Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
4.1-rasm. Oldindan zo„riqtirilgan
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2 - rasm. Oldindan zo„riqtirilgan konstruksiyalar armaturasini tayanchlari tortib tayyorlash bosqichlari.
33
4.1-rasm. Oldindan zo„riqtirilgan konstruksiyalar armaturasini tayanchlari tortib tayyorlash bosqichlari. a – armatura taranglangunga qadar; b – armatura tortilgan va uning uchlari ankerlar yordamida tayanchlarga mustahkamlangan; v – qolipga taranglashtrilmaydigan armatura o‘rnatilgan; g – konstruksiya betonlangan xolda; d – tayyor konstruksiya, ya’ni beton qotgan va armaturaning taranglashtirilgan kuchi tayanchlardan ozod qilinib betonga berilgan. 1 – anker; 2 – tayanchlar; 3 – taranglashtiriluvchi armatura; 4 – taranglashtirilmaydigan armatura; 3 – qolip; beton qorishmasi. 4.2 - rasm. Oldindan zo„riqtirilgan konstruksiyalar armaturasini tayanchlari tortib tayyorlash bosqichlari. Oldindan zo‗riqtirilgan yig‗ma temir-beton konstruksiyalarini stendlarda tayyorlashda armaturani tayanchlarga tortib tayyorlash usuli keng tarqalgan. Agar stendning uzunligi faqat bitta konstruksiyaning uzunligiga mos kelsa bu stend qisqa stend deb ataladi. 34 Agarda stendning uzunligi bir vaqtning o‗zida bir necha konstruksiyani tayyorlash imkoniga ega bo‗lsa bu stend uzun stend deb ataladi. Qisqa va uzun stendlarda armaturani asosan gidrodomkratlar yordamida tortib taranglanadi. Ba‘zi xollarda elektrotermik yoki elektrotermomexanik usullardan tortib tayyorlash mumkin. Uzun va qisqa stendlarda asosan temir- beton to‗sinlar, fermalar, qoziqlar tayyorlanishi mumkin. Armaturani qoliplardagi tayanchlarga tortib taranglab konstruksiyalarni tayyorlash usulida orayopma va yopma plitalar, to‗sinlar, fermalar, qoziqlar tayyorlash keng tarqalgan. Armaturani tayanchlarga tortish texnologik jihatdan ancha oson, shuning uchun bu usuldan zavod sharoitida ko‗plab ishlab chiqariladigan konstruksiyalarni tayyorlashda foydalaniladi. Armaturani konstruksiyani betonlangandan va beton qotgandan so‗ng betonga tortib taranglash usuli xam mavjud. Armaturani taranglashning bu usuli monolit qurilishda va konstruksiyani bloklardan qurilish maydonida yoki montaj joylarida yig‗ish imkonini beradi. Taranglashtiriladigan armaturani avvaldan betonlash vaqtida qoldirilgan kanallardan o‗tkaziladi. Armaturani taranglashtirish kuchini qotgan beton beriladigan kuch va tortish uskunalaridan hosil bo‗ladigan zo‗riqishga chidamli mustahkamlikka ega bo‗lgandan so‗ng armaturani tortish asbob uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Simli yoki arqonli armaturani kam armaturalangan konstruksiyaga yoki inshootga, ya‘ni dumaloq rezervuarga o‗rash shu usullardan biridir. Armaturani betonga tortib taranglashtirishda odatda gidrodomkratlar yordamida bajariladigan mexanik va ba‘zida elektrotermomexanik (asosan armaturani o‗rashda) usullardan foydalaniladi. Kanallarni tayyorlash, ularga armaturani o‗rnatish, uni taranglashtirishdan tashqari kanaldagi armaturani korroziyadan saqlash kerak. Buning uchun rastvor nasoslari yordamida kanallarga sement qorishmasi to‗ldiriladi. 35 Armaturani betonga tortib tayyorlashdan, armaturani tayanchlarga tortib tayyorlab bo‗lmaydigan asosan noyob katta konstruksiyalar - ko‗priklar, qobiqlar, rezervuarlarni qurishda foydalaniladi. Armaturani betonga tortib konstruksiyalarni tayyorlashda mehnat sarfi ortadi. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling