Oksidlar va gidrooksidlar sinfiga


Sulfidlar: sfalerit, pirit, galenit, kinovar


Download 1.24 Mb.
bet3/6
Sana25.04.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1398296
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-labaratoriya

Sulfidlar: sfalerit, pirit, galenit, kinovar


Sfalerit (rux aldamchisi) ZnS–ko`pchilik xollarda kurtaksimon rivojlangan, yaxlit massali yaxshi shakllangan tetraedrik kristall shaklda uchraydi. Qattiqligi 3,5–4; zichligi 3,9-4,2 g/sm3; odatda qo`ng`ir yoki malla rangda bo`ladi, ayrim xollarda qora kamdan–kam sariq, qizil, yashilsimon yoki rangsiz bo`lishi mumkin. Sariq yoki xar xil qo`ng`ir rangda jilovlanadi. Yaltiroqligi–olmosdek. Yoki shafaqsimon ulashish tekisligi juda mukammal o`zidan oltingugurt ajratib azot kislotasining kontsentratsiyasida eriydi. Asosan galenit bilan birga uchraydigan gidrotermal konlari mavjud. Rux olishdagi asosiy ruda hisoblanadi.

Pirit FeS2– ko`pchilik xollarda yaxlit massali, qirralari yaxlit rivojlangan kubik kristall xolida uchraydi. Qattiqligi 6-6,5, zichligi 4,9-5,2 g/sm3, rangi samondek sariq, ayrim xollarda ola–bula va qo`ng`ir rangda taraladi, chegarasi qo`ng`ir qora; metaldek yaltiroq, ulanish tekisligi juda nomukammal. Sulfidlarning ichida yer yuzasida eng ko`p tarqalgan va har xil sharoitda hosil bo`ladi. Sulfat kislotasi olishda ishlatiladi.

XalkopiritCuFeS2– Grekcha“xalkos”-mis, “piros”-o`t (olov) demakdir. Kristallar tregonal singoniyada shakllangan. Nomuvofiq donador yoki yaxlit massa shaklida uchraydi. Qattiqligi 3,5-4; solishtirma og`rligi 4,1-4,3 g/sm3, rangi latundek sariq, ko`pincha ola–bula taraladi. Metalldek yaltiroq, chegarasi qoraga yaqin yashil rang. Turli geologik sharoitlarda shakllanadi. Mis rudasi sifatida ishlatiladi.



Galenit – PbS. Mineralningnomi lotincha «galena»-qo`rg`oshin rudasi so`zidan kelib chiqqan. Sinonimi: U qo`rg`oshindek yaltiroqdir. Xillari: selanli galenitdir. Galenitning «svinchak» deb aytiladigan fizik xili galenitning mayda donali zich xira massasidan iborat. Kristallari kub shaklida. Rangi qo`rg`oshindek kulrang. Chizig`i kulrang-qora va metaldek yaltiroq. Qattiqligi 2-3. Ulanishi kub bo`yicha o`ta mukammal. Sol. Og`. 7,4-7,6. Eng muhim qurg`oshin rudasi.



Kinovar – HgS (nomi Hindistondan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi, ularda qizil smola, kinovar «ajdarho qoni» deyiladi). Simob sulfidi ikki modifikaciyada – kinovar va metacinabarit. Tarkibida Hg – 86,2%, S – 13,8%. Singoniyasi – trigonal, uning qalin tabletkasimon va romboedr kristallari uchraydi, bazan notogri shaklli, xol-xolli donalar holida, bazan kukinsimon gardlar, yupqa postloq tariqalarida boladi. Rangi qizil, bazan qorgoshindek kulrang bolib tovlanadi. U kuchli yarim metall kabi yaltiraydi. Uning qattiqligi – 2-2,5 mort mineral. Ulanish tekisligi bazi yonalishi boyicha mukammal, solishtirma ogirligi 8, u elektrni yomon otkazadi. Kinovar va metasenobarit–past haroratli gidrotermal (teletermal) jarayonda yuzaga keladi. Bazan vulkan jinslari natijasida ham royobga keladi. Kinovar hosil qiluvchi teletermallardagi tog jinslari kvarslashadi (jesperoidlar yuzaga keladi), sericitlashadi, kaolinlashadi va seolitlashadi.
Kinovar konlarida qo`yidagi yetakchi madan minerallari – kinovar, metasenabarit, antimonit, realgar, auripigment, aynama madan (bleklaya ruda) hamda kvarts mayda donalardan xalsedongacha, bazan fluorit, barit va karbonatlar birga uchraydi.
Dunyoda eng yirik konlari Almaden (Syudad-Real) Ispaniyada mavjud. Ushbu kondan 200 yildan ortiq simob olinmoqda, malumotlarga qaraganda zaxirasi yana 100 yilga yetadi. Ukrainadagi Nikitovsk, Haydarkon qirgiziston va Respublikamizning Turkiston toglarining shimoliy etaklarida (Qorasuv, mix va boshqalar) topilgan. Kinovar simob olinadigan birdan-bir manba hisoblanadi. Simob oltinni amalьgamalashda, kimyoviy tayyorlashda, fizik asboblarda va portlovchi simob Hg(CNO) detonatorlar uchun portlovchi modda tayyorlashda ishlatiladi.




Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling