Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Kalit so’zlar: O’smirlik, tanglik vaziyati, psixika, bilish jarayonlari, referent
guruhlar, o’tish davri, kompensatsiya, giperkompensatsiya, agressivlik.
Bugungi kunda sog`lom va barkamol avlodni tarbiyalash eng ustivor vaifalardan
biridir. Ruhiy sog’lom, ma’naviyati yuksak, jismoniy va aqliy yetuk farzandlar yurt
kelajagidir. Hozirgi kunda fan-texnikaning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi nafaqat
jamiyat hayotiga balki o`sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga ham o`z
ta’sirini o`tkazmasdan qolmayapti. Buning natijasida o`quvchi yoshlarimizda psixologik
tanglik, qiyin vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Albatta bunday tanglik holatlari
o`quvchining jismoniy, psixik va aqliy rivojlanishiga o’z ta’sirini ko’rsatmoqda.
Tanglik vaziyati-shaxsning psixikasida ro`y beradigan hissiy zo`riqishlarni kuchli
darajada namoyon bo`lishidir. Bunday holat shaxsning bilish jarayonlariga, aqliy
faoliyatiga, shaxslararo munosabatlar tizimida tutgan o`rniga bog`liqdir. Shuningdek, bu
holat shaxsdagi xulq-atvor me’yorlarida ham o`ziga xos o`zgarishlarni yuzaga keltiradi.
O`smirlarni tengdoshlari o’rtasida uni qoniqtiradigan o`ziga xos o`rinni
egallashga intilish xulq-atvor me’yorlariga va referent guruhlar qadriyatlariga yuqori
darajada qiziqish bilan qo`shilishi kuzatiladi. O`smir psixikasidagi o`tish davri unda
bolalik va kattalik xususiyatlarini birgalikda bir vaqtda mavjud bo`lishi bilan izohlanadi.
O`smirlik yoshida odatda kichikroq yoshdagilar uchun xarakterli bo`lgan xulq-atvor
reaksiyalariga moyillik ko`pincha saqlanib qoladi. Ularga quyidagilar taalluqli:
1.Voz kechish reaksiyasi. U xulq-atvorning oddiy shakllaridan munosabatlar,
uydagi majburiyatlar, o`qish va boshqalardan voz kechishida ifodalanadi. Aksariyat
hollarda odatiy hayot sharoitlaridan keskin uzilishlar (oiladan uzilish, maktabni
o`zgartirish) sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |