Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Наманган давлат университети


Download 6.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/127
Sana08.09.2023
Hajmi6.61 Mb.
#1674601
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   127
Bog'liq
ИУМ мажмуа (Lotincha)

Metodik tahlil o‘qituvchining dars jarayonida qo‘llagan usullarining 
maqsadga muvofiq ekanligi ta’limning turiga va o‘ziga xos xususiyatlariga 
qarab belgilanadi.
O‘quv materiallarini o‘quvchilarga bayon qilish va tushuntirish jarayonida 
qo‘llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligi metodik tahlil 
davomida aniqlanadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘qituvchi darsda qo‘llagan usullarning 
samaradorligi, rang-barangligi, namunaviyligi uning o‘tgan, yangi mavzu 
materialini o‘quvchilarning qay darajada o‘zlashtirib olganliklari bilan 
belgilanadi.
168


Dars metodlarini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga 
muvofiqdir:
1. Dars jarayonidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining tashkiliy 
shakllariga ko‘ra: 

hikoya usuli;



og‘zaki bayon usuli;



suhbat usuli.

2. O‘quvchilarning o‘zlashtirishiga ko‘ra: 

o‘qituvchilarning so‘zlash usuli;



ko‘rsatmali qurollardan foydalanish usuli;



darslik, konturli karta, diagramma yoki jadvallar bilan ishlash usuli;



laboratoriya asboblari bilan ishlash usuli;



texnika vositalaridan (informatika elektron hisoblash texnikasi, kinofilьm, diafilьm, radio, 
televizor kabilar) foydalanish usuli;


sinf
doskasidan,
geografiya,
tarix
yoki
zoologiyaga
tegishli
bo‘lgan
turli kartalardan foydalanish usuli kabilar.
Didaktik
tahlil

ta’lim
turlari
samaradorligi
va
uni belgilovchi qonunlar va qoidalarning darsda qanchalik to‘g‘ri hamda
mukammal bajarilganligini tahlil qilish demakdir.
Darsni didaktik jihatdan tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor berish o‘rinli 
bo‘ladi: 1. O‘qituvchi bayonining sinf o‘quvchilari jamoasiga to‘la tushunarli 
bo‘lishi va bu bayonning izchil ravishda o‘quvchi ongiga etib borishi.
2. O‘qituvchi fikrining ma’naviy-ma’rifiy tarbiya talabiga mos 
bo‘lganligi. 
3. Barcha o‘quvchilarning o‘qituvchi berayotgan materialini ongli ravishda 
o‘zlashtirishlari. 
4.O‘qituvchi bayonida rivojlantiruvchi va muammoli ta’limning 
mavjudligi.
5. O‘qituvchi fikrining izchiligi. 
6. Dars jarayonida yoki yangi mavzuni bayon qilishda ko‘rsatmali 
qurollardan, tarqatma materiallar va texnika vositalaridan foydalanishning 
maqsadga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi. 
7. Ekskursiya, tajriba, laboratoriya va amaliy ishlarning maqsadga 
yo‘naltirilgan holda o‘tishga erishilganligi. 
8. Darslik bilan ishlashning to‘g‘ri bo‘lishi. 
9. Misollarning ta’lim-tarbiya birligi mazmunida yo‘nalishi. 
10. Darsni ma’lum bir tizimda olib borilishi kabilar. 

Download 6.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling