Oksidlar va gidrooksidlar sinfiga


Galloid birikmalar: galit, flyuroit, silvin


Download 1.24 Mb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1398296
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-labaratoriya

Galloid birikmalar: galit, flyuroit, silvin
Galit NaCl –Grekcha “galos”-dengiz, tuz demakdir. Sinonimlari: tosh tuz (zich yirik massa bo`lib, tog` jinslari ichida yotgani) va cho`kma tuz (kristallari bir-biriga yopishmagan agregatlar bo`lib, sho`r suvli havzalar tagiga cho`kkani). Massasi kristall singoniyasi kub shaklida. Qattiqligi-2,5 zichligi 2,1-2,2 g/sm3 shaffof va rangsiz kulrang jilovlanadi, sariq qo`ng`ir va qora rangda; shishasimon yaltiroq, ta`mi tuzdek, suvda eriydi, ulanish tekisligi juda mukammal. Galit mo`rt. Galit suvda oson eriydi. Ko`pchilik konlari cho`kindi usulida hosil bo`ladi. Galitning eng katta zapaslari tosh tuz konlaridadir. Ular turli geologik davrlarda yuzaga kelgan bo`lsa ham eng ko`p katta konlari perm davri cho`kindilari bilan bo`g`liqdir. Galitning qo`llanilishi juda ham xilma-xildir. Jumladan u muhim oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash vositasidir. U xlor kislota, xlor, sodalar, uyuvchi natriy ishqorini va boshqa ko`p birikmalarni olish uchun ximiya sanoatida keng qo`llaniladi.



Flyuorit CaF2(plavik shpati)–Kristall shakllari, qirralari yaxshi rivojlangan kubik, ayrim hollarda oktaedr singoniyali. Qattiqligi-4, zichligi-3,2 g/sm3, asosan sariq, yashil, havo rang, siyoxrang, qoramtir siyoxrang tongda ayrim turlari rangsiz. Shishasimon yaltiroq; ulanish tekisligi mukammal. Ko`plab gidrotermal konlari mavjud. Shunday qilib, izotrop manfiy relef, ikki tomonlama ajralish darzliklari va ba`zan och binafsha rang fluoritning xarakterli belgilaridir.

Sil`vin – KCl. Tarkibi – K – 52,5%, Cl – 47,5%. Mexanik aralashma holda NaCl, Fe2O3 ishtirok etadi. U kub singoniyali, qavat-qavat teksturali yaxlit donador massalar holida topiladi. Silvinning toza xillari – shaffof, rangsiz, oq, och qizil va pushti rangli boladi, shishadek yaltiraydi, qattiqligi – 1,5-2, solishtirma ogirligi – 1,99. Uning mazasi otkir shor, bazan achchiq ancha mort mineral. U galit kabi qurayotgan shor suvli kollarda yuzaga keladi. Silvinning dunyodagi eng yirik koni Rossiyadagi – Solikamsk hisoblanadi. Bundan boshqa katta konlarga Germaniyadagi –Strassfurt va Elzas, Fransiyada topilgan. Malumki, kaliy tuzlarining kop qismi dalalarni ogitlash uchun sarf boladi, biroz qismi kimyo sanoatida, tibbiyot, parfumeriya, qogoz sanoatida, shisha va lak-boyoq tayyorlashda qollaniladi




Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling