Ойбекдиссер
Download 399 Kb.
|
Arabjonov Shokirjon Shakatovich
Jismoniy rivojlanish–inson vujudi shakli va vazifasining shaxsiy hayot davomida o‘zgarib borishdir.
Jismoniy tayyorgarlik–harakatlanish qobiliyatlar kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik va chaqqonlilikni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir. Voleybol va sportning boshka turlari elementlarini egallash asosida bolalarning xar tomonlama jismoniy va texnik tayyorgarligini ta’minlash trenirovka vazifasi bo‘lib xisoblanadi. Mashg`ulotlarning birinchi, ikki yilida xar tomonlama jismoniy tayyorgarlik asosini yaratib olish zarur. Uchinchi yilda bolalarga voleybol elementlarini urgatish, ularni shu sport turiga maksadida tayyorlash mumkin. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari jismoniy, ruhiy va ma’naviy salomatligining hozirgi holati mutahassislarda jiddiy havotir uyg‘otmoqda. Bolalar va o‘smirlarda surunkali, birinchi navbatda qon-tomir tizimi va tayanch-harakat apparati kasalliklarining o‘sishi kuzatilyapti. Tana vazni etishmasligi va ruxiyatida og‘ishlarga ega bolalar soni ko‘payyotgani ta’kidlanmoqda. Kichik maktab yoshidagi bolalar jismoniy holati muammolarini tadqiq qilish zaruriyati shubhasizdir. Chunki, bu, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va umumiy jismoniy holatga ta’luqli o‘quv dasturlar va me’yorlarni ilmiy asoslash imkonini beradi. Dastlabki bola yoshida jismoniy tayyorgarlik masalarining qay darajada muvoffaqiyatli hal qilinishi ko‘p hollarda kattaroq yoshdagi bolalarning salomatlik holati, jismoniy rivojlanishi, umumiy ish qobilyati, o‘qish va sportdagi muvoffaqiyatlarga bog‘liqdir. Jismoniy tarbiya tizimida jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik tushunchalari alohida ajratiladi. Ushbu jarayon insonning muayyan qonuniyatlar asosida rivojlanadigan etakchi qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Bular orasidan geteroxron, bosqichi, fazaviy va qobiliyatlar rivojidagi o‘tish qonuniyatlari ajratib olinadi. Insonning ishdagi muvoffaqiyati, salomatligining holati, sportdagi yutuqlari harakat qobilyatlari darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Sport turlariga qobiliyatni samarali baxolash uzoq kuzatishlar yo`li bilan amalga oshirilishi mumkinligi to`g`risida xulosaga kelindi. Chunki, sport turini tanlash turli davrlarda o`z o`rniga ega. Xayotning turli davridagi ishtiyoq intilishining aniqlanishi va qobiliyatli sportchilar rivojida muayyan yunalganlikning namoyon bulishi munosabati bilan qayta moslashshi extimoli ham mavjud. Moslashuv masalalarini o`rganishga tayyorgarlikning boshlang`ich bosqichi doirasida urg`u berilishi kerak. O`sib kelayotgan avlodni sport mashg`ulotlari bilan qamrab olish sharoitida «tashxis»ni to`g`ri qo`yish iste’dodlar (o`zini o`zi namoyon etuvchilar) ni izlash muammosini xal qilish, va shuningdek, bola yoshdan jismoniy mashqlarga muxabbatni singdirish imkoniyatini yaratadi. Bolaga mos sport turini to`g`ri aniqlash juda murakkab va xali echimini topmagan muammodir. Bolaning jismoniy madaniyat moslashuvini sport tanlovi bilan birga ta’minlash zaruriyati to`g`risida so`z yuritadilar. Bunday moslashuvning moxiyati shundaki, shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan xolda o`quvchini «harakat alifbosi» ga o`rgatish jarayonida uning uchun mos harakat faolligini tanlash va jismoniy madaniyatning keyinchalik katta konikish bilan foydalaniladigan afzal shakllar to`g`risida xulosa berish mumkin bo`ladi. Bu erda o`quvchilarni qaysidir tanlangan sport turida yuqori natijalarga erishtirish uchun bir necha yillarga mo`ljallangan xar tomonlama va ko`pkurash tayyorgarligi qoidasiga asoslangan xaftalik va oylik jismoniy mashqlar bilan shug`ullanish tsiklidagi jismoniy og`irlikning kam majburiy miqdori xaqida so`z yuritish mumkin. Ko`pkurash tayyorgarligi tor ixtisoslashishni istisno qilmaydi, balki mos sharoit yaratilgan paytda tayyorgarlikning ma’lum bosqichida tor ixtisoslashishni qo`llanish uchun sharoit yaratadi. Sport moslashuvi muammosini xal qilish chog`ida izlanishlarning keyingi rivoji shu yo`nalishdagi sport ilmining metodologiyasini tadqiq qilishga yo`naltirish kerakligi to`g`risidagi xulosani keltirib chiqaradi. Xozirgi vaqtda sport moslashuvi va tanlovi muammosi bo`yicha quyidagi metodologik qoidalar aniq ifodalab berilgan: determinatsiya, dominant belgilar, rivojlanish imkoniyatlari, longitudinal nazorat va akrobatlar to`planuvi, biologik va ruxiy ishonchlilik. Shu munosabat bilan xatto insonning tabiatan istedodligini isbotlovchi juda yuksak koibiliyat nishonalari ham sport mashg`ulotlariga yuqori iktidorning zaruriy asosi bo`lib xizmat qiladi. xaqiqiy qobiliyat esa o`rgatish va tarbiya jarayonidagina namoyon bo`ladi hamda tug`ma va o`zlashtirilgan, biologik va ijtimoiy murakkab dialektik birlikning natijasi xisoblanadi. Boshlang`ich tayyorgarlik bosqichidagi sport moslashuvining asosiy vazifasi bolaga sport takomillashuvi uchun sport turini to`g`ri tanlashda ko`maklashishidir. Bu vazifaning to`g`ri bajarilishi nafaqat BO`SM, aloxida murabbiylar ishining samaradorligini bildiradi, shuningdek, chuqur ijtimoiy mazmunga ham ega. Sport bilan muvoffaqiyatli shug`ullanish yosh insonga o`z tabiiy iste’dodini kashf qilish, qilingan mexnat natijalarini ravshan xis etish va o`z kuchiga ishonch imkonini beradi. Ayni shu keyingi xayot va faoliyatning barcha soxalaridagi faol vaziyatning yaxshi poydevorini yaratadi. Bolaning keyingi sport muvoffaqiyatlarini belgilovchi asosiy xolatlardan biri sport bilan shug`ullanishni boshlagan yoshi tayyorgarlik muddatlari xisoblanadi. Sport bilan shug`ullanish boshlangan yosh yuqori toifani sportchini tayyorlash muddatlarini belgilab beradi. Bola qancha kichik bo`lsa, sport ustasi va xalqaro toifadagi sport ustasi normativini bajarish uchun unga shuncha ko`p vaqt kerak bo`ladi. Ixtisoslashtirilgan sport bilan shug`ullanish boshlangan yoshga bog`liq ravishda sportchilarning yaxshi natijalarga erishish yosh mintakasi ham uzgarib boradi. Shunday qilib, ilmiy va metodik adabiyotlarni o`rganish yosh sportchilar jismoniy tayyorgarligi va rivojlanishini takomillashtirish, texnik-taktik maxoratini oshirish uchun ancha ko`p vositalar borligi to`g`risida xulosaga kelish imkonini beradi. Shu bilan birga, shu paytgacha, ayniqsa, maktab dasturida foydalanilayotgan vositalar shaxsiy xususiyatlar, shu jumladan, o`quvchilar jismoniy rivoji darajasini xisobga olgan xolda tabakalashtirilgan emas. Sport bilan shug`ullanish jismoniy rivojlanish va tayyorgarlik ko`rsatkichlarini yaxshilash, texnik imkoniyatlarni oshirishga ko`maklashadi. Ammo, ularning ta’siri bir xil emas. Yuqori pedagogik samaradorlik 9-13 yoshli bolalarda kuzatiladi. Bunda shaxsiy xususiyatlar, qisman jismoniy rivojlanish va tayyorgarlikni xisobga olish zarur. Chunki ko`plab materiallar asosiy harakat fazilatlari rivoji, jismoniy rivojlanish darajasiga o`zaro bog`liqligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, o`smirlik davridagi, ayniqsa umumta’lim manbalari sharoitidagi jismoniy tarbiya jarayonida yosh sportchi-voleybolchilarning aloxida jismoniy fazilatlari uchramadi. 9-12 yosh BO`SMlarni sportning u yoki bu turiga moslashtirilgan yosh iktidorlar bilan tuldirishda juda muxim xisoblanishi xaqida xulosa qilish mumkin. Boshlang`ich tayyorlov guruxidagi sport mashg`uloti vosita va uslublarining o`zaro nisbati muammosi etarlicha keng urganilgan. Biroq, ayni paytda mamlakatda BO`SM o`quv-mashq guruxlariga bolalarning kelishi jiddiy darajada kamaygan. Ushbu vaziyatda umumta’lim maktablari o`quv kuni rejimida yosh sportchilarni tayyorlash zaxiralaridan tularok foydalanish zaruridir. Keyingi vaqtda sportga oid ilmiy- uslubiy adabiyotlarda sportdagi mashqlar tizimiga qiziqish keskin ortdi. Turli tuzilmaviy bo‘lim (mikrotsikl, makrotsikl, mezotsikl) lar tuzilishining alohida masalalarini tadqiq etuvchi ishlar paydo bo‘ldi. Biroq, 7 dan 16 yoshgacha bo‘lgan yosh sportchilarning yosh o‘zgarishlarini hisobga olib tashkil etilgan mashqlar tizimi jarayoni etarlicha tadqiqot qilinmagan. Ayni paytda tayyorgarligining turli bosqichlaridagi ko‘p yillik mashg‘ulotlarning tarkibi ochib berilmayapti. Jumladan, oldindan tayyorgarlik bosqichi etarlicha asoslanmagan faqat maktabdagi kuchaytirilgan harakat tizimigina salomatlik va moslashuv holatida zarur o‘zgarishlarni berishi mumkin. 9-12 yoshli bolalarning dastlabki tayyorgarlik bosqichini bolalar va o‘smirlar sport maktabi o‘z ichiga oladi. Biroq maktab to‘garaklarida ham boshlang‘ich sport tayyorgarligi ko‘nikmasini muvaffaqiyatli o‘zlashtirish mumkin. Dastlabki tayyorgarlik bosqichi kelgusida sportda ixtisoslashishga zamin yaratish uchun zarurdir. Bu erda keynchalik sport bilan shug‘ulanadigan bolalarni tanlab olish mumkin bo`ladi. Chunki ayni shu vaqtda kelgusida sport malakasini o‘zlashtira olishining asosi shakilanadi. Bu sport tayyorgarligi bosqichida hali mustaxkamlanmagan bola organizmining zo‘riqish xavfi ham mavjud. 9-12 yoshili bolalarda o`tkazilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki,bu yoshda sport bilan shugillanish aloxida axamiyat kasib etadi. Biroq, ular konservativ ko`rsatkichlarda katta o`zgarishlarni nomoyish eta olishmadi. Maktab to`garaklarida kuni uzaytirilgan sharoitda sport bilan shug`ullanayotgan bolalarni ikki guruxga bo`lib o`rganildi. «A» guruxi voleybolning asosiy qoidalarini o`z ichiga olgan jismoniy mashqlar bilan shug`ullangan bolalarni birlashtirsa, «V» guruxi esa umum qabul qilingan dastur asosida jismoniy mashqlarni bajarganlardan iborat bo`ldi. Dastlabki tayyorgarlik bosqichida xar tomonlama jismoniy tayyorgarlik vositalariga ko`proq e’tibor qaratiladi. mashg`ulotlar jarayonidan yaxshi xabardor bo`lish uchun yosh sportchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasi va turli mashg`ulot dasturlarning unga ta’sirini bilish muximdir. Ana shu maqsadda biz sinalayotganlarning jismoniy tayyorgarligi ustida tadqiqot utkazdik. Asosiy jismoniy fazilatlar tezlik, tezlik-kuchlilik,kuch, chidamlilikning rivojlanishini kursatuvchi testlar majmuasi tanlab olindi. Bu, voleybol qoidalariga asoslangan sport to`garaklarida shug`ullangan bolalar jismoniy tayyorgarligi jixatidan umumkabul qilingan dastur bo`yicha shug`ullanayotgan tengdoshlaridan ancha oldinga o`tib ketishganini ko`rsatdi. Yosh sportchini jismoniy jixatdan tayyorlash jismoniy fazilatlarni xar tomonlama tayyorlov, jumladan, uyin vositalari orqali oshirishga yo`naltirilgan, mashg`ulotlarning dastlabki bosqichlarida tor ixtisosli yo`nalishini o`z ichiga olgan vositalar to`g`ri kelmaydi. Boshlang`ich tayyorgarlik bosqichida tor ixtisoslashli yo`nalish ta’sirini kullashga salbiy munosabat sabablaridan biri, bola vujudining jismoniy mashqlarga moslashuv jarayonlari rivojlanishning muayan qonuniyatlariga bo`ysunishidadir. Gap shundaki, sportchi malakasining ortishi bir vaqtning o`zida sportchi organizamining og`irroq jismoniy mashqlar ta’siriga moslashuv jarayoni bilan birga kechadi. Agar sportchi boshlang`ich tayyorgarlik bosqichida yuklamalar xajmining ortishi bilan bog`liq ta’sirlarga o`rganib qolsa, unda keyngi bosqichlarda moslashuv darajasining ortishiga erishishi qiyin kechadi. Boshlang`ich tayyorgarlik bosqichlarida umumiy mexnat qobiliyatining oshishini ta’minlovchi maxsus bo`lmagan katta xajmdagi ishlardan foydalanish samaraliroqdir. Kuni uzaytirilgan guruxlarda jismoniy tayyorgarlikning moxiyati va yo`nalishi xaqida mazkur ishning kelgusi bo`limida kengroq bayon qilinadi. Bir mashg`ulotdan kelib chiqqan xolda qo`yilgan vazifaga qat’iy bo`ysundirilgan xaftalik mashg`ulotlar majmuini tuzish mumkin bo`ldi. Bu xolda mashq vositalari davomiyligi, takrorlanish miqdori dam olish oraliqlari davomiyligi, ish xususiyati, mashq yuklamalari bo`yicha tanlandi. Download 399 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling