Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

4.12 – rasm. Ankerlar: a – gilzali; b – gilza-sterjenli; 1 - gayka; 2 - gilza; 3 – armatura 
o‘rami simlari; 4 – ajratuvchi xalqa; 5
 sterjenning xalqali qirqimli qismi; 6 – sterjenning 
xalqasimon ariqchali qismi. 
Qisqichlar sterjenli, simli va armatura o‗ramlarini mahkamlash uchun ko‗p 
marta foydalaniluvchi universal qurilmalardir. 


43 
Bir vaqtning o‗zida mahkamlanuvchi sterjenlar, simlar va o‗ramli 
armaturalarning soniga ko‗ra alohida va guruhli qisqichlardan foydalaniladi. Bir 
elementni mahkamlash uchun turli stangali qisqichlardan foydalaniladi (4.13 – 
rasm). Bunday qisqichlarning ishlash prinsipi armaturani taranglashtirish 
kuchiga nisbatan katta bo‗lgan ishqalanish kuchini ta‘minlovchi uch ponali 
qurilmalardan foydalanishga asoslangan. Bunday qisqichlar foydalanish
vaqtidagi oddiyligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Ulardan 100 va undan 
ortiq marta foydalanish mumkin. 
4.13 – rasm. Shtangali qisqich: 
a – qisqichning yig‘ilgan xoli;
b – qisqichning detallari; 1 - korpus;
2 – siquvchi jag‘lar; 3 - turtkich; 4 - shayba;
5 - prujina; 6 – dumcha. 
Ponasimon qisqichlar armatura o‗ramlarini mahkamlash uchun xizmat qiladi. 
Kolodkalar bir yoki ikki armatura o‗ramiga mo‗ljallab tekis ponali yopiq qilib 
tayyorlanadi (4.14-rasm). Stendlar uchun paket holatidagi (28 donagacha) yuqori 
mustaxkamlikka ega armatura simlarini mahkamlashga mo‗ljallangan to‗lqinsimon 
yoriqlarga ega guruhli qisqichlardan foydalaniladi. Plastinalar orasiga simlar 
o‗rnatilib chiqqandan so‗ng paketni kuchi 80 tonnali gidravlik press yordamida 
siqiladi va ponalar yoki boltlar yordamida mahkamlanadi (4.15 – rasm). 
Bundan tashqari simlar uchun toblangan teshiklari bor taroqsimon 
teshiklari bor inventar vtulkalar yoki УНАЕ (4.16 - rasm) taranglashtiriluvchi 
armatura elementlariga tayanadigan issiq yoki sovuq holida hosil qilingan 
ankerlarga tayanadi. 



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling