Ойбекдиссер


Bolalar o‘rtasida voleybol sportini ommalashtirish masalalari


Download 399 Kb.
bet7/24
Sana15.03.2023
Hajmi399 Kb.
#1269103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
Arabjonov Shokirjon Shakatovich

1.3. Bolalar o‘rtasida voleybol sportini ommalashtirish masalalari.
Voleybol o‘z mohiyati harakat mazmuni va o‘zga rom qiluvchi turli o‘yin malakalari bilan millionlab kishilarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Zamonaviy voleybol o‘ta tezkor va sportchidan maxorat g‘ayrat talab qiluvchi sport o‘yinlari turiga mansubdir. Yuqori texnik-taktik “san’atga” erishish uchun birinchi navbatda voleybolchi etarli darajada rivojlangan maxsus sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Mazkur sifatlarni va voleybol malakalarini ijrosi maqsadga muvofiq o‘yin fikirlovchi asosida boshqarilishi, musobaqa taqdirini belgilaydi.
“Bugungi” voleybolchi harakatchan, o‘yin vaziyatlarida munosib harakat qiluvchi, raqibning qarakat rejasini tez payqovchi, hamda mazkur qobilyatlarni uzoq vaqt davomida (musobaqa o‘yinlarida) ijroiy savyasini tushunishligi zarur. Muntazam davom etib turadigon bunday trenirovka-musobaqa yuklamalariga bardosh bera olishlik voleybolchidan yuqori ruxiy va jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishni talab qiladi. Voleybol amaliyoti jarayonida bunday sportchilarni etishtirish istiqbolli bolalarni izlab topish, tanlov o‘tkazish va saralanganlar bilan daslabki o‘rgatish jarayonini samarali tashkil qilishni taqazo etadi. Ma’lumki, sport malakalariga daslabki o‘rgatish jarayonini ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimli poydevori xisoblanadi. Daslabki o‘rgatish- o‘zining tashkiliy, uslubiy ilmiy va moddiy texnika nuqtai nazaridan qancha puxta ta’minlangan bo‘lsa, shunchalik sport o‘rinbosarlarini tayyorlash jarayoni samaraliroq kechdi. Shu bilan bir qatorda o‘rgatish amaliyotida o‘rgatuvchi va takomillashtiruvchi mashiqlar sof xolda qo‘llanishi uchrab turadi. Kuzatuvchilar shuni ko‘rsatadiki sport harakatiga o‘rgatish shu harakatni aynan “qlassiq” namunasidan nusxa ko‘chirish asosida olib boriladi.
To‘g‘ri harakat malakalarga o‘rgatishda shu harakatning hammabop “Klassik” namunasi tushintirilishi va ko‘rsatilishi kerak. Ammo o‘rganuvchi o‘rganilayotgan harakat texnikasidan nusha ko‘chirmasdan, aksincha shug‘ullanuvchi mazkur harakatlarni o‘z iste’dodiga, imkoniyatiga, qobilyatiga va qaddiqomatiga qarab o‘ziga xos tartibda ijro etish lozim. Boshqacha qilib aytganda, har bir harakat texnikasini ijro etishda sportchi o‘zini “mualliflik” uslubiga, texnika va taqtiqasiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bunday maxoratni tarbiyalash va erishish uchun o‘rgatish jarayonida o‘rganuvchiga erkin hamda ijodiy tarzda harakat qilishi vaziyatni yaratish darkor bo‘ladi. Ana shundagina bo‘lajak sport ustasi muayyan harakatni yangi va samaraliroq ijro uslubi yoki usullarni (texnologiyasini) kashf etishi mumkin.
Bundan tashqari o‘rgatish amaliyotida mahorat bilan ijro etiladigon muayyan harakat malakalarini yangi yoki begona vaziyatlarda “ichki” va “tashqi” ta’sirlari ostida o‘z samarasini mukammalgini hamda chidamliligini sezilarli darajada yo‘qotish. Demak, sport faoliyatida harakatni har qanday vaziyatlarda ham turli ta’sirlar kuchidan qatiy nazar, mahorat bilan samarali ijro etish, o‘rgatish jarayoning o‘ta dolzarb masalaridandir.

  1. 9-10 va 11-12 yoshlarda minivoleybol, voleybolcha o‘yinining texnikasi, jismoniy tayyorgarlikda harakatli o‘yinlar va boshqa musobaqalar.

  2. 13-14 yoshlarda voleybol bo‘yicha umumta’lim maktablarda, BO‘SM larda, tuman birinchiligi BO‘SM lararo shahar birinchiligi musobaqalari.

  3. 15-16 yoshlar Voleybol bo‘yicha tuman, shahar viloyat va respublika BO‘SM lari birinchiligi musobaqalri. Turli shaharlar BO‘SM lari uchrashuvlari.

  4. 17-18 yoshlar. Voleybol bo‘yicha tuman, shahar, respublikalari, markaziy BJS birinchiligi, o‘quvchilar sportakiadalar, yoshlar komandalarining turli turnirdagi musobaqalari, shahar va respublikalar uchrashuvlar va boshqalar.

  5. 19-20 yoshlar. Voleybol bo‘yicha ko‘ngilli sport jamiyatlari musobaqalari, shaharlar uchrashuvlvri yoshlar terma jamoalarining respublikadan tashqari joylardagi.

Mashg‘ulotlar mashiqlarni o‘zlashtirishni analiz qilish va baholash har bir etapda shartdir. Ular shug‘ullanuvchining taktik va texnik va harakatlarini, priyomlarni o‘zlashtirishni asosida olib boriladi. Buning uchun maxsus yozuv sistemalari, kino va fotosuratlar, video yozuvlar foydalaniladi. Yosh voleybolchilarning o‘zlashtirishning tahlil qilish va baholash ularning sportchilik mahorati darajasini baholash bilan tig‘iz bog‘liqdir.
Voleybolchilarning sportchilik mahoratining asosiy mezoni bo‘lib, musobaqalarda ko‘rsatilgan natijalar xizmat qiladi. Biroq bu o‘yinlar tayyorgarligi darajasini baholash uchun etarli emas. Zahira tayyorlash sifatini voleybol bo‘yicha musobaqalar natijalari bilan aks ettiruchi ko‘rsatshichlar kerak.

  1. Jismoniy rivojlanish darajasi o‘sishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobga olinadi.

  2. Kuch tezligi, maxsus chidamlik, maxsus sifatlarining rivojlanishini hisobga olgan xolda jismoniy tayyorgarlik darajasi.

  3. Texnik va taktik tayyorgarlik darajasi.

Har bir mo‘ljallangan dasturdgi texnik priyomlar va taktik harakatlarni egallash darajasi baholanadi.

  1. Maxsus bilimlar va teoretik tayyorgarlik darajasi.

Sport mashg‘ulotlari trovmatizimni ogoxlantirish, vorachlik nazorati, gigena muhim ahamiyatga ega.

  1. O‘quv guruxlarining kontinnentining doimiyligi. Shug‘ullanuvchining uzoq muddat mashg‘ulotlarga kelish murabbiy kishini baxolashga xizmat qiladi.

  2. Rasmiy musobaqalardagi ishtirok natijalari. Bular yosh voleybolchilar tayyorgarlik darajasining etakchi ko‘rsatgichlargidan biri bo‘lib xizmat qiladi. Baholash uchun yana musobaqalar kategoriyasi va egallangan joyiga javob beruvchi ballar sitemasi mavjud.

  3. O‘smirlar jamoasi tarbiyalanuvchisining sportdagi yo‘li. MBO‘SM kabi jamoalarining asosiy vazifasi yuqori razryaddagi komandalari uchun malakali voleybolchilar tayyorlashdan iboratdir. Bu vazifa ballarda aks etadi. Barcha ko‘rsatgichlar bo‘yicha butun guruh o‘yinchilari umumiy baholanadi, shunigdek asosiy sostavning ilg‘or xujumchi va bog‘lovchi o‘yinchilari ham. Har bir ko‘rsatgich bo‘yicha boshlang‘ich normativ qo‘yiladi. Yakuniy xisobga barcha ma’lumotlar baxolash jadvaliga tushiriladi. Mana shu ma’lumotlar asosida yosh voleybolchilar tayyorgarlik darajasini, shuningdek murabbiylar ish sifatini baholash to‘g‘ri bo‘ldi.


Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling