II. O‘quv-metodik, ilmiy va ilmiy-metodik ishlar**
8.
|
Ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.
|
Bir akademik soat ochiq o‘quv mashg‘ulot uchun 5 soat ajratiladi.
| |
9.
|
Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlari hamda o‘quv amaliyotlarini o‘tkazishga tayyorlanish.
|
Oldindan mavjud fanlar yuklamasining 30%, yangi yuklatilgan fan yuklamasining 50% miqdorida.
| |
10.
|
Mavjud jihozlar asosida o‘quv dasturida belgilangan yangi amaliy mashg‘ulotlar yoki laboratoriya ishlariga uslubiy ishlanmalar tayyorlash.
|
Bitta uslubiy ishlanma uchun 25 soat vaqt ajratiladi.
|
Uslubiy ishlanma ta’lim muassasasining pedagogik kengashida tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
|
11.
|
O‘quvchilarni fan olimpiadasi, kasbiy ko‘rik tanlovga tayyorlash.
|
20 soat.
|
Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.
|
12.
|
O‘quvchilarni ilmiy konferensiyalarga tayyorlash.
|
20 soat.
|
Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.
|
13.
|
Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va joriy etish.
|
30 soat.
|
Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.
|
14.
|
Darslik yozish.
|
Darslikning bir bosma tabog‘i (16 bet) uchun 50 soat.
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.
|
15.
|
Elektron darsliklar tayyorlash.
|
Elektron darslikning bir bosma tabog‘i (16 bet) uchun 50 soat.
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.
|
16.
|
Multimedia ishlanmalarini tayyorlash.
|
20 soat.
|
Ta’lim muassasasining pedagogik kengashi qaroriga binoan.
|
17.
|
O‘quv qo‘llanmalar tayyorlash.
|
O‘quv qo‘llanmasining bir bosma tabog‘i (16 bet) uchun 30 soat.
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.
|
18.
|
Uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash.
|
Bitiruv ishi bo‘yicha 30 soat, amaliyotlar bo‘yicha 25 soat, kurs ishi yoki loyihasi bo‘yicha 20 soat, mustaqil ish bo‘yicha 15 soat, fan bo‘yicha 20 soat, bitta laboratoriya ishi bo‘yicha 5 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
19.
|
Ma’ruza matnlari to‘plamini ishlab chiqish.
|
Umumta’lim fanlariga 10 soat, maxsus fanlarga 20 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
20.
|
Fan bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash.
|
20 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
21.
|
Fan, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotidan ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish.
|
20 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
22.
|
O‘quv dasturlari asosida jihoz va uskunalardan foydalangan holda yangi amaliy yoki laboratoriya ishlarini yo‘lga qo‘yish.
|
Bitta ish uchun 50 soat; mavjud ishni takomillashtirishga 20 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
23.
|
Reyting tizimi uchun yangi nazorat savollari (amaliy, test, og‘zaki, yozma va hokazo) ishlab chiqish.
|
Har bir variant uchun 1 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
24.
|
Fanga ajratilgan mustaqil ishni qabul qilish.
|
20 soat.
|
Bir stavka (800 soat)dan kelib chiqqan holda.
|
25.
|
Interaktiv darslar uchun uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy etish.
|
Bitta uslubiy qo‘llanma
uchun 30 soat.
|
Ta’lim muassasasi ilmiy pedagogik kengashi qaroriga binoan.
|
26.
|
Yangi fan uchun namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqish.
|
Bitta fan uchun 30 soat
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan berilgan rejalar yoki topshiriqlarga muvofiq.
|
27.
|
O‘quv amaliyoti uchun yangi instruksion-texnologik xarita tayyorlash.
|
Bitta mavzu uchun 3 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
28.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashi qaroriga binoan ilmiy tadqiqot, tajriba-sinov ishlarini olib borish.
|
Eksperimentator o‘qituvchiga 50 soat, nazoratchi o‘qituvchiga 25 soat.
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan berilgan rejalar yoki topshiriqlarga muvofiq.
|
29.
|
Ilmiy maqola, ma’ruza, hisobotlar yozish, ma’lumotlar tayyorlash.
|
Bitta maqola uchun: xalqaro miqyosda 70 soat, respublika miqyosida 40 soat, viloyat (shahar), tuman (shahar) miqyosida 20 soat, ta’lim muassasasi miqyosida 10 soat.
| |
30.
|
Doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish.
|
Doktorlik dissertatsiyaga 50 soat.
|
Tegishli ilmiy kengashning qarori mavjud hollarda, har bir o‘quv yiliga (3 yildan oshmagan holda).
|
31.
|
O‘quvchilarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish.
|
Har bir o‘quvchi uchun 20 soat.
|
Ta’lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga binoan.
|
32.
|
Ommaviy axborot vositalarida chiqish qilish.
|
Bitta maqola va namoyish uchun: xalqaro miqyosida 40 soat, respublika miqyosida 20 soat, viloyat (shahar) miqyosida 10 soat, tuman (shahar) miqyosida 5 soat.
|
Gazeta va jurnallarda nashr etilgan yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida namoyish etilgan bo‘lishi kerak.
|
33.
|
Tashkilotlarga borib ma’ruzalar o‘qish.
|
Har bir ma’ruza uchun 5 soat (o‘quv yili uchun 20 soatgacha).
|
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, vazirlik va idoralar tomonidan berilgan rejalar, topshiriqlar yoki ular bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq.
|
34.
|
Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o‘qish.
|
Malaka oshirish uchun 144 soat, qayta tayyorlash uchun 576 soat.
|
Tasdiqlangan reja bo‘yicha.
|
35.
|
Seminar, trening va konferensiyalar o‘tkazish.
|
Ularning mavzusi davomiyligiga qarab tashkiliy ishlar uchun: Respublika miqyosida 40 soat, viloyat (shahar) miqyosida 20 soat, ta’lim muassasasida 10 soat.
|
Tasdiqlangan reja bo‘yicha.
|
|