Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning 
ierarxiyasi, tizimidagi o`rni to`g`risida uzoq bahslashish mumkin, qaysiki 
nazariyotchilarimiz asosan shu bilan mashg`ul. Ammo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj 
va motivlardan ajralmagan holda, ularga asoslanadi. Shuni ta’kidlash joizki, inson 
odatda, bir yo`la turli ko`rinishdagi ehtiyoj va motivlar ta’siri ostida bo`ladi hamda 
ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat qiladi. Shunday bo`lishi ham mumkinki, 
bir nechta bir xil ta’sir kuchiga ega bo`lgan ehtiyoj va motivlar maydonga chiqib 
qolishi, ular orasida ziddiyat paydo bo`lishi mumkin. Shunday vaqtda kishi ular 
orasidan o`zi uchun ma’qul bo`lgan xatti-harakatlar yo`nalishini tanlashiga to`g`ri 
keladi. Insonning aynan u yoki bu yo`lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar bajaradi. 
Demak, tanlashda, yo`nalishni aniqlashda, to`g`ri qaror qabul qilishda va kerakli 
yo`nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi. 
Ayni paytda zarur, ammo bajarish istagi kam bo`lgan stimullarni tanlash 
o`quvchidan katta kuch va sabotni talab etadi. Bu juda qiyn jarayon bo`lib, kichik 
bolalar u yoqda tursin kattalar ham buni bajarishga qiynaladilar. Ba’zan hissiyotlar 
aqldan ustunlik qiladi. SHunda o`quvchi ko`proq o`ziga jalb qilib turgan xulq-atvor 
yo`nalishini tanlash uchun bahona yoki chora izlaydi va uni topadi. Masalani yana 
to`g`ri tanlangan va qo`llanilgan stimullar hal etadi. 
Ma’lumki, qo`zg`otuvchi motivlar aniq mavjud bo`lganda bizning xatti-
harakatlarimiz g`ayratliroq va izchil bo`ladi. Ta’sir ko`rsata oladigan motivlashtirish 
ba’zan o`quvchilar xatti-harakatlariga shu darajada ijobiy ta’sir ko`rsatadiki, birinchi 
qarashda bu kutilmagan natijaga o`xshab ko`rinadi. Motivlashtirish o`quvchilarni turli 
darajadagi xatti-harakatlarni bajarishga undaydi. Natijada turli shart-sharoitlarda turli 
xildagi motivlashtirish, turli xildagi o`zlashtirish ko`rsatgichlariga olib keladi. 
Motivlashtirish yutuqlarga erishishning zarur sharti sifatida g`arb psixologlari 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Taniqli psixolog D.Karnegi ta’kidlaganidek, dunyoda 
odamlarni nimadir qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul 
odamni nimadir qilishni istashga majburlash demakdir.
Shularni yaxshi tushunib olsak, tashqaridan olib kiriladigan soxta stimullarni 
qidirib yurishimizga to`g`ri kelmaydi. Chunki barcha samarali stimullarni bola 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling