Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
© TAQI-2015 3 SO„Z BOSHI Texnik va iqtisodiy ko‗rsatkichlari darajasi bo‗yicha beton va temir-beton dunyoda qurilish buyumlari ishlab chiqarish tizimida xanuzgacha asosiy konstruksion material bo‗lib qolmoqda. Noyob xossalarga egaligi sababli ularlardan foydalanish sohalari kengayib bormoqda va shu bilan birga ko‗pgina xollarda konstruksiyalar tayyorlashda qimmat bo‗lgan metallning ham o‗rnini egallamoqda. Beton va temir-betondan foydalanish qurilish texnologiyalari sohasida ko‗pgina yutuqlarga erishish va shu bilan birga chidamli, pishiq-puhta, ulkan, nodir bino va inshootlarni barpo etish imkonini bermoqda. Shunday ekan ularni asrimiz materiali desak yanglishmaymiz. Bu borada oldindan zo‗riqtirilgan temir- betonning o‗rnini alohida e‘tirof etish zarur. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton – temir-betonning bir turi bo‗lib, uni tayyorlash jarayonida yoki qurilishda sun‘iy ravishda konstruksiyaning butun kesimi yoki uning qismida armaturani to‗laligicha yoki ma‘lum qismini taranglashtirish orqali betonda siqilish zo‗riqishini hosil qilinadi. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-betondan yuqori mustahkamlikka ega va mustahkamligi oshirilgan armaturadan samarali foydalanib, konstruksiya elementlarining kesimida darzlar hosil bo‗lishga qarshiligini oshirish, darzlarni belgilangan chegarada ochilishini ta‘minlash, yuklanishning ko‗p marta ta‘sir etishiga duchor bo‗ladigan konstruksiyalarning bikrligini oshirish va deformatsiyasini kamaytirish, konstruksiya massasini kamaytirish va yuqori markaga ega betondan foydalanish evaziga foydalaniladi. 1886 yili P. Djekson (AQSh) tayyorlash vaqtida armatura sterjenlari beton qolipga joylanguncha qolipga cho‗zib o‗rnatib, beton mustahkamlikka erishgach qo‗yib yuborish orqali tayyorlanadigan gumbazli tom konstruksiyasini tayyorlashga patent olgan. 1888 yili V.Dering (Germaniya) armaturani yuk qo‗yilgungacha taranglashtirish usulini taklif etdi. 4 Bu va keyingi XX boshidagi takliflar armaturani taranglashtirish darajasining pastligi va kamligi tufayli oldindan zo‗riqtirishning ijobiy samarasini aniqlash imkonini bermaganligi tufayli keng qo‗llanilmadi. 1950 yillar sobiq Ittifoq Respublikalarida va AQSHda katta o‗lchamdagi to‗sinli va plitali konstruksiyalar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi vaqtda oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton mahsulotlari dunyo amaliyotida keng ko‗lamda ishlab chiqarilmoqda va ulardan foydalanilmoqda. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton mahsulotlarining o‗ziga xos xususiyatlaridan biri bu beton va armaturaning vaqt bo‗yicha zo‗riqish holatining o‗zgarishidir. Temir-beton konstruksiyalarini tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonida betonning kirishishi, siljishi va boshqa omillar asosida betonning siqilishdagi zo‗riqishining ma‘lum qismi yo‗qotilishi kuzatiladi. Shuning uchun oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyani tayyorlash vaqtida armaturani taranglashtirish orqali hosil qilinadigan zo‗riqish ko‗rsatkichi - zo‗riqishni yo‗qotilishini hisobga olgan xolda amalga oshirilishi lozim, lekin armaturani taranglashdagi beriladigan kuch armaturaning taranglashtirishga qarshiligining normativ ko‗rsatkichidan katta bo‗lmasligi lozim. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton buyumlari yig‗ma, yig‗ma-monolit va monolit bo‗lishi mumkin. Oldindan zo‗riqtirilgan yig‗ma temir-beton buyumlarini tayyorlash uchun taranglashtiriluvchi armaturaning turi, sinfi, uning diametri va ankerlarning mavjudligiga (yuqori mustahkam silliq simlar) qarab В15-В30 dan past bo‗lmagan og‗ir, mayda to‗ldirgichli va yengil betonlardan foydalanish mumkin. Yuqori mustahkamlikka ega betonlardan samarali foydalanish beton hajmini kamaytirish hisobiga konstruksiyaning massasini, konstruksiya kesim yuzasini o‗zgartirmasdan ishlab chiqarilganda esa po‗lat armatura sarfini kamaytirish imkonini beradi. Yuqori mustahkamlikka ega betondan tayyorlangan yig‗ma-monolit konstruksiyalarda asosiy yuk ko‗tarishni armaturalangan oldindan zo‗riqtirilgan to‗sinlar, plitalar va boshqalar ko‗rinishidagi elementlar bajaradilar. Monolit beton uchun mustahkamligi pastroq bo‗lgan betondan foydalanish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling