Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


Revmatizm bilan kasallangan bemorlar reabilitatsiyasi. Turlari


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

19. Revmatizm bilan kasallangan bemorlar reabilitatsiyasi. Turlari. 
J: Revmatizm—biriktiruvchi to‘qimaning sistem yallig‘lanishi bo‘lib, asosan, yurak va qon 
tomirlar sistemasida, kasallikka moyil kishilarda, A guruhiga kiruvchi V—gemolitik streptokokk 
bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Bu kasallikda, shuningdek, bo‘g‘im seroz pardalari, asab sistemasi 
va boshqa ichki a’zolarning biriktiruvchi to‘qimalari yallig‘lanishi mumkin. Kasallikka keltirilgan 
bu ta’rif (V.A.Nosonova, I.A.Bronzov, 1978) uning rivojlanishida: 1) asosan yurak va qon tomirlar 
sistemasi shikastlanishini; 2) kasallik rivojlanishiga moyil irsiyatning o‘rnini; 
3) streptokokk infeksiyasining rolini ta’kidlaydi. Kasallikning mohiyati yurakning hamma qavatlari, 
shu jumladan, asosan, miokard va endokard shikastlanib, yurak yetishmovchiligini keltirib 
chiqaradigan qopqoqlar shaklining buzilishi va yurak teshiklarining torayishi—yurak illati 
rivojlanishidadir. Boshqa ichki a’zolar va a’zolar yig‘indisining revmatizm bilan shikastlanishi 2- 
darajali ahamiyatga ega va kasallikning og‘ir-yengilligini hamda oqibatini aniqlashga yordam 
bermaydi. Revmatizm hamma yoshdagi kishilarni, lekin ko‘pincha bolalarni, yoshlarni 
shikastlantiradi. Revmatizm yer yuzining turli iqlimiy-geografik mintaqalarida uchraydi. 
Revmatizm bilan shikastlanish va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o‘rtasida uzviy 
bog‘liqlik borligi ma’lum. Revmatizm bilan shikastlanishda uy-joy va maktab sharoitlarining 
taqchilligi, sifatsiz ovqatlanish, tibbiy yordam ko‘rsatishning past darajadaligi alohida o‘rin tutadi.
Sabablari. Revmatizmning asosiy sababi streptokokk infeksiyasi bo‘lib, uning kelib chiqishi va 
rivojlanishining 2- asosiy omili organizm reaktivligining o‘zgarishidir. Revmatizm bilan 
shikastlangan kasallarning kasallik boshlanishidan oldin angina yoki surunkali tonzillit bilan 
og‘riganlari aniqlanadi. Streptokokk infeksiyasi bilan bog‘liqlik bemorlar qonida streptokokk 


streptokokk antigeniga javoban immun siljishlar ro‘y berishi kuzatiladi. Bu davr yo klinik 
belgilarsiz, yoki cho‘zilgan angina, surunkali tonzillitdan kechikib tuzalishga xos belgilar: o‘zini 
yomon his qilish, terlash, artralgiya, subfebrilitet bilan kechadi. Qonda streptokokk antigeni, 
antitanalar titri ko‘tarilishi, ECHT ning o‘rtacha oshishi kuzatiladi. 
Ikkinchi davr (revmatik xuruj) tanada giperergik reaksiya rivojlanishi, a’zolar shikastlanishi va 
kasallikning revmatik poliartrit, kardit, xoreyalarga xos klinik belgilari yuzaga kelishi bilan o‘tadi. 
Bu kasallikning boshlanishi — birinchi xuruji hisoblanadi. 
Uchinchi davr himoya kuchlari va kompensatsiya reaksiyalarining sifat o‘zgarishi, immunologik 
buzilishlarning kuchayishi va distrofik o‘zgarishlar rivojlanishi bilan kechadi. Bu davrda revmatizm 
ko‘pincha cho‘zilib va uzluksiz qaytalanib kechadi. A’zolar o‘zgarishi kuchayadi va yomon 
oqibatlarga olib keladigan asoratlar kuzatiladi. Revmatizm klinik manzarasi uning birinchi xurujida 
hali yurak illati paydo bo‘lmaganda yaqqolroq bo‘lishini nazarda tutish kerak. 
Yurak illati shakllangan, bundan tashqari yurak yetishmovchiligi paydo bo‘lgan bemorlarda 
revmatizm qaytalansa, uning faollik belgilarini topish ancha qiyin. Revmatizmning birinchi xuruji 
ko‘pincha o‘tkazilgan infeksiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Angina yoki yuqori nafas yo‘llarining 
shamollashidan 1—2 hafta o‘tgach tana harorati ba’zida 38—40°C gacha ko‘tariladi, bir kunlik 
o‘zgarish 1—2°C ni tashkil qiladi va ko‘p terlash kuzatiladi. 
Revmatizm qaytalanib, navbatdagi yangi yallig‘lanish faqat o‘tkazilgan infeksiya bilan bog‘liq 
bo‘lmay, balki boshqa sabablar: sovuq qotish, jismoniy zo‘riqish, jarrohlik muolajalaridan 
keyin bo‘lishi mumkin.
Kasallikning eng ko‘p uchraydigan belgisi— yurak shikastlanishi — revmokarditdir. Revmokardit 
deganda, bir vaqtning o‘zida yurakning miokard va endokardit (80—100% bemorlarda) 
shikastlanishi nazarda tutiladi. Tashxisi. Revmatizmni, ayniqsa, birinchi xurujida aniqlash ancha 
murakkab. Angina, surunkali tonzillit yoki yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishidan 1—3 hafta 
o‘tgandan so‘ng yoki sovuq qotishdan keyin, yurak va bo‘g‘imlarni shikastlantiradigan kasallik 
paydo bo‘lsa, revmatizm to‘g‘risida o‘ylash mumkin. Revmatizmning ko‘p belgili bo‘lishini 
nazarda tutib, uning tashxisini Amerika kardiologlari uyushmasi mukammallashtirgan va u 
A.I.Nesterov tamonidan to‘ldirilgan A.A.Kisel mezonlari asosida aniqlanadi. 
1. Asosiy mezon. Revmakardit, poliartrit, xoreya, teri osti revmatik tugunchalari, halqasimon 
eritema, revmatik anamnez ex juntibus tasdig‘i. 
2. Qo‘shimcha mezon: a) klinik mezonlari: artralgiya, isitma,tez charchash, adinamiya, terining 
oqarishi, vazamotor labillik, kapillarlar o‘tkazuvchanligining oshishi, burundan qon ketishi; b) 
labarotoriya belgilari: neytrofilli leykotsitoz, disproteinemiya, ECHT oshishi, S—reaktiv oqsil 
paydo bo‘lishi; d) asboblar yordamida tekshirgandagi o‘zgarishlar; EKG da atrioventrikular 
o‘tkazuvchanligining sekinlashishi. Revmatik anamnez deganda kasallikning streptokokk 
infeksiyasi bilan bog‘liqligi, atrofdagi, oiladagi streptokokkli muhit (klinik-epidemiologik belgilari) 
tushuniladi. Bemorni 3—5 kun davomida revmatizmga qarshi davolash juda yaxshi natija bersa
tashxisini exspresss tasdiqlash deyilib, uni revmatizmning asosiy mezoniga kiritish mumkin. 
Hozirgi davrda revmatizmning kechishi ancha o‘zgarganligi sababli 1- asosiy va 2—3- qo‘shimcha 
mezonlar topilishi har doim ham revmatizm tashxisini qo‘yish imkonini beravermaydi. Asosiy 
mezonlardan xoreya, revmatik tugun, halqasimon eritema ancha kam uchraydigan bo‘lib qoldi.
Davolash. Hozirgi davrda revmatizmni davolash uch bosqichda olib boriladi. 
1.Kasallikni faol davrida kasalxonada davolash. 2. Kasalxonadan chiqqandan keyin davolashni 
poliklinikani kardiorevmatologik xonasida davom ettirish. 
3. Bemorni ko‘p yillar davomida poliklinikada kasallik qaytalanishining oldini olish maqsadida 
davolash va nazorat qilib borish. 



Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling