Olamlar Parvardigori Allohga xamdu sanolar,Payg`ambarlar xotami Muhammad (S. A. V)ga tahmatu salomlar bo`lsin!


Kiyimdagi ayblarga misollar: yengi keng, poychasi uzun, ustboshi kir kabilar


Download 0.74 Mb.
bet4/9
Sana28.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1301237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUQADDIMA

Kiyimdagi ayblarga misollar: yengi keng, poychasi uzun, ustboshi kir kabilar.
Payg`ambar (A.S.) g`iybatning ta`rifini so`rab dedilar: “ G`iybat nima o`zi? Bilaszlarmi?”. (Saxobalar): “ Allox va uning Rasuli biluvchiroq,”dedilar. Aytdilar: “(G`iybat bu) birodarlaringizni o`zi yomon ko`radigan bir “ ayb”ini aytmog`ingizdir.” So`raldiki: “Agar birodarimga men aytgan ayb (xaqiqatda xam ) bor bo`lsa-chi?”. Aytdilar : “Agar birodarlaringga sen aytgan ayb bor bo`lsa uni g`iybat qilibsan, agar bor bo`lmasa bo`xton qilibsan”.
G`iybat til bilangina cheklanib qolmaydi.
Birodarim! Til g`iybat qilishning xaromligiga sabab unda bir boshqa birodarlaringizni kamsitishlik borligidir. Kinoya bilan aytish ochiq aytishdan farq qilmaydi. Imo va ishora mazaxlash va ermaklash, yozuv va xarakat xullas boshqa birovni kamsituvchi xar qanday ish g`iybatga kiradi.
Oisha onamiz (R.A) aytadilar: “ Biznikiga bir ayol kirdi. Qaytib chiqib ketayotganida qo`lim bilan uning pakanaligiga ishora qildim. Shunda payg`ambar (A.S) uni g`iybat qilding dedilar.”
O`xshatib qiliq qilish ermaklash ashaddir g`iybatdir.
Payg`ambar (A.S) Oisha onamizni bir ayolga o`xshatib qiliq qilayotganini ko`rib shunday dedilar: “O`zimda falon-falon ayblar bo`la turib boshqa bir odamni ermaklashni men o`zimga ep ko`rmayman”.
Yozuv bilan g`iybat qilish qilish xam xarom. Zero qalam ikki tilning biridir.
Birodarim! Yuqoridagilardan birini qilgan odam garchi rostgo`y so`zlayotgan bor ishni qilayothan bo`lsa-da u g`iybatchidir, gunoxkordir birodarining go`shtini yeyuvchidir. Agar yolg`on so`zlayotgan bo`lsa u xam g`iybatchi va yolg`onchidir.
Muoz ibn Jabal aytadi: “Payg`ambar (A.S.) ning oldida bir kishi xususida so`zlanib, u naqadar ojiz deyildi. Shunda payg`ambar (A.S.) birodarlaringizni g`iybat qildinglar”, dedilar. Aytdilarki: “Yo Rasululloh (A.S.) biz unda bor narsani aytdik-ku!”. “ Unda yo`q narsani aytganlaringda usha bo`xton qilgan bo`lar edinglar” dedilar-Rasululoh.
Xasan aytadi: “Boshqalarning aybini gapirish uch xil bo`ladi. Uchalasi xam Allohning kitobida bor. Birinchi, g`iybat (unda bor narsani aytish),ikkinchi – bo`xton (unda yo`q narsani aytish), uchinchi-yolg`onchilik (eshitganini aytaverish)”.
Payg`ambar (A.S.) aytadilar: “Musulmonning musulmonga xamma narsasi xarom: qoni xam, moli xam, obro`si xam”. G`iybat obro`ga aloqador bo`lgani uchun uni mol va qon qatoriga qo`yildi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling