Olamlar Parvardigori Allohga xamdu sanolar,Payg`ambarlar xotami Muhammad (S. A. V)ga tahmatu salomlar bo`lsin!


Aziz birodarim! Til bu-Alloxning ulug` ne`matlari va ajoyib san`atlaridan biridir


Download 0.74 Mb.
bet2/9
Sana28.03.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1301237
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUQADDIMA

Aziz birodarim! Til bu-Alloxning ulug` ne`matlari va ajoyib san`atlaridan biridir.
Uning jussasi kichik, ammo toatiyu-isyoni buyuk. Zero toatning manbayi bo`lmish iymon xam,isyonning eng yetib nuqtasi bo`lmish kufr xam shu tilning guvoxligi bilan bilinadi. Tilning maydoni keng bepoyondur. U ezgulik borasida xam, yovuzli borasida xam xoxlaganicha ot sura oladi. Shuning uchun xam tilining tizginini qo`yib yuborgan odamni shayton uzoq-uzoqlarga, xalokatga olib boradi. Tilni shariat tizgini ila tizginlab olgan xamda bu tizginni dunyo va oxirat uchun foydali bo`lgan ishlardagina ishlatgan odam omondadir.



...va ayrimlaringiz ayrimlarni g`iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o`zining o`lgan birodarining go`shtini yeyishni yaxshi ko`rurmi?! Ana yomon ko`rdingizmi?! (Bas, gunoxi bundan-da ortiq bo`lgan g`iybatni xam yomon ko`ringiz)! Aloxdan qo`rqingiz! Albatta Allox tavbalarni qabul qiluvchi mexribon zotdir.
(“Xujrot” 12-oyat)

(Ey inson), o`zing aniq bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko`z, dil-bilarning barchasi to`g`risida (xar bir inson) mas`ul bo`lur(ya`ni eshitgan, ko`rgan va ishongan xar bir narsasi uchun kishi qiyomat kunida javob beradi).
(“AL-ISRO” 36-oyat)

U (ya`ni inson) biron so`zni talaffuz qilmas,magar (talaffuz qilsa) uning oldidagi xoziru nozir bo`lgan bir kuzatuvchi (farishta u so`zni yozib olur).
(“QOF” 18-oyat)

Abu Muso (R.A.) aytadiki: Men Payg`ambar (A.S.) dan, musulmonlarning qandaylari afzal bo`ladi, deb so`ragan edim, u zot: “Musulmonki, uning tili va qo`lidan musulmonlar salomat bo`lsalar”,-deb javob berdilar. Payg`ambar (A.S) aytadilar: “Kimki Alloxga va oxiratga ishonsa,yahshi gap bo`lsa aytsin,bo`lmasa jim tursin!”.
Uqba Ibn Omir (R.A.) aytadiki:“ Ey Rasululloh! Najot nimada”, degan edim. U kishi:“Tilingni tiy, uying senga keng bo`lsin (ya`ni axlinga yahshi muomalada bo`l )va gunoxlaringga yig`la dedilar”.


Muoz ibn Jabalning xadisida keladiki, payg`ambar (A.S.) unga ishning boshi,ustunlari va cho`qqisini uqtirib, keyin shunday dedilar: “Bularning xammasini asosi nimada ekanligini aytib beraymi?”. Muoz aytadiki: “Xa , ey Rasululloh”,-dedim. Shunda u kishi tillarini ushlab: “Buni tiygin”,-dedilar. Men “Ey Rasululloh gapirgan gaplarimizga xam javob beramizmi?”,-degan edim u kishi: “Sen o`lib, onang yig`lab qolmaydimi, axir odamlarni do`zaxga yuz tuban qulatuvchi shu tillari bilan o`rib olgan xosillariku! Dedilar.
Anas (R.A) aytadi: Payg`ambar (A.S.) bizga xutba qilib ribo (sudxo`rlik) xususida so`zladilar va uning naqadar katta gunox ekanligiga urg`u berib shunday dedilar: “Kishining ribodan topgan dirxami Alloxning nazdida gunoxligi jihatidan 36 marta zino qilishdan xam kattaroqdir. Musulmonning obro`sini to`kish ribolarning ribosidir”

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling