Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rentgen nurianishi
- Radiatsion nurlanish dozasi
- Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Gamma nurlar- elektromagnit nurlar bo'lib, yorug'lik tezligida tarqaluvchi energiya kvantlar oqimidir. Gamma nurlar odam tanasi va boshqa materiallardan sezilarli darajada kuchsizlanmasdan o'ta oladi (rasmga qarang). Gamma nurlanishning intensivligi nuqtaviy manbagacha bo'lgan masofa kvadratiga teskari proporsional ravishda kamayadi. Rentgen nurianishi- moddalarni elektronlar oqimi bilan bombardimon qilganda hosil bo'luvchi yuqori chastotali va qisqa to'lqinli elektromagnit nurlanishlardir. Neytron nurlanish- bu neytral zarralar oqimidir. Bu zarralar ba'zi yadro reaksiyalari, jumladan, uran yoki plutoniy yadrosining bo'linish reaksiyasi vaqtida yadrodan uchib chiqadi. Radiatsion nurlanish dozasi. Turli turdagi nurlanishlar turlicha energiya va kiruv- chanlik qobiliyatlariga ega bo'lganligi uchun ularning tirik oiganizmlarga ta'siri ham turlicha bo'ladi. Nurlantirilayotgan jism yoki organizm to'qimasi birlik massasiga to'g'ri keluvchi eneigiyaga yutilgan doza deyiladi va u Xalqaro Birliklar Sistemasida Grey (Gy) larda o'lchanadi. Lekin bu kattalik bir xil yutilgan dozada misol uchun, alfa nurlanishni betta yoki gamma nurlanishdan juda katta xavfli ekanini hisobga olmaydi. Biror turdagi nurlanish dozasini shu turdagi nurlanishni to'qimalarga zararini ko'rsatuvchi koeffitsiyentga ko'paytmasi ekvivalent doza deyiladi va u xalqaro birliklar sistemasida Zivert (Sv) larda o'lchanadi. Misol uchun bir xil yutilgan dozada alfa nurlanish boshqa nurlanishlaiga qaraganda 20 marta xavfli hisoblanadi (1 Zivert = 1 J/kg). Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази Radioaktiv manbadagi nuklidning aktivligi Xalqaro Birliklar Sistemasida Bekkerl (Bq) da o'lchanadi. 1 bekkerl har qanday radionuklidda 1 sekunda bitta parchalanish (bitta zarra chiqishi) yuz berishini ko'rsatadi. Bundan tashqari bu kattaliklarning sistemadan tashqari birliklari ham ishlatiladi. Bular Kyuri ("Ci^-izotopning aktivlikbirligi (1 Cu= 3,7 • 10 10 Bq),rod (rad) yutilgan nurlanish doza birligi (lmd=0,0l Gy), ber — ekvivalent doza birligi (1 ber = 0,01 Sv). Inson asosiy radiatsiyani tabiiy manbalardan oladi. Ba'zilaridan qochib qutilishning umuman iloji yo'q. Inson nurlanishni ikki xil usul bilan oladi. Radioaktiv modda organizmdan tashqarida bo'lib uni tashqaridan nurlantirgan tashqi nurlanish haqida gapiriladi. Agar ular inson nafas oladigan havoda bo'lsa, oziq-ovqat yoki suv orqali inson organizmiga tushsa, bunday nurlanish ichki deyiladi. Inson eng katta nurlanishni Yerdagi manbalardan oladi. Radiatsiyaning qolgan qismini esa koinotdan oladi. Kosmik nurlar, asosan, bizga koinotning uzoq joylaridan, ba'zi qismi esa Quyoshning chaqnashlari vaqtida yetib keladi. Kosmik nurlar Yer atmosferasigacha yetib kelib u bilan ta'sirlashadi va ikkilamchi nurlanishlar paydo qiladi hamda har xil radionuklidlar paydo qiladi. Balandlik ortishi va havoning siyraklashishi hisobiga ham nurlanish darajasi ortadi. Buni samolyotlarda tez-tez uchadigan odamlar bilishi juda zarur. O'rtacha 70% nurlanishni inson tabiiy radioaktiv manbalarning oiganizmga tushgan oziq-ovqat, suv va havo orqali oladi. Tirik organizmlarga radioaktiv nurlar ta'sir ettirish ma'lum foyda keltirishi ham mumkin. Zararli shishlar (rak) dagi tez ko'payadigan hujayralar nurlanishga normal hujayralardan ko'ra sezgirroqdir. Rak kasalligini gamma nurlar bilan yo'q qilish shunga asoslangan. Qishloq xo'jaligida o'simliklarning yangi turini olish maqsadida, urug' zararkurandalariga qarshi kurashishda, meva va sabzovotlarni konservalashda, meditsina asbob va uskunalarni sterilizatsiya qilishda ionlashtiruvchi nurlanishlar radiatsiyasidan keng foydalaniladi. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling