Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Taranglashtiriluvchi armatura elementlarining tuzilishi
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
4.1.Taranglashtiriluvchi armatura elementlarining tuzilishi
Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda taranglashtiriluvchi armatura sifatida quyidagi armatura po‗latlarining quyidagi klasslaridan foydalaniladi: - issiq xolda tortilgan sterjenli - A-IV, A-V, A-VI; - issiq xolda mustahkamlangan sterjenli - Aт-V, Aт-VI va Aт-VII; - uglerodli sovuq xolda tortilgan po‗lat simlar – Вр-II va V-II; - armatura po‗lat arqonlari - K-7 va K-19. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda taranglashtiriluvchi armatura sifatida quyidagi armatura po‗latlarining turlaridan foydalanishga ruxsat etiladi: - Aт-III klassli, sterjenli o‗zgaruvchan profilli, tortib mustahkamlangan; - Aт- IV klassli, sterjenli termik mustahkamlangan. Yuqori mustahkamlikka ega sterjenli issiq xolda tortilgan va termik mustahkamlangan, diametri 8’22 mm bo‗lgan A-III, A-IV, A-V, Aт-IV va Aт-V klassli sterjenli armaturalarni elektrotermik usulda taranglashtirish, diametri 25’40 mm bo‗lsa mexanik usulda taranglashtirish maqsadga muvofiqdir. Вр-II va В-II klassli uglerodli armatura simi, K-7 va K-19 klassli armatura arqonlari va Aт-I klassli termik mustahkamlangan sterjenli armatura po‗latlarini mexanik usulda taranglash tavsiya etiladi. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda foydalaniladigan armatura po‗latining yuzasi toza, ko‗chgan metall to‗poni, moyli va bitumli dog‗lar, va uni tayyorlashda va tashishda ifloslanishi, zanglashi, mexanik shikast, shuningdek uchqun va elektr yoyidan kuyishdan saqlash zarur. 36 Taranglashtiriladigan sterjenli armaturani tayyorlash sterjenlarni kerakli uzunlikda kesish, ularning uchlarida vaqtinchalik ankerlarni hosil qilish yoki vaqtinchalik inventar qisqichlarni o‗rnatishdan iborat. Zarur xollarda sterjenlarni payvandlash yordamida uchma uch ulash yoki oboymalar (xalqalar) yordamida presslab ulanadi. Vaqtinchali ankerlar va inventar qisqichlar taranglashtiriladigan armaturani stendlar, qoliplar va qolip tagida joylashgan tirgaklarga o‗rnatish va mustaxkalash uchun xizmat qiladi. A-III, A-IV, A-V, Aт-IV, Aт-V, Aт- VI va Aт- VII klassli armatura sterjenlarini sovuq xolda qaychilar yordamida kesiladi. Gaz-kislorod yordamida kesish ruhsat etiladi, ammo elektr yoyi yordamida kesish taqiqlanadi. A-IV, A-V klassli issiq xolida tortilgan armatura po‗latlarini payvandlash yordamida ulash mumkin. Aт- IV va Aт- VII klassli termik mustahkamlangan armatura sterjenlarini payvandlash usuli bilan ulash taqiqlanadi. Termik mustahkamlangan armaturani siqib mahkamlanadigan xalqalar yordamida ulanadi. Taranglashtiriladigan sterjenli armaturani mahkamlash uchun quyidagi vaqtinchalik ankerlardan foydalaniladi: - diametri 22 mm gacha bo‗lgan hamma klassli armaturalar uchun sovuq xolda presslangan shaybalar (4.3,a- rasm); - diametri 40 mm gacha bo‗lgan A-III, A-IV, A-V, Aт-IV, Aт-V, Aт- VI va Aт-VII klassli po‗lat armatura sterjenlarining uchlarida issiq xolda siqib hosil qilinadigan ankerlar (4.3,b-rasm); - diametri 40 mm gacha bo‗lgan A-III, A-IV, A-V klassli po‗lat armatura sterjenlarining uchida kalta artmatura bo‗laklarini payvandlab hosil qilinadigan ankerlar ( 4.3,v - rasm); |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling