Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot natijalarini amaliy axamiyati va tadbiqi: magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida sport mashg‘ulotlarini ommaviylashtirish hamda sport tadbirlariga ommaviy jalb etish ularni jismonan barkamol va ma’naviy etuk inson qilib tarbiyalashni ta’minlaydi. Yosh voleybolchilarni texnik-taktik, jismoniy tayyorgarliklarini rivojlantirish va takomillashtirishda ta’lim uslublari va tamoyillaridan shug‘ullanuvchilarning yosh, jins ko‘rsatkichlari va jismoniy tayyorgarliklari darajalariga muvofiq foydalanish trenirovka mashg‘ulotlarini samarali tashkil etishni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu tadbirlarga ko‘plab bolalarni jalb etishni ommaviy olib borish kerak. Shu bilan birga sport mashg‘ulotlari o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlarni tark etish, ijodiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, tabiat omillari yordamida chiniqib borish, shaxsiy va jamoat gigienalari talablariga rioya qilish qoidalari va talablarini o‘rgatib boradi.
Sport mashg‘ulotlari bilan muntazam shug‘ullanib boruvchi o‘quvchilar jismonan sog‘lom bo‘lish bilan birga, ma’naviy etuk, axloqiy barkamol inson bo‘lib etishadilar. Ularning nazariy bilimlari darajasi ham yuqori bo‘lib fanlardan o‘zlashtirish darajalari ham yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok etuvchi o‘quvchilar jamoat ishlarida ham faol bo‘lib hisoblanadi.
Ish tuzilmasining tavsifi; Magistrlik dissertatsiya ishi komp’yuterda (Microsoft Word redaktorida Times New Roman shiriftida qatorlar oralig`i 1,5 sm; yuqori va pastki hoshiyasi 2 sm, satr boshi: chap tomoni 3 sm, o`ng tomoni 2 sm) yozilgan bo`lib, quyidagi tartibda tayyorlangan.
Titulvarog`i va mundarija (2 bet),
Magistrlik dissertatsiya ishining Annotatsiyasi (o‘zbek, rus va ingliz tilida)
Kirish (5 bet),
Asosiy qisim (3 ta bob, (63 bet dan iborat)),
Xulosa (4 bet),
Adabiyotlar ro‘yxati (3 bet),
Do'stlaringiz bilan baham: |