Olib borish usullari


Download 495.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana01.04.2023
Hajmi495.13 Kb.
#1317171
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza (2)

Yengil  (og’irligi-40t gacha, hosil qiladigan o’qli (P
b
=6-12) kuchlanishi-200 
kN.gacha, (skvajina diametri 150-220 mm.) 
O’rta (og’irligi-65t gacha hosil qiladigan o’qli (P
b
=10

14) kuchlanishi –350 
kN.gacha, skvajina diametri 220-270mm.) 
Og’ir (og’irligi –120t gacha, hosil qiladigan o’qli (P
6
=14

17) kuchlanishi –
700 kN.gacha, skvajina diametri 295-320 mm) turlarga bo’linadi. 
2SBSh-200N rusumli dastgoh burg’ilash ko’rsatkichi P
b
=6

12 bo’lgan tog’ 
jinslarida burg’ilash ishlarini olib borishga, SBSh-250MN dastgohi burg’ilash 
ko’rsatkichi P
b
=12

18 bo’lgan tog’ jinslarida burg’ilash ishlarini olib borishga 
mo’ljallangan. Keyingi, ya’ni SBSh-320 dastgohi yuqori qo’vvatli EKG-12,5 va 
EKG-20 ekskavatorlari bilan birga ishlaydi.
Tog’ jinslarini havo-kuch zarbli dastgohlar bilan burg’ilanganda – jinslarni 
yemirilishi botuvchi havo-kuch zarbli mexanizm yordamida amalga oshiriladi. Bu 
mexanizmning ishlashi quyidagicha bo’ladi.
Teshuvchi shtangaga kelayotgan siqilgan havo boyokli porshenni 
ilgarilanma-qaytma harakatga keltiradi va o’z navbatida boyok koronka 
dumchasiga zarba beradi. Jinsning yemirilishi esa zarba bergan lahzada va zarbalar 
oralig’idagi vaqtda-aylanayotgan koronkaning kesgichi bilan tirnashi hisobiga 
sodir bo’ladi.
Hosil bo’lgan burg’ilash chiqindisi siqilgan havo yordamida yoki havo va 
suv aralashmasi bilan chiqarib tashlanadi. Burg’ilash jarayonida hosil bo’ladigan 


chang - quruq usulda yoki havo va suv aralashmasi bilan bostiriladi, chunki havo-
kuch-zarbasi skvajina ichida bo’lib, har qanday chuqurlikda ham uning zarba kuchi 
o’zgarishsiz qoladi. Buning natijasida, skvajina chuqurligi oshgani bilan burg’ilash 
tezligi amalda o’zgarishsiz qoladi.
Skvajinalarni SBO rusumli dastgohlar bilan olovli burg’ilaganda tog’ jinslarining 
yemirilishi – yuqori harorat ta’sirida tog’ jinslarida paydo bo’ladigan kuchlanish 
hisobiga sodir bo’ladi. Bunda tosh yemiruvchi asbob vazifasini issiq burg’ilash 
(termobur) asbobi bajaradi. Olov oqimli gorelkaning yonish kamerasida yonilg’i va 
oksidlovchi aralashadi va yuqori haroratli (5500-6500 
0
C) gazli oqim paydo 
bo’ladi. Hamda u apparatdan o’tayotib tovush tezligidan yuqori tezlikka 
(2000m/sek) ega bo’ladi. Bunda asosiy texnologik amallar quyidagilar hisoblanadi: 

Gorelkani yoqish, burg’ilash 

Skvajinani kengaytirish

Skvajinani tozalash 
Yonilgi sifatida kerosin, dizel yonilg’isi yoki benzin ishlatilib, oksidlovchi bulib 
kislorod yoki siqilgan havo xizmat qiladi. 
Skvajinalarni kombinastiyali burg’ilash. Tog’ jinslarini termomexanik 
yemiriluvchi kombinastiyalashgan mexanik burg’ilash usuli. Kombinastiyalashgan 
mexanik burg’ilash zarbli-sharoshkali burg’ilash va kesuvchi-sharoshkali 
burg’ilashlar kiradi.
Kesuvchi-sharoshkali burg’ilash asbobida kesuvchi va sharoshkali dolotalar 
birlashtirilgan. Bunday asboblar sinovdan o’tkazilganda shu narsa ma’lum 
bo’ladiki, burg’ilash ko’rsatkichi P
b

10 bo’lgan tog’ jinslari burg’ilanganda eng 
yuqori burg’ilash tezligiga erishiladi (sharoshkali doloto ishlatilgandagi tezlikdan 
yuqori). 
Termomexanik burg’ilash printsipining mohiyati shundaki, qazish joyiga 
tog’ jinsi avvaliga qizdiriladi va shundan so’ng har xil dolotalar yordamida 
yemiriladi.
Burg’ilashning eng yangi usullari sifatida (ishlab chiqishning ekspremental 
bosqichidagi) portlatib burg’ilash plazmali va ultrotovushli burg’ilashlarni aytib 
o’tish mumkin. 
Bizga ma'lumki tog' jinsi to'g’ ridan to'g’ri massivdan ajratib olish qiyin 
bo'lgan yoki mumkin bo'lmagan hollarda burg'ulash portlatish ishlari qo'llaniladi. 
Burg'ulash portlatish ishlari sifatli bajarilishi kon transport mashinalari 
yuqori ko'rsatgichlar bilan ishlashini taminlaydi shuning uchun ham burg'ulash 
portlatish ishlarini olib borishda quyidagi talablar qo'yiladi. 

Download 495.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling