Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


- rasm. Davriy profilli qizdirib


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

2.1- rasm. Davriy profilli qizdirib 
prokatlangan armatura po„lati:
a - A-II klassli; b - A- III klassli. 
2.2-rasm. Armatura profillari. 


17 
Armaturaning asosiy turlari GOST 5781 bo‗yicha belgilanadi. 2.2, a – 
rasmda xalqali profil ko‗rsatilgan. U dumaloq shakldagi o‗zakka bo‗ylama 
bo‗rtiq bilan kesishuvchi xalqasimon ko‗ndalang bo‗rtiqlarni hosil qilish
natijasida yasaladi. 2.2, b – rasmda o‗roqsimon profil ko‗rsatilgan. 2.2, v - 
rasmda avvalgilaridan farqlanadigan profil ko‗rsatilgan bo‗lib, u beton bilan 
yaxshi tishlashish imkonini beradi. 
Armatura po‗latlarining davriy profili shakllari 2.3 – rasmda ham 
keltirilgan. 
2.3-
rasm. Sterjenli armaturalarning o„roqsimon (a) va vintsimon (b) profillari.
 
Temir-beton konstruksiyalarni armaturalashda diametri 3—5 mm, eng past 
nisbiy oquvchanlik chegarasi 410 MPa bo‗lgan Вр-I klassli armatura simlaridan 
keng ko‗lamda foydalaniladi. 
Tekis va davriy profilli V - II va Вр-II klassli yuqori mustahkamlikka ega 
(shatrli oquvchanlik chegarasi V-II - 1500-1100MPa va Вр-II - 1500—1000 
MPa) armatura simlari (2.4 - rasm) 3—8 mm diametrlarda sovuq xolda cho‗zib 
tayyorlanadi.


18 
Temir-beton 
konstruksiyalarni 
ishlab 
chiqarishda 
armatura 
konstruksiyaning turi, betonning turi va klassi, armatura mahsulotlarini 
tayyorlash va foydalanish sharoiti (korroziyaning xavfliligi) va boshqalarni 
hisobga olgan xolda tanlanadi. Oddiy temir-beton konstruksiyalarida asosiy 
ishchi armatura sifatida asosan A-III va Вр-I klassli armaturalardan foydalaniladi. 
Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarda asosan yuqori mustahkamlikka ega В-
II , Вр-II, A-VI, Aт-VI, A-V, Aт-V va Aт-VI klassli po‗latlardan foydalaniladi. 
Armatura klassining ortishi bilan uning cho‗zilishdagi mustahkamligi 
oshadi va uning nisbiy deformatsiyasi keskin tushib ketadi. Bir xil davriy profilli 
turli armatura klasslarini sterjenlarning uchining bo‗yalgan rangiga qarab 
ajratiladi. Bo‗yab markalash xaqidagi ma‘lumotlar 2.8 - jadavalda keltirilgan. 
2.8– javal 
Sterjenli armatura po‗latini bo‗yab markalash va prokat markasi 
Armatura klassi 
Sterjenlar uchi 
bo‗yog‗ining rangi 
Markalash belgilari orasidagi ko‗ndalang 
qobirg‗alar soni 
A-III 
-

At-III 
oq 

A500С 
oq va ko‗k 

A-IV 
qizil 

A-IVС 
sariq va oq 

A-IVK 
sariq va qizil 

A-V 
qizil va yashil 

At-V 
yashil 

At-VK 
yashil va qizil 

A-VI 
qizil va ko‗k 

At-VI 
ko‗k 

At-VIK 
ko‗k va qizil 

A-VII 
qora 


Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling