Magnetit –Fe2O4.
Singoniyasi kubik. Kristallari ko`proq sakkiz qirrali qiyofada bo`ladi. Ko`p xollarda yaxlit donador massalar yoki xoll-xol donalar xolida uchraydi. Rangi temir kabi qora. Chizig`i qora. Yarim metal kabi yaltiraydi. Qattiqligi 5,5-6,0. Ulanish tekisligi yuq. Sol. Og`. 4,9-5,2. Kuchli magnit tortish xususiyatiga ega. Eng muhimi temir rudasi.
Limonit- Fe2O3 nH2O (qo`ngir temirtosh)
Ko`pincha ochiq, buyraksimon yoki stalaktit shakillarida yoki ziyaya yaxlit, g`ovak, shlaksimon, kukunsimon massalar tarzida uchraydi.
Rangi qo`ng`irdan qoragacha. Kukunsimon limonit yoki limonit oxrasi ancha och sarg`ish qo`ngir. Buyraksimon limonit smolasimon qora rangda yaltiraydi. Qattiqligi 1,5-5,5. Zichligi. 3,3-3,9. Sol. Og`. 3,3-4,0. Sinishi-chig`anoqsimon. Muhim temir rudasi. Singoniyasi –romboedrik.
NAZORAT SAVOLLARI
Sof tug`ma elementlar deb nimaga aytiladi?
Sulfidlar sinfi minerallarini aytib bering?
Galloid birikmalari elementlariga ta`rif bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |