Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


 Temir-beton konstruksiyalarining armaturasi. Armaturaning


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

2.5 Temir-beton konstruksiyalarining armaturasi. Armaturaning 
klassifikatsiyasi 
Temir-beton konstruksiyalarini tayyorlashda foydalaniladigan armaturalar 
sterjenli va simli armaturalarga bo‗linadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy 
profilli armaturalarga bo‗linadi. Armaturadan foydalanish usuliga qarab u 
zo‗riqtirilgan va oddiy armaturaga bo‗linadi. Armatura konstruksiyada 
bajaradigan ishiga ko‗ra ishchi va montaj armaturaga bo‗linadi. Ishchi armatura 
hisoblash yo‗li bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga ko‗ra 


15 
o‗rnatiladi. Taqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armaturasi turiga 
qo‗shiladi. 
O‗zining mexanik xossalariga qarab armaturabop po‗latlar quyidagi 
klasslarga bo‗linadi: 
a) sterjenli armaturalar: 

A-I
(qizdirib prokatlangan, tekis sirtli); 

A-II, A-III, A-IV, A-V va A-VI (qizdirib prokatlangan, davriy profilli); 

Aт- III, Aт-IV, Aт-V va Aт-VI (o‗tda toblangan). 
b) simli armaturalar: 

В-I (sovuqlayin cho‗zilgan, oddiy tekis); 

В-II
(yuqori darajada mustahkam, tekis); 

Вр
- II
(yuqori darajada mustahkam, davriy profilli); 

K-7, K-19 (V-II klassli simdan to‗qilgan arqon - kanat). 
Armatura klasslarini belgilashda zo‗riqish natijasida korrozion yorilishga 
yuqori chidamlilariga «K» harfi (misol uchun, Aт-IVK),
payvadlanadiganiga esa 
«С» harfi (misol uchun Aт-VIC)
 
qo‗shiladi.
 
Agarda armatura payvandlanadigan 
va yuqori chidamlikka ega bo‗lsa «CK» harflari (misol uchun, Aт-VCK) 
qo‗shiladi. A
-
I klassli po‗lat armatura 6 - 40 mm li diametrlarda dumaloq tekis 
shaklda tayyorlanadi. Nisbiy oquvchanlik chegarasi (235MPa) nisbatan yuqori 
bo‗lmaganligi va tekis yuzali bo‗lganligi tufayli undan ishchi armatura sifatida 
foydalanishga tavsiya etilmaydi. 
A-II klassli armatura 10 - 40 mm li diametrli uglerodli, diametri 40 – 80 
mm bo‗lganlari esa past uglerodli po‗latdan tayyorlanadi. Uning nisbiy 
oquvchanlik chegarasi 295 MPa ga teng. Sterjenlar davriy profilga ega bo‗lib, 
ikki qovurg‗a va ketma ket qaytariladigan bo‗rtib chiqqan vintsimon chiziqlardan 
iborat (2.1,a - rasm). Sterjenning diametri uning hisobiy dumaloq qismining 
diametriga mos keladi. 


16 
A-III 
klassli 
davriy 
profilli 
armaturaning bo‗rtib chiqqan qismi 
archasimon bo‗lib (2.1, b - rasm), 
diametri 6 – 40 mm ga teng va nisbiy 
oquvchanlik chegarasi 390 MPa ga 
teng. Davriy profilli A-IV klassli po‗lat, 
A-III klassli armaturaga o‗xshagan 
bo‗lib, 
10 
– 22 mm li qilib 
tayyorlanadi. 
Uning minimal nisbiy oquvchanlik chegarasi ko‗rsatkichi 590 MPa ga 
teng. A-V (diametri 10—32 mm) va A-VI (diametri 10— 22 mm) klassli 
armatura davriy profilga ega bo‗lib, nisbiy oquvchanlik chegarasining 
ko‗rsatkichi 785 i 980 MPa ga teng. 
Armaturaning yuqori mexanik sifati legirlovchi qo‗shimchalar qo‗shish 
orqali amalga oshiriladi va bu esa po‗latning plastiklik xossalarini pasaytiradi. 
Ammo, po‗latning plastiklik xossalari armaturani payvadlash, sterjenlarni bukish 
va 
temir-beton 
elementlarni 
buzilish 
vaqtida 
etarli 
deformativligini, 
konstruksiyani yuk ta‘sirida ishlash sharoitini yaxshilash va mo‗rtlikdan 
buzilishning oldini olish imkonini beradi.
Termik mustahkamlangan Aт-IV, Aт-V, Aт-VI va Aт-VII klassli armatura 
po‗latlari 10—32 mm diametrlarda tayyorlanib, nisbiy oquvchanlik chegarasining 
eng past ko‗rsatkichi 590; 785; 980 va 
1175 
MPa, 
a uzilishdagi nisbiy 
cho‗zilish tegishli ravishda - 8%; 1; 6 
va 5,5% ga teng bo‗ladi. Korrozion 
yorilishga chidamli Aт-IVK — Aт-VIK 
klassli po‗lat armaturalar ham Aт-IV — 
Aт-VI klassli po‗latlar kabi profil va 
mustahkamlik xossalariga ega.

Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling