Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси


 Sentrifuga yordamida qoliplanadigan beton


Download 6.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/61
Sana02.11.2023
Hajmi6.92 Mb.
#1739571
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61
Bog'liq
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган

 
3.2 Sentrifuga yordamida qoliplanadigan beton 
Sentrifuga yordamida qoliplanadigan beton uchun asosiy talab etiladigan 
ko‗rsatkichlari – betonning siqilishdagi mustahkamligi bo‗yicha klassi, sovuqqa 
chidamlilik bo‗yicha markasi. 
Bunday betonning o‗ziga xos tarafi shundan iboratki, uni zichlash vaqtida 
uning tarkibi o‗zgarish xususiyatiga ega. 


31 
Qoldiq Ц/S nisbati: 
Ц
 
bu yerda: S
q
zichlangandan keyin beton qorishmasidagi qoldiq suv miqdori, 
birinchi marta S
q
=150 l/m
3
qabul qilish mumkin. 
Keyingi beton tarkibini hisoblash amallari hamma betonlar kabi umumiy 
qabul qilingan formulalar asosida olib boriladi. Faqat quyidagilarni hisobga olish 
zarur: 
- yirik to‗ldirgichni tanlashda uning eng yirik donachalarining o‗lchami 
mahsulot devori qalinligiga nisbatan 0,25 dan ortiq bo‗lishi mumkin emas; 
- 5-10 va 10-20 mmli fraksiyali to‗ldirgichlardan foydalanilganda 5-10 mmli 
fraksiyalarning miqdori yirik to‗ldirgich hajmining 25-40% ini tashkil etishi 
kerak; 
- Beton qorishmasini yaxshi joylashuvchanligini ta‘minlash maqsadida suv 
miqdori beton qorishmasining joylashuvchanlik bo‗yicha markasi P1 ga mos 
kelishi kerak. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Umumqurilish maqsadlarida foydalaniladigan beton tarkibi qanday 
hisoblanadi? 
2. Beton tarkibini hisoblashning qanday usullarini bilasiz? 
3. Beton tarkibini hisoblashda qanday ko‗rsatkichlarga e‘tiborni qaratish 
lozim? 
4. Ц/S nisbati beton ko‗rsatkichlariga qanday ta‘sir ko‗rsatadi? 
 
 
 
 
 


32 
IV BOB. OLDINDAN ZO„RIQTIRISH USULLARI 
Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalari va buyumlarini zavod 
sharoitida ishlab chiqarishda armaturani taranglashtirishning asosan ikki usuldan 
foydalaniladi: 
1- konstruksiyalarni betonlagunga qadar – tayanchlarga tortib; 
2- betonga - beton qotgandan so‗ng. 
Birinchi usulda armatura elementlari (sterjenlar, po‗lat arqonlar, alohida 
simlar yoki paketlar) konstruksiyani betonlashga qadar stendlarning tayanchlariga 
yoki po‗lat qoliplardagi tayanchlarga tortib texnologik ankerlar mustahkamlab 
qo‗yiladi. Po‗lat armaturalar tarang holatda o‗rnatilib qo‗yilgandan so‗ng 
konstruksiyaning taranglashtirilmaydigan armaturasi va karkaslarining boshqa 
elementlari o‗rnatilgandan so‗ng qolip yig‗iladi. So‗ng konstruksiyani betonlab 
uning qotishini tezlashtirish uchun issiqlik ishlovi beriladi. Beton o‗zining 
loyihaviy mustahkamligining 70%dan kam bo‗lmagan mustahkamlikka 
erishgandan so‗ng armaturaning taranglik kuchi betonga beriladi va konstruksiya 
qolipdan olinadi. Bu usulda armaturaning taranglik kuchi betonga berilgunga 
qadar tekshiriladi. 
4.1 - rasmda oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni armaturani 
tayanchlarga tarang tortib tayyorlashning sxematik bosqichlari keltirilgan. 
Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni tayyorlashda 
taranglashtiriluvchi armaturani tayanchlarga tortib tayyorlash quyidagi uch 
texnologik sxema bo‗yicha amalga oshiriladi: 
1- agregat potok texnologiyasi bo‗yicha konveyerda ko‗chib yuruvchi kuchli 
qoliplarda; 
2- qisqa yoki uzun stendlardagi oddiy qoliplarda; 
3- statsionar qoliplarda. 



Download 6.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling