Олдиндан зўриқтирилган темир-бетон технологияси
4.14 – rasm. O„ramli armatura
Download 6.92 Mb. Pdf ko'rish
|
Камилов Х Олдиндан зўриқтирилган
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.15 – rasm. To„lqinli qisqich
- 4.2. Armaturani taranglashtirishning mexanik usuli
44
4.14 – rasm. O„ramli armatura simlarini mahkamlash uchun ponali qisqichlar: a – ikki o‘ram uchun: b – bir o‘ram uchun; 1 - pona; 2 - oboyma; 3 – armatura simi o‘rami. 4.15 – rasm. To„lqinli qisqich: 1 - korpus; 2 - ramkalar; 3 – to‘lqin yuzali plastinalar; 4 - pona; 5 - shpilka; 6 – rim . 4.16- rasm. УНАЕ taranglashtiriluvchi armatura elementlari: a – teshikli anker boshi bilan, b – kesilgan anker kolodkali; 1 – anker, 2 – yuqori mustahkamlikka ega sim, 3 – spiral xomut, 4 – anker boshi. Po‗lat arqonlar uchun bir marta foydalaniladigan anker moslamalari sifatida presslangan po‗lat gilzalardan foydalanish mumkin. Armatura elementlarini paketlarga yig‗ish, anker boshini hosil qilish yoki inventar 45 qisqichlarni o‗rnatish, paketlardagi armatura elementlarini to‗g‗irlash armaturani tayyorlash postida amalga oshirish tavsiya etiladi. Armatura paketlarini qoliplarga tashish kranlar yordamida maqsadga muvofiqdir. Buning uchun paketlarning anker plitalarida ko‗tarish uchun xalqalar o‗rnatiladi. 4.2. Armaturani taranglashtirishning mexanik usuli Sterjenli, simli va arqonli armaturani mexanik usulda СМЖ-82, СМЖ-84 gidravlik domkratlart yordamida taranglashtiriladi. 4.17 - rasmda СМЖ-84 turidagi gidrodomkrat bilan jamlangan taranglashtiruvchi gidravlik qurilma chizmasi keltirilgan. 4.17 - rasm. СМЖ-84 gidravlik taranglashtirish qurilmasi. 1 – telejka, 2 – domkrat, 3 – СМЖ- 83 nasos stansiyasi, 4 – moy baki, 5 – elektr uskunalari shkafi, 6 – elektr dvigateli, 7 – nasos, 8 – bo‘shatish-himoyalovchi klapan, 9 – zalotnik, 10 – monometr. Armaturani taranglashtirish uchun DG-100-2 va DG-200-2 gidravlik domkratlaridan foydalanish mumkin. Gidravlik domkratlar foydalanilgunga qadar tekshirilgan bo‗lishlari shart. Bu ish xar uch oyda va har bir ta‘mirlash ishlaridan so‗ng amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan domkrat birgalikda foydalaniladigan monometr va nasos stansiyasi bilan birgalikda tekshiruvdan o‗tkazilishlari kerak. 46 Gidrodomkratlar uchun uzatma sifatida mexanik uzatmali СМЖ-83 va qo‗lli uzatmali НСР-400M nasos stansiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi. Qoliplar va stendlarning tayanchlariga armatura elementlarini bittadan yoki bir vaqtning o‗zida bir necha elementni, yoki konstruksiyaning taranglashtiriladigan armaturasining hammasini taranglashtirish (guruhli taranglashtirish) mumkin. Agarda armatura elementlarining uzunligini kerakligicha tayyorlash imkoni bo‗lmasa, guruhli tararnglashtirishdan avval har bir elementni loyihaviy taranglash kuchidan 10%dan ko‗p bo‗lmagan kuch bilan tortiladi. Stendlarda armaturani ikki bosqichda taranglashtirish tavsiya etiladi. Birinchi bosqichda armatura belgilanganiga nisbatan 40’50% kuch bilan taranglashtiriladi. So‗ngra taranglashtiriluvchi armatura to‗g‗ri joylashgani tekshiriladi, qo‗shimcha detallar qo‗yiladi, armatura to‗rlari va karkaslari joylanib qolipning yon devorlari berkitiladi. Ikkinchi bosqichda armaturani belgilanga nisbatan 10% ortiq kuch bilan taranglashtiriladi va shu holattda 3-5 minut ushlab turiladi. Shundan keyingina taranglashtirish ko‗rsatkichini loyihaviy taranglikkacha pasaytiriladi. Armaturaning taranglik darajasi gidravlik domkratlarga o‗rnatilgan va tekshirilgan monometrlar yordamida va bir vaqtning o‗zida armaturaning uzayishi bo‗yicha nazorat qilinadi. Bu ikkala o‗lchov natijalarining farqi 10%dan oshmasligi kerak. Agarda farq yuqori bo‗lsa taranglashtirishni to‗xtatish zarur va sababini aniqlab, ko‗rsatkichlar farqining yuqori bo‗lish sabablarini yo‗qotish zarur bo‗ladi. Armaturani taranglashtirishda gidravlik domkratlardan foydalanilganda monometr shkalasi qiymati o‗lchanadigan bosimdan 0,05 yuqori bo‗lmasligi kerak. Monometr mo‗ljallangan eng yuqori bosim o‗lchanadigan bosimdan ikki martadan yuqori bo‗lmasligi kerak. 47 Taranglashtirish vaqtida gidravlik domkratni o‗rnatish jarayonida shunday o‗rnatish zarurki uning bo‗ylama o‗qi taranglashtiriladigan armatura elementi yoki paketining bo‗ylama o‗qiga mos kelishi kerak. 4.18-4.22 - rasmlarda PAУЛ Maschinenfabrik ―GmbH&Co.KG‖ firmasining zavod sharoitida armaturani taranglashtirib oldindan zo‗riqishni hosil qilish uchun foydalaniladigan gidravlik domkratlari va 4.2 -4.3 - jadvallarda ularning tasniflari keltirilgan. Download 6.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling