Оliy malaka tоifasi uchun: Nafas shovqinlari. Bronxial shovqin va vezikulyar shovqin orasidagi faqrni toping


Kollaps va shok orasida taqqoslama diagnostikasi haqida ma`lumot bering


Download 2.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/95
Sana11.11.2023
Hajmi2.4 Mb.
#1767326
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95
Bog'liq
@TezyordamUZB Тоифа учун саволларга жавоблар

 
25. Kollaps va shok orasida taqqoslama diagnostikasi haqida ma`lumot bering. 
J: Hushdan ketish 
Hushdan ketish deganda miyaning o‘tkir qonsizlanishi (ishemiyasi) natijasida qisqa vaqtga 
hushni yo‘qotish tushuniladi. 
Hushdan ketish — o‘tkir tomir yetishmovchiligining eng yengil turi bo‘lib, nerv sistemasi 
kuchsiz shaxslarda shamollatilmagan xonada, jaziramada uzoq vaqt bo‘lish, emotsional va ruhiy 
zo‘riqish kabi tashqi yoqimsiz ta’sirlar natijasida sodir bo‘ladi. 
Simptomlari: bemor hushidan ketadi, rangi oqaradi, terisini sovuq ter bosadi, qorachiqlari 
torayadi, ko‘ngli aynishi mumkin, puls kuchsiz, tezlashmagan, nafasi siyrak bo‘ladi. 
Kollaps 
Simptomlari: es-hush yo‘qotilmagani holda tinka-mador quriydi. Bemor qattiq tashnalikdan 
shikoyat qiladi. Nafasi yuzaki, tezlashgan, terisi keskin oqarib ketadi, sovuq ter bosadi, tana 
harorati pasayib ketgan, og‘iz quriydi, arterial bosim keskin pasaygan, puls tezlashgan, ipsimon 
bo‘ladi. 
Shok 
O‘tkir tomir yetishmovchiligining keng ifodalangan turidan iborat, shok aksariyat og‘ir 
shikastlanishda, kuyishda, o‘tkir miokard infarktida, allergik reaksiya (anafilaktik shok)da
yuz beradi. Shokning rivojlanish mexanizmi organizmning ro‘y-rost yuzaga chiqqan nerv-
reflektor reaksiyasiga asoslangan (patologik buzilishlar zaminidagi qattiq og‘riqda, og‘ir ruhiy 
iztiroblarda). Shok gumoral omillar ta’sirida, masalan, kuyish, shikastlanish oqibatida to‘qima 
parchalanganda, majaqlanganda to‘qimalardan plazma bilan birga, yemirilgan tomirlardan 
chiqadigan to‘qima suyuqligi yo‘qotilganda kuzatiladi. Buning natijasida qonga gistaminsimon 
moddalar nomini olgan moddalar tushadi. Bu tomirlarni kengaytiradi, ular tonusini pasaytiradi
shuningdek, arterial bosimni keskin tushirib yuboradi. 
Travmatik shokning ikki bosqichi farq qilinadi: erektil bosqich— qisqa muddatli qo‘zg‘alish, 
so‘ngra torpid — pasayish bosqichi. Bemor es-hushini yo‘qotmagan bo‘lib, havo 
yetishmayotganidan noliydi, teri qoplamlari oqarib ketgan, sovuq ter bosgan, pulsi va nafasi 
tezlashgan, arterial bosimi pasaygan bo‘ladi. Shokning klinik manzarasi ko‘p jihatdan uni 
keltirib chiqargan kasallik simptomlari bilan bog‘liq. Shokda davolash. Davolash tadbirlari 
kompleksida imkon boricha MNS faoliyatini yaxshilash ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga 
organizmda suyuqlik miqdorini ko‘paytirish, tomirlar tonusini oshirish choralari ko‘riladi. 
Kuchli og‘riqda narkotiklar (morfin, pantopon) yuboriladi yoki novokainli blokada qilinadi. 
Shok holatidagi bemorni isitish, achchiq qilib damlangan bir stakan issiq shirin choy, 50—100 
ml alkogol ichirish yoki venaga (yutish qiyinlashganda) etil spirtining 50% li eritmasidan 20— 
25 ml ni 50—75 ml 40 %li glukoza eritmasi bilan yuborish zarur. 


belgilar bilan namoyon bo’lishi mumkin. Surunkali bosqichiga o’tganda, ushbu virusli infektsiya 
ko’pincha jigar sirrozi va saratoni rivojlanishiga olib keladi. 
Dunyoning barcha mamlakatlarida ko’p yillar davomida ushbu kasallik statistikasi olib 
borilmoqda, natijalari esa maxsus ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi: 
Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlangan o’tkir gepatit B 90% hollarda surunkali bosqichga 
o’tadi; 
Normal immunitetli yoshlarda gepatit B ning o’tkir shakli juda kamdan-kam hollarda surunkali 
bosqichga o’tadi — faqat 1% hollarda; 
Katta yoshdagi kishilarda aniqlangan o’tkir B guruh gepatitlari 10% hollarda surunkali 
bosqichga o’tadi. 

Download 2.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling