Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
O’zlashtirishi past bo’lgan o’quvchilar asosiy psixik jarayonlar bo’lgan xotira va
diqqat
shakllanmaganligi
kuzatiladi.Lekin
tafakkurning
rivojlanmaganligi
o’quvchilarning bilimlarni past o’lashtirishiga asosiy sabab hisoblanadi.Masalan past
o’zlashtiruvchi o’quvchilar tanish bo’lgan matndagi so’zlar va sonlarni oson eslab
qolishlari mumkin,lekin murakkabroq ,ularni eslab qolish uchun mantiqiy xotira zarur
bo’lgan, tafakkur jarayoni bilan uzviy bog’liq matnlarni eslab qolomaydilar.
O’quvchilarda o’quv faoliyatiga ijobiy motivasiya shakllanmaganligi past
o’lashtirishning yana bir sababi bo’lishi mumkin. Motivasion sohaning
shakllanmaganligi bilimlarning o’zlashtirishga salbiy ta’sir etib, natijada bola shaxsiga
ma’naviy ziyon yetadi.
O’tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra o’quvchilarning o’zlashtirmaslik
sabablari quyidagilardan iborat.
1.Oiladagi nosog’lom muhit.Ota-onalarning befarqligi.
2.Oilada har xil avlod yashashi.
3.Ota-onalarning ajralishi.
4.Ota-onalarning ish bilan bandligi.
5.Ota-onalarning bilim saviyasi pastligi va savodsizligi.
Tadqiqot natijalari o’quvchilarning o’zlashtirmaslik sabablari asosan ota-
onalarning befarqligi,farzandlarining uy vazifalarini bajarishini nazorat qilishga vaqt
ajrata olmasligi, o’quvchilarni ko’p dars qoldirishi, ularda bilish jarayonlarini yetarli
rivojlamaganligi ekanligini ko’rsatdi.
Xulosa qilib aytish kerakki, har bir pedagog o’quvchilarning past o’zlashtirish
sabablarini va bu muammoni bartaraf etish mazmunini bilishi zarurdir.Bu jarayon
samarali bo’lishi uchun ota-onalar bilan doimiy hamkorlik ishlarini yo’lga qo’yish va
ularning o’zini ham bunga jalb etish kerak.
Adabiyotlar
1.Blonskiy P.P.Trudniye Shkolniki.-M. Rabotnik Prosvesheniya.1930
2.Karimov I.A.Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.Bu
kitobda :Barkamol avlod orzusi.-T.:Sharq.1999.-B.13
Do'stlaringiz bilan baham: |