Qanday parvarishlanadi?
Kefalogematomaga chalingan kichkintoyni olti oygacha chayqatish, tebratish, silkitish mumkin
emas. Kichkintoy uchun imkon qadar tinch muhit yaratishga harakat qilish, hotirjamligini
ta`minlash lozim. Zarurat tug`ilganida shifokor dori-darmon vositalari va turli vitaminlarni
tayInlashi mumkin. Xususan qon ivuvchanligini yaxshilash maqsadida K vitaminini tavsiya
qiladi.
So`rilib ketadimi?
Avvaliga kefalogematoma aniqlangan go`daklar shifokor nazorati ostida kuzatiladi. 80 foiz
hollarda gematoma 10-14 kundan so`ng o`z-o`zidan so`rilib ketishi aniqlangan. To`plangan qon
miqdori oz bo`lsa, maxsus davo choralarini ko`rish shart emas. Biroq, albatta, shifokor nazorati
ostida shishining holati kuzatib boriladi.
Agar gematomaning diametri 8 sm.dan katta bo`lsa, shifokor tomonidan punksiya usuliga
murojaat etish tavsiya qilinishi mumkin. Ya`ni gematomaning devori maxsus igna yordamida
teshilib, ichidagi qon so`rib olinadi va qattiq qilib bog`lab qo`yiladi. Amaliyotga bola 10 kunlik
bo`lganidan keyin murojaat etish lozim. Punksiya amaliyotidan so`ng go`dak pediatR va bolalar
xirurgi nazorati ostida bo`lishi darkor.
Jarrohlik amaliyoti qachon o`tkaziladi?
Agar gematoma uzoq vaqt davomida so`rilib ketmasa, suyak pardasida qotish jarayonlari
boshlanadi. Ossifikasiya (qotish) natijasida bosh suyagining shakli o`zgarishi mumkin. Bunday
hollarda shifokorlar jarrohlik amaliyotini o`tkazishni tavsiya etadilar.
Shuningdek kefalogematomaning yiringlashi ham jarrohga murojaat qilishga etarli asos
hisoblanadi. O`tkazilgan operasiyadan so`ng bolaning salomatligi bir yil davomida mutaxassilar
tomonidan kuzatib boriladi.
Asoratlaridan ehtiyot bo`ling
Kefalogematoma paydo bo`lganda ko`p qon yo`qotilishi natijasida anemiya, qonda
gemoglobin miqdorining kamayishi yuzaga kelishi mumkin.
Agar gematomaning dimetri katta bo`lsa, ichidagi qon atrofdagi to`qimalarga singib,
tanaga bilirubin moddasini tarqatadi. Natijada kichkintoyda sariqlik yuzaga keladi. Biroq
bu sariqlik go`daklarda uchraydigan fiziologik (10 kun ichida o`tib ketuvchi) sariqlikdan
farqli ravishda uzoqroq davom etishi mumkin.
Gematomaning yiringlashi. Qontalash hudud virus va infeksiyalarning rivojlanishi uchun
qulay muhit hisoblanadi. Agar kefalogematomaga infeksiya tushsa gazak ola boshlaydi.
Bunda terining yuzasi qizarib, harorat ko`ratariladi.
Ossifikasiya (gematomaning qotishi). O`z vaqtida aniqlanib davo choralari
ko`rilmaganda kefanogematoma qotib, jarrohlik aralashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |