Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Trener uchun ma’lumot. Ushbu mashqni guruhning tayyorgarlik darajasiga qarab
musobaqa yoki “aqliy hujum” shaklida tashkil etish mumkin.
Ishtirokchilarning vatmanini butun mashg`ulot davomida yordamchi vosita
sifatida qo`llash mumkin.
Qolaversa, mashg`ulotlar davomida ushbu “lug`at” yangi
so`zlar bilan boyitib borilishi mumkin. Shunga alohida e’tibor qaratinglarki, ro`yxatda u
yerda asosiy emotsiyalar (g`azab, g`am, quvonch, qo`rquv, xafagarchilik)
qolib
ketmasligi kerak. Agar ishtirokchilardan biri yozilganlarning emotsiyalarga
tegishliligiga
shubha qilsa, qolganlardan buni izohlab berish so`raladi.
Mashg`ulot yakunida ishtirokchilarga quyidagi savollarni berish mumkin: “Oxirgi
marta nazorat ishi yozganiningizda o`zingizni qanday his qildingiz?”, “Nojo`ya ish qilib
qo`yganingizda o`zingizni qanday his etasiz?”.
Muhokamada “Sizningcha, eng yoqimsiz his qaysi?”, “Qaysi biri eng yoqimlisi?”,
“Quyida sanab o`tilgan hislardan qay biri sizga yaxshi tanish?” kabi savollarga javob
berish taklif qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abramova G.S. Vozrastnaya psixologiya. Toshkent 2005.
2. L.Beknazarova, M.Maxmudova. Ijtimoiy-psixologik trening. Toshkent 2016.
3. E.G’.G’oziyev. Psixologiya muammolari. Toshkent 1999.
4. R.Y.Toshtemirov, E.G’.G’oziyev Psixodiagnostika va amaliy psixologiya.
Toshkent 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: