SALAFLARDAN DUR SO`ZLAR
Vo ajab! Inson xarom yeyish, zulm, zino, o`g`rilik va aroq ichish kabi ishlardan tiyila oladiyu tilini tiyishga kelganda ojizlik qilib qoladi. Keeling yahshisi bu xususida salaflarning xoliga bir nazar tashlaylik.
Vaxb aytadi: “Men biror insonni g`iybat qilsam bir kun ro`za tutib beraman, deb nazr qildim. Ammo g`iybatni tashlay olmadim. G`iybat qilaverardim, ro`za xam tutaverardim. Keyin xar bir g`iybatim uchun bir dirxam sadaqa qilaman, deb niyat qildim. Shu dirxamlarni yaxshi ko`rganimdan g`iybatni tashladim.
Sufyon Ibn Xusayn aytadi:”Ilyos Ibn Muoviyaning oldiga o`tirgan edim bir kishi o`tib qoldi. Men uni kamsitadigan bir gap aytdim. Shunda u: “Jim bo`l,” dedi. Keyin menga Ilyos Ibn Muoviya shunday dedilar:
Rumga qarshi urush qilganmisan?
Yo`q
Turkka qarshi urush qilganmisan?
Yo`q
Sendan rumu turklar salomat bo`libdiyu, musulmon birodaring salomat bo`lmabtida.
Shundan keyin bu ishni qaytib qilmadim.
Yaxyo Ibn Muoz aytadi: “ Mo`minning sendan oladigan nasibasi uchta bo`lsin. Unga foyda bermasng zarar xam qilma, uni xursand qilolmasang g`amga xam solma, maqtay olmasang yomonlama xam”.
Ibroxim Ibn Adxam ziyofatga chaqirilibdi. Kelib o`tirgach, odamlar: Falonchi kelmadi deyishibdi. Shunda ulardan biri: “O`zi u og`irkarvon odam”,-debdi. Bu gapni eshitgan Ibroxim: “Meni qornim shu axvolga soldi. Qaysi bir ziyofatga bormay, bir musulmonni g`iybat qilmay ilojim yo`q”,-deb xech narsa yemay chiqib ketibdi.
Robi` ibn Xamsamga: “Siz birovni ayblaganingizni ko`rmadik”, deganlarida: “O`zimdan rozi emasmanku boshqani yomonlashga qayoqdan vaqt topay” degan ekan.
Xasan (R.S) ga, sizni falonchi g`iybat qildi, deyishsa unga tovoq xurmo xadya qilibdi.
day degan ekan: “Agar birovni g`iybat qilmoqchi bo`lsam, avvalo ota-onamni g`iybat qilardim. Chunki meni amallarim savobiga o`shalar xaqliroq.
Axshab ibn Abdulaziz o`zini g`iybat qilgan odamga maktub yo`llab shunday debdi: “Ammo ba`d: Senga maktub yozishimga sabab, men xaqimda ko`proq g`iybat qilgin der edimku, lekin gunox yo`liga seni chaqirishdan qo`rqdim. Blngki men seni yaxshiliklarning ichida qo`ylar yaylovda yurgandek yurbman. Vassalom”.
Do'stlaringiz bilan baham: |