Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
1.4.Oldindan zo„riqtirilgan temir-betonning texnologik asoslarining
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
9
1.4.Oldindan zo„riqtirilgan temir-betonning texnologik asoslarining rivojlanishi Yuqori mustahkamlikka ega materiallardan foydalanib, oldindan zo‗riqtirilgan temir-betondan tayyorlangan yig‗ma konstruksiyalarni ishlab chiqarishga ommaviy joriy etilishi temir-betonning yangi konstruktiv shakllarini paydo bo‗lishining imkonlarini ochib berdi. Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalar nafaqat ulardan foydalanish jarayonida, balki ularni tayyorlash, tashish va montaj qilish vaqtida ham darz ketishiga chidamli bo‗lishi kerak. Oldindan zo‗riqtirilgan yig‗ma temir-beton konstruksiyalarning konstruktiv shakllariga ularni zavod sharoitida tayyorlashning texnologik xususiyatlari, beton klassi va armaturaning turi katta ta‘sir ko‗rsatadi. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-betondan dunyoning ko‗pgina mamalakatlarida qurilishning deyarli barcha soxalarida keng foydalanilmoqda. Buni ayniqsa MDX davlatlari, AQSH, Italiya, Angliya va boshqa davlatlarida ko‗rishimiz mumkin. Bu turdagi temir-betondan qurilishda keng ko‗lamda foydalanish ularni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‗liq. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni ularni loyihalangan holida qo‗lbola usulda mexanik asbob uskunalar (tortish domkratlari, vibratorlar va boshq.) yordamida tayyorlash - texnologik uskunalar loyihasini tayyorlashni qiyinlashtiradi va bu mexanizmlardan foydalanish samarasi juda past bo‗ladi. Shuning uchun zavod sharoitida tayyorlash uchun faqatgina keng foydalaniladigan oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarning xillarini tanlab olish zarur bo‗ladi. Bu esa kelgusida konstruksiya turlari va ularning xillarini oshib borishiga yordam beradi. Bu borada temir-beton konstruksiyalarni oldindan zo‗riqtirish orqali armaturalash alohida o‗ringa ega. Ba‘zi konstruksiyalar uchun o‗qi bo‗yicha armaturalab oldindan zo‗riqtirishni hosil qilish muxim axamiyatga ega, ammo ikki o‗q bo‗yicha 10 oldindan zo‗riqishni hosil qilish juda murakkab, qiyin va ko‗p mehnat talab qiladigan jarayondir va shuning uchun undan juda kam hollarda foydalaniladi. Oldindan zo‗riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlashga o‗tish alohida ahamiyatga ega. Oldindan zo‗riqtirishni hosil qilishda mashinadan foydalanish ko‗p turdagi konstruksiyalarni tayyorlash imkonini berish bilan birga, ularning turlarini xam chegaralaydi, chunki bu ishlab chiqariladigan konstruksiyalarning shakli bilan bog‗liqdir. Qoliplarning tagida joylashgan stilindrik sterjen yoki qolip tirgaklariga armaturani turli yo‗nalishlarda, birinchi navbatda bo‗ylama yoki ko‗ndalang o‗qlari bo‗yicha tarang qilib uzluksiz tortib o‗rash jarayonida hosil qilinadigan zo‗riqishdan foydalanish katta yutuqlardan biridir. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling