Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

1.Nosog`lom oila muhiti. Bu kabi oilalarda ota-ona bilan farzand o`rtasidagi 
munosabatning 
ijobiy 
psixologik 
iqlimda 
emasligi, 
farzandlar 
o`rtasidagi 
kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikni mavjud emasligi 
bolalarda agressiv hulq-atvorni shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi agressivlikning 
namoyon bo`lishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bog`liq hisoblanadi. 


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
2.Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o`z tengqurlari bilan bo`lgan 
munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o`zlariga singdiradilar. Ko`pgina hollarda 
bolalar tengdosh do`stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda, o`zlarini agressiv 
boshqarishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar o`z tengdoshlari orasidan 
siqib chiqariladilar. Bunday bolalar o`zlarini ho`rlangandek his qilib, o`zlari kabi 
agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammoning ustiga yana muammo 
tug`dirmasdan qolmaydi. 
3.Ommaviy axborot vositasi. Bugungi kunda bolalarga ta’sir etayotgan eng 
kuchli quroldir. Bu borada internetning ta’siri kuchayib bormoqda. Bolalar internet 
aloqalari orqali o`zlarining xususiyatlariga to`g`ri kelmaydigan ma’lumotlar bilan ham 
tanishmoqdalar. Shu o`rinda oynai jahon orqali namoyish etilayotgan turli jangari
fil’mlar, ko`rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarni tarkib topishga ta’sir 
qilmoqda.
Yuqoridagilarga asoslangan holda o`smirlar guruhidagi tanglik holatini bartaraf 
etish uchun quyidagi psixologik trening mashg`ulotlaridan foydalanishni tavsiya 
qilaman.
O`smir shaxsida tanglik holatini bartaraf etishga qaratilgan trening 
mashg`ulotlari 
 “Mening kayfiyatim nimaga o`xshaydi?” mashqi 
Maqsad: shaxsda emotsional holatlarni anglash, ularni boshqarish va nazorat 
qilish ko`nikmalarini tarkib toptirishdan iborat.
Ushbu mashq shu turdagi mashg`ulotlar uchun faollashtiruvchi o`yin vazifasini 
o`tashi mumkin. U ishtirokchilarga o`zlarining emotsional holatlarini anglash va ularni 
“shu yerda va hozir” tamoyili asosida obrazli tarzda ifodalash imkonini beradi. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling