p mehnat qildilar. Vaqt o`tishi bilan insonga samarali ta’sir etadigan munosabatlarning turli vositalari izlab topila boshladi, Natijada ularni majburlash borgan sari qiyinlashib qola boshladi. O`z haq-huquqlari bilan himoyalangan ozod va mustaqil shaxs yangicha yondashuvlarni talab etadi. Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va salmog`i nihoyatda yuqori. Ammo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko`p miqdordagi kontseptsiyalar, nazariyalar, g`oyalardan o`z faoliyati uchun yaroqlisini kamdan-kam topishi mumkin. SHu nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni ichida o`z yo`lini yo`qotib qo`ygan. Ammo, aytish joizki, ta’lim jarayoni samaradorligiga ijobiy ta’sir ko`rsatadigan omillar ichida stimullashtirish etakchi o`rin egallaydi. “Nazarimda, o`z pedagogik faoliyatimning boshlanishida men juda ko`p xatolarga yo`l qo`yganman. Tabiiyki, ularni takrorlashni istamayman,- deb tan oladi taniqli amerikalik pedagog A.Dreer,- men uchun eng qiyin muammo o`qishga motivlashtirish bo`lgan”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling