52
Bu qurilma qo‗zg‗almas (1) va qo‗zg‗aluvchan (6) kontaktlar, rama (3),
transformator (7) va elektr uskunalar shkafidan (5) tashkil topgan. Qurilma bir
vaqtning o‗zida ikkitadan sterjenni qizdirish imkonini beradi.
Sterjenlarni
kontaktlarda pnevmoqisqichlar yordamida qisib qo‗yiladi.
Sterjenlarni bir vaqtning o‗zida kesish, sterjenlar uchida ankerlarni hosil
qilish, qizdirish va qizdirilgan sterjenlarni avtomatik
ravishda qolipning
tirgaklariga
o‗rnatish uchun СМЖ-484 avtomatlashtirilgan tizimidan
foydalaniladi. Tizimning mahsuldorligi uzunligi 6 metr bo‗lgan
sterjenlarni
soatiga 60-80 dona.
Qizdirish uskunalari tok o‗tkazuvchi kontaktlarni armaturaga qattiq
yopishib turishini ta‘minlashi kerak.Kontaktlardagi
armaturani siqib turuvchi
kuch 10-14 mm diametrli armatura po‗latlari uchun 1000 N, undan katta
diametrli armatura po‗latlari uchun 2000 N dan kam bo‗lmasligi
kerak va bu
ko‗rsatkich diametri 6 mm bo‗lgan armatura simi uchun 200 N ni tashkil etadi.
4.25 - rasm. Sterjenli armaturani elektr toki yordamida qizdirish qurilmasi:
1 – qo‘zg‘almas tayanch; 2
– tok o‘tkazuvchi jag‘; 3
– qisuvchi jag‘; 4
- transformator;
5 – oraliq tayanch; 6
–karetkani qaytaruvchi prujina; 7 - karetka; 8
- pnevmosti lindr;
9
– qo‘zg‘aluvchi tayanch; 10
- shkala; 11 -
o‘chirgich; 12
- strelka; 13
– qizdiriladigan
armatura sterjenlari.
Bir vaqtning o‗zida bir necha xar hil diametrdagi sterjenlarni qizdirishga
ruhsat etilmaydi.