Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4 - rasm. Armaturani mahkamlash uchun S3-16-25 markali qisqich. 1 – korpus, 2 – armatura sterjeni. 4.5 - rasm. Spiral anker
- - rasm. Armaturani payvandlash va anker hosil qilish СМЖ-32 qurilmasi
37
4.3 - rasm. Bir marta foydalaniladigan ankerlar: a – presslangan shayba; b – siqib tayyorlangan anker; v – payvandlangan kalta armatura; 1 – sterjen, 2 - presslangan shayba, 3 – siqib tayyorlangan shayba, 4 - shayba, 5 – kalta armatura. Inventar qisqichlar (4.4 - rasm), shu jumladan GOST 23117—78 bo‗yicha diametri 32 mm gacha bo‗lgan hamma armatura klasslari uchun С2-10-18, СЗ- 16-25 qisqichlari. Diametri 8’14 mmli A-V, Aт-IV, Aт-V, Aт-VI va Aт-VII klassli armatura sterjenlarining uchida A-I klassli issiq xolda tortilgan armatura po‗latidan presslab tayyorlangan spiral ankerlardan ham foydalaniladi (4.5 - rasm). Armatura uchlaridagi vaqtinchalik presslab tayyorlangan shaybali va spiral ankerlar mexanik va pnevmatik presslarda tayyorlanadi. Armatura uchlariga o‗rnatiladiagan vaqtinchalik ankerlar uchun shaybalar Ст 1 , Ст 2 va Ст Z markali listli yoki tasmasimon po‗latlardan shtamplab, hamda shu markali dumaloq yoki olti qirrali po‗latlardan yasaladi. Shaybalarning o‗lchamlari 4.1 - jadvalda keltirilgan. Armatura sterjenining uchlarida bir vaqtning o‗zida yoki navbati bilan har bir uchida issiq xolida presslab anker hosil qilish СМЖ-32 uskunasida, СМЖ-128Б mashinasida, shuningdek uchma-uch ulaydigan payvandlovchi MС- 1602 mashina yordamida qizdirish va presslash rejimlariga amal qilgan xolda amalga oshiriladi. 4.4 - rasm. Armaturani mahkamlash uchun S3-16-25 markali qisqich. 1 – korpus, 2 – armatura sterjeni. 4.5 - rasm. Spiral anker 38 4.1 - jadval Presslab tayyorlash uchun shaybalarning diametri Diametr Shaybaning balandligi armatu- raniki shaybaniki presslanguncha Presslangandan so‗ng ichki tashqi Armatura klassi Aт-IV, A-IV Aт-V, A-V Aт-VI Aт-VII Aт-IV, A-IV Aт-V, A-V Aт-VI Aт-VII 10 13 30 8 10 11 12 11 13 14 16 12 15 32 8 11 14 17 13 15 18 21 14 17 32 10 12 17 21 14 17 21 26 16 20 36 11 15 19 23 16 19 23 27 18 22 36 13 17 21 25 17 21 25 29 20 24 40 14 19 23 27 19 23 28 31 22 26 42 16 21 25 29 30 26 30 33 СМЖ-32 uskunasi (4.6 - rasm) armatura sterjenlarini kerakli o‗lchamli qilib payvanlash va ikkala uchlarida arker hosil qilish uchun xizmat qiladi. Uskunaning quvvati soatiga 3 va 6 sterjendan iborat. Sterjenlarning uzunligi 23,7 va 18,5 m, diametri esa 16 dan 40 mmgacha bo‗ladi. 4.6- rasm. Armaturani payvandlash va anker hosil qilish СМЖ-32 qurilmasi: 4.71,7 – qabul qiluvchi va uzatuvchi konveyerlar, 2 – uzatish mexanizmi, 3 – uchma-uch payvandlash mashinasi, 4 – havo taqsimlagich, 5 – ko‘taruvchi rolikli tirgak, 6 – kesish stanogi. Qurilma qabul qiluvchi (1) va uzatuvchi konveyerlar (7), armaturani kesish uchun gidravlik stanok (6), uchma-uch kontakt payvandlash va anker hosil uchun MS-1602 mashinasi (3), uzatish mexanizmi (2) va elektr qurilmalaridan tashkil topgan. СМЖ-128B mashinasi (4.7 - rasm) armatura sterjenlarining ikkala uchida anker hosil qilish uchun xizmat qiladi. 39 Sterjenlar yuklovchi qurilmadan (7) bittadan chap (4) va o‗ng (8) siqib anker hosil qiluvchi qurilmalarga uzatadi. Boshqaruv pultining (1) tugmasini bosish bilan sterjenlar siqiladi va ularning uchlari transformatordan keluvchi elekr toki bilan qizdiriladi va anker hosil qilinadi. Qizdirish harorati fotopirometrlar yordamida nazorat qilib boriladi. Armatura klassi va diametriga qarab qizdirish harorati 700 dan 1200 0 С qilib belgilanadi. Mashina avtomatik siklda ishlaydi. Uning ishlab chiqarish quvvati diametri 18 mm bo‗lgan armatura sterjenlari uchun soatiga 240 anker yasaladi. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling