Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


 Sovuq urishi ta'rifi, tasnifi, bemor muammolari, birinchi yordam. Sovuq bilan og'rigan


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

 
107. Sovuq urishi ta'rifi, tasnifi, bemor muammolari, birinchi yordam. Sovuq bilan og'rigan 
bemorlarga hamshiralik yordami. 
J: 
Uzoq vaqt sovuq havoda qolish natijasida sovuq urish holatlari kuzatilishi mumkin. Sovuq urishining 
yengil darajasida sezuvchanlikning pasayishi, terida ko‘karish va pufakchalar paydo bo‘lsa, og‘ir 
darajasida nekrozlar paydo bo‘ladi. Nekrozlar suyak to‘qimasigacha yetib boradi. 
Sovuq urishi to‘rt darajaga bo‘linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida oqarish va shish kuzatiladi, uning 
sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuq urishning xarakterli belgilari terida yorqin rangli suyuqlik 
pufaklari paydo bo‘ladi. Uchinchi darajali sovuq urishda terini o‘lishi, qonli suyuqliklarga to‘lgan pufaklar va 
to‘rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to‘qimalarning o‘lishi kuzatiladi. 
Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq moddiy bilan qizarguncha yoki 
issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So‘ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va 
qizdirilgan mikrobni o‘ldiradigan material qo‘yib bog‘lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya 
etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infeksiyalanishi mumkin. 
Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yaxlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna 
(37
0
S dan yuqori bo‘lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj va butun tanasini 
ishqalash kerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan 
yuzasini xona haroratidagi suvga to‘ldirilgan tog‘ora yoki satilga tushirish va suvni haroratini asta-sekin 37
0

ga yetkazish kerak. Ikkinchi, to‘rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan teri mikroblarni o‘ldiradigan 
material bilan bog‘lab, jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin lozim. Og‘ir 
xollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko‘zga ko‘rinmasa, sun’iy nafas berish tavsiya etiladi. 
Bunda bemorni issiq hududga olib chiqish va o‘rash lozim; 
Bemor hushida bo‘lsa, issiq choy berish, og‘riq kuzatilganda og‘riq qoldiruvchi dori berish va hayotiy 
funksiyalarini nazorat qilish lozim; 
Kuchli sovuq urish holatlarida bemorni suvga solish kerak. Bunda suv bemor haroratidan biroz baland bo‘lishi 
lozim va suv harorati sekinlik bilan 37-38‘ C darajagacha ko‘tarish kerak; 
Terida pufakchalar hosil bo‘lgach, turli kompress va malhamlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunda ikkilamchi 
infeksiya tushishi mumkin 
Sovuq urishi natijasida hosil bo‘lgan nekrozlar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi. 

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling