Ойбекдиссер
Matematik statistika uslublari
Download 399 Kb.
|
Arabjonov Shokirjon Shakatovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.4.Tadqiqotni tashkllashtirish
- 3-BOB. Voleybolchilar tayyorlash tizimi va uning shakllarini takomillashtirish
2.3.4. Matematik statistika uslublari.
Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabi, Andijon viloyati, Marxamat tumani bolalar va o`smirlar maktab o`quvchilarining jismoniy tarbiya va sport sog‘lomlashtirish tadbirlari hamda dars mashg`ulotlari davomida yuklamalar ta`sirini aniqlash jarayoni mahsus umumrivojlantiruvchi mashqlar va mashg`ulotlar davomida dastlabki, hamda 4 oylik mashg‘ulotlardan so‘nggi ko‘rsatkichlarini xavola etilgan. 2.4.Tadqiqotni tashkllashtirish Tadqiqot ishimiz Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabi, Andijon viloyati, Marxamat tumani bolalar va o`smirlar maktab va Z.M.Bobur nomidagi kutubxonada ilmiy-uslubiy adabiyotlar taxlili 2021 yil yanvar oyidan 2021 yil may oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida o‘tkazildi. Marxamat tumani 28-umumiy o`rta ta`lim maktabi, Andijon viloyati, Marxamat tumani bolalar va o`smirlar maktabida sportchi o`quvchilar o‘rtasida 2021 yil yanvar oyidan 2021 yil may oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida pedagogik tajriba o‘tkizaldi. 3-BOB. Voleybolchilar tayyorlash tizimi va uning shakllarini takomillashtirish Yuqori malakali voleybolchilarning dastlabki tayyorgarlik mashg‘ulotlari bolalar va o‘smirlar sport maktablarida tashkil etiladi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari ikki xil darajali bo‘ladi: bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamda bolalar va o‘smirlarning olimpiya zahiralariga ixtisoslashgan sport maktablari. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi bo‘limi tayyorlov boshlang‘ich va o‘quv-mashq guruhlaridan tashkil topadi. Bu maktablardagi sport ishlarining yuqori ko‘rsatqichlari va zarur shartlarning mavjudligi mukammal sport guruhlarini yuzaga keltirish mumkin. Bolalar va o‘smirlarning olimpiya zahiralarga ixtisoslashgan sport maktablari sport ba’zasi va yuqori malakali murabbiy-o‘qituvchilar bilan ta’minlangan malakali sportchilar tayyorlash ishlarida yuqori ko‘rsatqichlarga erishgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari qoshida tashkil etiladi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabida bajariladigan vazifalar bilan bir qatorda olimpiya zahiralariga ixtisoslashgan sport maktablari oldiga aniq maqsad-mamlakat, jumxuriyat sport jamiyatlari va idoralarga yuqori malakali sportchilar tayyorlab berish masalasi ko‘yilgan. Bu bolalar va o‘smirlarning olimpiya zahiralariga ixtisoslashgan sport faoliyatining asosiy ko‘rsatqichi xisoblanadi. Bunday maktablar sportning bir yoki bir necha saralash turiga ega bo‘lishi mumkin. Bolalar va o‘smirlarning olimpiya zahiralariga ixtisoslashgan sport maktablari boshlang‘ich tayyorlov o‘kuv mashqlari va sport bo‘yicha mukammalashgan guruhlar tashkil qilinadi. Ikkala tur sport maktablarini jismoniy tarbiya va pedagogikadan bolalar ishlarini tashkil etishda direktor ma’suldir. Sportning voleybol turi bo‘yicha tashkiliy, tarbiyaviy va uslubiy ishlarni jismoniy tarbiyadan oliy ma’lumotli uslubchi muntazam ravishda bajarib boradi. Tasdiqlangan reja bo‘yicha sportchilarni tarbiyalash yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish, umumta’lim maktablarida sinfdan tashqari sport o‘yinlarini tashkil qilish, shu bo‘lim murabbiy-o‘qituvchilari bilan bolalar va o‘smirlar sport maktabiga, olimpiya zahiralarga ixtisoslashgan sport maktablariga kirish uchun nomzodlarni tanlab olish, murabbiy-o‘qituvchilarni uslubiy adabiyotlar va qo‘llanmalar bilan ta’minlash, ular bilan uslubiy ishlar olib borish uslubchilarning vazifasidir. Katta murabbiy-o‘qituvchi o‘quvchilarni to‘g‘ri jamlash va sport mahoratini oshirib borishga: bo‘limlarda o‘quv jarayonini tashkil qilish va rejalashtirish: qabul qilingan va nazorat sinovlarni amalga oshirish: belgilangan muddatda o‘quvchilarni tibbiy ko‘rigidan o‘tkazish: murabbiy-o‘qituvchilarning ishlarini va malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar tashkil qilishni hisobga olishda ma’sul. Murabbiy-o‘qituvchilar o‘quv guruhlarini to‘g‘ri jamlash: o‘quv dasturini bajarilishi: malakali yosh sportchilar, jamoatchi instruktorlar, sport bo‘yicha hakamlar tayyorlash: o‘quvchilar bilan tarbiyaviy va o‘quv-mashqlarini o‘tkazish ishlariga javob beradilar. Voleybol bo‘yicha murabbiylar Kengashi tuziladi va unga katta murabbiy-o‘qituvchilar raxbarlik qiladi. Bu Kengash kamida bir oyda bir marta o‘quv-tarbiyaviy ishlar, musobaqalarda ishtirok etishi, yosh sportchilarni tayyorlash uslubiyoti va tajriba almashish bo‘yicha ma’lumot hamda ma’ruzalarni ko‘rib chiqadi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi va olimpiya zahiralari sport maktablari voleybol to‘garaklariga umumta’lim maktablaridan, maktab internatlaridan, xunar tehnika bilim yurtlaridan, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlaridan, ishchi yoshlardan sportga qiziquvchi qobiliyatli bolalar va o‘smirlar tanlab olinadi. Voleybol to‘garakalariga sportga qiziqishi, jismoniy qobiliyati bor. Bolalar va o‘smirlarni saralab olishga alohida ahamiyat beriladi. Buning uchun ko‘rsatilgan maktab murabbiy-o‘qituvchilar maktablar va boshqa o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslarida musobaqalarda qatnashadilar: belgilangan nazorat me’yorlar bo‘yicha umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarliklarini tekshirib ko‘radilar. O‘quvchilar kontingenti, guruhlar soni va yillik dars soatlari hisobi har yili 1 oktyabrgacha tasdiqlanishi kerak. O‘quvchilarni tayyorlov shuningdek, o‘quv mashq qilish guruhlarga qabul qilish, ularning arizasi, ota-onasining, maktab va boshqa o‘quv yurtlari raxbarlarining roziligi bilan amalga oshiriladi. Yuqoridagi sport maktablariga qabul qilinadigan o‘quvchilar umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlik bo‘yicha qabul qilingan nazorat me’yorlarni topshiradilar. Bundan tashqari, o‘quv mashq qilish guruhlariga va mukammallashtirilgan sport guruhlariga o‘qishga kirilayotganlari va sportning ixtisoslashgan turi bo‘yicha ham nazorat tekshiruvdan o‘tadilar. Kelgusi yilda o‘quvchilarning guruhga o‘tkazish umumiy jismoniy va maxsus tayyorgarlikdan o‘tib berilgan nazorat normalarini bajarganlaridan keyin tibbiy biologik ko‘rsatkichlarini hisobga olib belgilangan sport darajasi beriladi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablari va ixtisoslashgan olimpiya zahiralari sport maktablarining o‘qitish mashq qilish mashg‘ulotlarining asosiy shakli quyidagicha: nazariy mashg‘ulotlar: ma’ruzalar va seminarlar, o‘quv kino va video fil’mlari ko‘rish; shaxsiy reja bo‘yicha va guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazish: sport maktablarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, tashkilot tomonidan tasdiqlangan kalendar’ rejadagi sport tadbirlariga muvofiq musobaqalarda va uchrashuvlarida ishtirok etish; sog‘lomlashtirish-sport lagerlarida va o‘quv-mashq yig‘inlaridagi o‘quv-mashq jarayoni. Sport to‘garaklarida o‘quv-mashq qilish ishlarini o‘tkazish quyidagi xujjatlar asosida o‘tkazilishi kerak: Sport turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari: Umumiy va maxus jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha qabul qilingan, nazorat me’yorlari, ular yuzasidan o‘tkazilgan sinov bayonlari; O‘quvchilarni o‘quv-mashq qilish guruhlariga tayyorlash, sportni mukammallashtirish va oliy sport mahorati bo‘yicha reja. Guruhlarda voleybolchilarning shaxsiy va ikki yillik muddatga tuzgan rejalari: O‘quv ishlarini hisobga olish jurnali; Mashg‘ulotlar jadvali. Yosh voleybolchilar bilan tarbiyaviy ishlar reja asosida olib boriladi. Tarbiyaviy ishlar o‘quv-mashq qilish, musobaqalar, mashg‘ulotlardan ozod vaqtlarda birday olib boriladi. Mamlakatimizda yosh sportchilar bilan ishlash sharoitlari yildan-yilga yaxshilanib bormoqda, yangi jihozlar, sintetik to‘shamalar yaratilmoqda, jihozlar tayyorlash uchun yangi materillardan foydalanilmoqda, trenajyor moslamalar tayyorlanmoqda. O‘qitish-mashq qilishni tashkil qilishning rivojlangan shakllari keng tarqalmoqda, bolalarning o‘qitish va sportga tayyorgarligi qo‘shib olib borilmoqda. Bolalar va o‘smirlarning sport maktablari soni ortib bormoqda. Sport maktablari uchun tayyorlangan dasturlarda har tomonlama tayyorgarlik turlari, o‘quv-mashq qilish guruhlarini shakllantirishni aniqlash oxirgi vaqtga qadar yosh sportchilar va ularning murabbiylarini tor mutaxassislik bo‘yicha juda erta tanlash ko‘rsatilgan. Bolalar bilan mashq qilish ularni voleybol sportiiga tortib, jalb qiluvchi o‘yin tarzida bo‘lishi, ulardan ayrimlarining texnikasigina mashaqqatli va qiyin bo‘lishi kerak va zarur. Bu ayrim mashg‘ulotlar sportchining sport malakasi va yoshining oshib borish bilan birga ko‘payishi lozim. Bolalarni sportga tayyorlash sistemasida turlicha tashkiliy shakllardan foydlaniladi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazishning eng keng tarqalgan turi umumta’lim maktablaridagi sport to‘garaklaridir. To‘garak sport va jismoniy tarbiyaga qiziquvchilarni birlashtiradi. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zahiralari masalasini hal qiladi va qobiliyatli bolalarni tanlab oladi. Shu bilan birga maktab to‘garaklari turli yoshdagi va turlicha tayyorgarligi bo‘lgan bolalarni birlashtiradi. Bu omil o‘quv-mashq qilish jarayonlarining optimal qurilishini qiyinlashtiradi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida bunday qiyinchilik bo‘lmaydi, lekin bolalar bilan mashg‘ulot o‘tkazishning bu turlari maktab o‘qituvchisining kun tartibini to‘g‘ri tuzilishiga halal beradi, o‘qish mashqlar, siyosiy-tarbiyaviy ishlarni qo‘shib olib borishni qiyinlashtiradi. Shug‘ullanuvchilarni jismoniy tayyorlashning eng ilg‘or usuli, agar tashkiliy masalalar hal qilinmagan bo‘lsa, kamchiliklarni yuqori darajadagi sportchilar tayyorlashda bartaraf etmaslikdir. Musobaqalar sistemasi zahiralar tayyorlash uslubiyotini shakllantirishda hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Agar musobaqalar dasturiga sportning klassik turlari kiritilgan bo‘lsa, musobaqalar haqidagi nizomda ikki-to‘rt kunlik musobaqalarda bir-ikki turda qatnashishga ruxsat beriladi, ya’ni murabbiy faqat shu turlarda yuqori natijalarni ko‘zda tutib, tayyorlangan bo‘ladi. Vositalarning tor doiralaridan foydalangan holda murabbiylik ishlari hajmini oshirish va jadallashtirish orqali faqat bir lahzalik muvaffaqiyatga erishish, musobaqalarda kerakli miqdordagi ochkolarni qo‘lga kiritish, boshliqlarning har qanday yo‘l bilan g‘alaba qozonish uchun qilgan talablarini e’tirof etish ham mumkin. Hatto bunday ish mustahkam yutuq keltirishini tushungan murabbiylar ham o‘quvchilarning sport faoliyatida uzoq muddatli yuksalishga va etuk yoshda yuqori, natijalarga olib kelmasligini bilgan holda jadallashtirilgan tayyorgarlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladilar. Chunki murabbiy-o‘quvchisining etuk yoshda yuqori natijalarini egallashini ko‘zda tutsa, sportchilar qatoridan joy oladi. O‘quv mashg‘ulotlari va o‘quv mashqlari jarayonida voleybol bilan shug‘ullanuvchilar jismoniy mashqlarni bir necha marotaba takrorlasa yoki uning alohida qismlarini yod olsa, o‘zini etuk sportchi qilib tarbiyalay oladi. Voleybolchining mashg‘uloti va o‘rgatilishi ko‘p yillik maxsus tashkil qilingan yagona pedagogik protsessdir. Asosiy mazmuni va o‘rgatish maqsadi o‘yining yangi material texnikasini, yakka va guruhli taktik harakatlarni, harakat ko‘nikamalarni shakillantirishdir. Download 399 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling