Ойбекдиссер


Download 399 Kb.
bet5/24
Sana15.03.2023
Hajmi399 Kb.
#1269103
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Arabjonov Shokirjon Shakatovich

Jami- 78 bet dan iborat.

  1. Ilovalar (1 bet),

  2. Ilmiy maqola va tezisdan iborat.

Bundan tashqari ichki va tashqi hamda ilmiy rahbar taqrizi, kafedra mudiri qarori, magistrlik dissertatsiya ishining elektron varianti mavjud.
1-BOB. TADQIQOT MUAMMOSI BO‘YICHA ADABIYOTLAR TAHLILI


1.1.Bolalar o‘rtasida voleybol sportini ommaviylashtirishning maqsadi va vazifalari
Voleybol bo`yicha to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etishda murabbiy eng avvolo dastlabki guruhlarni tuzishdan o‘z ishini boshlaydi va bu erda albatta bajariladigon shartlar mavjud bo‘lib, ular o‘z ichiga yosh shug‘ullanuvchilarnig jismoniy aqliy qobilyatlarini va yozishni hisobga olish anatomik va fiziologik tuzilishlarga e’tibor berishni oladi.
Har bir ishlab chiqarish korxonalarida, o‘quv va tarbiya muassasalarida imkoniyatdan kelib chiqqan holda voleybol sport turidan to‘garaklar ochish maqsadga muvofiqdir. Voleybolchilar guruhini tashkil etishda ularning jismoniy va aqliy qobilyatlarini hisobgav olish, ularning anatomik va fizalogik xususiyatlariga e’tibor bergan holda o‘quvmashg‘ulot guruxlarini tashkil etish kerak.
Voleybolchilarning yangi tashkil etilgan boshlang‘ich tayyorlov guruxlarida o‘tkaziladigon jami mashg‘ulotlarning yillik hajim 160-200 atrofida bo‘lishi va bu soatlarni 50% umumiy maxsus jismoniy tayyorgarlikka ajiratilgan bo‘lishi va qolgan 50% texnik va taktik tayyorgarlikka ajratilishi maqsadga muvofiqdir. Voleybolchilaning o‘yin texnikasi va taktikasiga o‘rgatishda harakatlarga o‘rgatishni tushintirish, ko‘rsatmalik uslublardan tashqari o‘yin uslubi va musobaqa uslublariga katta e’tibor berishlari zarur.
Voleybolchilarni o‘rgatishda asosiy vositalar umum rivojlantiruvchi mashqlar maxsus tayyorlov mashqlar etaklovchi mashqlar va musobaqa mashiqlari qatorida tarkibga voleybol o‘yinini texnikasi elementlari kiritilgan harakatli o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Voleybolchilarning o‘rgatishda sport trenirovkasining tayyorlov asosiy e’tibor texnik taktik tayyorgarliklar bilan bir qatorda umumiy jismoniy tayyorgarlikka qaratilishi zarur.
Yosh voleybolchilar boshlang‘ich davridagi tayyorgariligini asosiy yo‘nalishi ularning har tomonlama jismoniy tayyorgarligi bilan harakat qilishga o‘rgatish ratsional texnikani to‘g‘ri o‘rganishni tezlatish va engillatish, mashg‘ulotlaridagi yuklamani optimal darajada ushlab turish kelgusi etaplarda texnika va taktikani muvoffaqiyatli o‘rganish uchun sharoit yaratish.
Gimnastika, akrobatika, engil atletika, basketbol, gandbol javob beruvchi harakat tezligini rivojlantiruvchi mashiqlar, harakatli o‘yinlar estafeta va boshqalar asosiy vosita bo‘lib hisoblanadi. O‘yinning ratsional texnikasi voleybol 10-12 yoshlarga xos. Bolalarning to‘g‘ri tanlab olish-texnikani muvoffaqiyatli va qobilyatlarning rivojlanishi. Bular faqat ko‘rsatmalar. Texnikani bevosita egallash yakunlovchi mashqlardan muvaffaqiyatli foydalanishga bog‘liq. Bu murakkab texnikani bolalarga xos qilib yaratishga imkoniyat beradi. Blokirovkadan yoki ushlab turgan holatda to‘pga qilingan hujum bunga misol bo‘la oladi. Bu mashqlar o‘rgatishni ancha amaliy qilib ko‘rsatadi, bolalar o‘zlarining harakatlarining haqiqiy natijasini ko‘rishadi.
Keyingi etablardagi yakunlovchi mashqlar xolatlarni tuzatish uchun xizmat qiladi, bu esa texnik priyomlarning ba’zi birbo‘limlarini va butunlay egallashda asosiy rol o‘ynaydi. Texnikani egallashda shablosiz ishlash o‘ta muhim ahamiyatga ega Voleybolda priomlar ko‘p emas, biroq ularni tanlash shartlari cheksiz har turli.
11-14 yoshdagi voleybolchilar mashg‘ulotlarida asosiy e’tiborini ularning maxsus sifat va qobilyatlarining rivojlanishiga hujumda, himoyada yakka tartibdali taktik harakatlarning himoyadagi yakka tartibdali taktik harakatlarning shakillanishga qaratildi.
Shuningdek o‘yinchilarning birinchi va ikkinchi oshirishdagi to‘p qabul qilishdagi, qujumdagi komandagi taktik harakatlari himoyadagi hamkorligi ham o‘rganiladi. 15-16 yoshdagi voleybolchilar taktika asoslarini mustaxkam egallashlari va asosiy taktik harakatlarni qo‘llay olishlari kerak. Bolalarning oldingi va oxirgi liniya o‘yinlarida himoyada bo‘lib o‘ynashni o‘rgashish va bu ikki sistemani yodda chiqarmaslik eng muqimdir.
Boshlang‘ich etapda ikki yoqlama o‘yinni mashg‘ulotlarga kiritish uchun shoshilmaslik kerak. Bu erda harakatli o‘yinlar, estafetalar, voleybolga tayyorlovchi o‘yinlar asosiy o‘yin tutadi. Sport musobaqalari bolalar harakatida muhim bir xodisa, va ishtirok uchun tayyorgarlik aniq o‘zgarishlarga ega.
Musobaqalarga bolalarni asta-sekinlik bilan tayyorlashadi, 10-12 yoshdagi bolalar uchun harakatli o‘yinlar va estafetalar, jismoniy tayyorgarlik, voleybol o‘yinining texniklari barcha musobaqalar o‘tkaziladi. Ularni ko`rashni oxirigacha olib borishga, o‘z mag‘lubiyatini hurmat qilishga o‘rgatish kerak.
O‘yinning taktik rejasini tanlashda komandalardan nusxa olish kerak emas, bolalarning aniq imkoniyatidan kelib chiqqan holda reja tuzish kerak. Yosh voleybolchilar raqib komandasini kuzatish va kerakli vaziyatlarni hisobga olishini o‘rgatish kerak. Bu narsalar ma’lumotlardan o‘yinda foydalana bilish kerak. O‘yinchilarni joylanishida raqib jamoaga harakteristika berish o‘z komandasining o‘yin yo‘nalishini belgilash va zamenalarni belgilab qo‘yish tavsiya etiladi.
O‘yin mobaynida har bir harakatni kuzatib yozib borish va bu ma’lumotlarni o‘yinni etayotganda foydalanish kerak. O‘yin muxokamasida ijobiy tomaonlari kamchiliklar va yutuqlarga etibor berish tavsiya etiladi. Bundan tashqari har bir o‘yinchiga baho berish zarur. Muhokamaga shoshilish kerak emas, avval bolalar tinchlanib olishlari kerak. Muhokamada o‘yinchilar o‘zlari qatnashsa maqsadag muvofiq bo‘ladi.
Kattalar va o‘smirlar jamoalarining bog‘lanishi MBO‘SM lardagi ishlarning asosiy fazifalaridan biridir. Bu tendentsiya yoshlar voleyboli qo‘llanma va dasturlarda aks etgan. Yosh voleybolchilar kattalarning mashg‘ulotlariga taklif etish va ularning o‘yinlarini kuzatish, 18-16 yoshdagi bolalar va qizlarni kattalar bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkazishga o‘rgatish murabbiylarga asosiy meodik yordam bo‘lib hisoblanadi. Qobilyatli yosh voleybolchilar 15-16 yoshdan kattalar murabbiylari o‘z nazoratlariga oladilar. Kattalar va yoshlar jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvlar dustlikning samarali formalaridan biri hisoblanadi.
Yoshlar jamoalari murabbiylari va kattalar murabbylari, sport ustalari ishidagi doimiy ijodiy hamkorlik yuqori malakali zahiralar tayyorlashda katta imkoniyat yaratadi. Musobaqalar yosh voleybolchilar tayyorgarligining tashkiloiy qisimdir. Bu birinchi navbatda voleybol va minivoleybol bo‘yicha musobaqalar, jismoniy va texnikaviy tayyorgarlik bo`yicha musobaqalar, sport va harkatli o‘yinlaridir. Voleybol sporti bolalarni jismonan rivojlangan va ma’naviy barkamol inson qilib tarbiyalashning zaruri vositalaridan bo‘lib xizmat qila oladi.



Download 399 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling