Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Oldindan zo„riqtirilgan konstruksiyalarning klassifikatsiyasi
1.1 – rasm.
7 1.2.Oldindan zo„riqtirilgan konstruksiyalarning asosiy turlari va ularning ishi Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni bevosita kuchlanishni hosil qilish usuli bo‗yicha, konstruksiyani betonlashtirish vaqtiga nisbatan oldindan yoki keyin armaturani taranglashtirib zo‗riqishni hosil qilish bo‗yicha ajratish mumkin. Armaturani betonlashdan oldin taranglab konstruksiya tayyorlash usuli betonlash va beton qotgunga qadar armaturani tarang xolda ushlab turish uchun kuchli anker moslamalari, tirgaklar va boshqalar zarur bo‗lganligi uchun ―armaturasi tirgaklarga tortilgan konstruksiyalar‖ deb ataladi. Beton qotgandan keyin armaturani kuchli domkratlar yordamida taranglashtirish va kuchlanishni qotgan betonga berish imkoniyati bo‗lganligi sababli ―armaturasi betonga taranglashtirilgan konstruksiyalar‖ deb ataladi. Keyingi vaqtlarda oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda ko‗pgina yangi original yechimlar paydo bo‗lmoqda. Chet ellarda so‗ngi vaqtlarda ―odindan taranglashtirilgan‖ va ―keyin taranglashtirilgan‖ konstruksiyalar degan atamalar keng qo‗llanib kelinmoqda. Chamasi Germaniyada qabul qilingan ―oldindan zo‗riqtirilgan‖ yoki oddiygina ―zo‗riqtirilgan‖ konstruksiya degan eng umumiy atama ularni tayyorlash texnologiyasi bilan bog‗liqdir va ko‗pgina xollarda birgina oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiya vazifasi, kesim yuzasi va yuk ta‘sirida o‗zini tutishi bo‗yicha armaturani tirgaklarga va betonga tortib tayyorlanishi mumkin. 1.3. Oldindan zo„riqtirilgan konstruksiyalarning klassifikatsiyasi Professor V.V.Mixaylov keltirgan klassifikatsiyasi bo‗yicha oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni quyidagilar bo‗yicha sinflarga bo‗lish mumkin: 1.Taranglashtirilgan armaturaning ishlash prinsipi bo‗yicha: - bir o‗q bo‗yicha oldindan zo‗riqtirilgan; - ikki o‗q bo‗yicha oldindan zo‗riqtirilgan; - uch o‗q bo‗yicha oldindan zo‗riqtirilgan. 8 2.Tayyorlash usuli bo‗yicha: armaturani tayanchlarga tortish orqali (oldindan tortish usuli); armaturani betonga tortish orqali (keyin tortish usuli); yig‗ma va monolit; deformatsiyani boshqarish orqali; o‗zi zo‗riqishi orqali: bir o‗lchamga keltirilmagan (kalibrovkalanmangan); bir o‗lchamga keltirilgan (kalibrovkalangan). Ushbu klassifikatsiya hozirgi zamonaviy yig‗ma va monolit temir-betonni qamrab oladi. Hozirgi vaqtda konstruksiyalarni chet ellardagi kabi ―oldindan tortilgan‖ va ―keyin tortilgan‖ deb ajratishning o‗zi kamlik qiladi. Oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalarni quyidagilarga ajratish zarur: - birinchidan konstruksiyaning bir, ikki yoki uch o‗qi bo‗yicha taranglashtirilgan armaturaning ishlash prinsipi bo‗yicha. Ikki o‗q bo‗yicha oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalar barcha mamlakatlarda keng qo‗llanib kelinmoqda. Uch o‗qi bo‗yicha yoki hajm bo‗yicha oldindan zo‗riqtirilgan konstruksiyalar keyingi vaqtlarda poydo bo‗ldi, ammo o‗zining deformatsiyalarni boshqarish imkoniyatlarining mavjudligi tufayli katta prolyotli, baland va og‗ir yuk ko‗taradigan konstruksiyalarda eng ko‗p foydalanish mumkin. - ikkinchidan tayyorlash usuli bo‗yicha. Hozirgi vaqtda betonning qotish jarayonida kimyoviy kuchlarning ta‘siridan hosil bo‗ladigan oldindan zo‗riqish natijasidagi o‗z o‗zidan zo‗riquvchi konstruksiyalar katta istiqbolga egadir. Bu yerda esa o‗z o‗zidan zo‗riquvchi konstruksiyalarni ikkiga bo‗lish mumkin: zo‗riqishni tabiiy taqsimlanishi (kalibrovkalanmagan) va o‗z o‗zidan zo‗riqish jarayonida kuch bilan taqsimlash (kolibrovkalangan), ya‘ni zarur zo‗riqishni beton va armaturada hosil qilish imkoni bo‗ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling