Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar


Sportning gimnastika turidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bо‘yicha tavsiyalar


Download 95.29 Kb.
bet2/13
Sana16.06.2023
Hajmi95.29 Kb.
#1512564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Salomatlik majmuasiga kiruvchi gimnastik mashqlar

Sportning gimnastika turidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bо‘yicha tavsiyalar
Jismoniy tarbiya о‘quv dasturida gimnastikaga yetarlicha katta vaqt ajratiladi. О‘quvchilar gimnastika haqida nazariy ma’lumotlar olishlari, jismoniy, iroda va boshqa ruhiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator amaliy va sport gimnastikasi mashqlarini bajarish texnikasini egallab olishlari kerak.
Sport mashg‘ulotning vazifasini о‘quvchilarni jismoniy va mahnaviy qobiliyatlarini barkamol rivojlantirishda, harakat qobiliyatlarini takomillashtirishdan iborat.
Gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etishdan oldin maktab sharoitidan kelib chiqib amalga oshirish kerak. Gimnastika mashg‘ulot umumiy rahbarligi maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari jamoasi zimmasiga yuklatiladi. Tо‘garak haftasiga 2-3 marta, 1-2 soatdan о‘tkaziladi. Gimnastika mashg‘ulotda shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga e’tiboran guruhlarga bо‘linadi..
Bolalarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish va salomatligini mustahkamlash tarbiyaning alohida usullari bilan, xususan, jismoniy va aqliy tarbiya bilan ajralmagan holda alohida amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlikni aniqlash testi

  1. 20 m ga baland startdan yugurish (sek).

  2. Turgan joyidan uzoqlikka sakrash (sm).

  3. Qо‘llarni osilishda egish va yoyish (marta).

  4. Qо‘llarni tayanchda egish va yoyish (soni).

  5. Osilish burchagi (sek).

  6. Yotgan holatda kо‘prik hosil qilish.

  7. Qо‘llar polga nisbatan vertikal, oyoqlar tо‘g‘rilangan.

  8. Qо‘llar biroz egilgan.

  9. Qо‘llar va oyoqlar egilgan.

  10. О‘tirgan holda oyoqlarni yoyib oldinga engashish.

  11. Kо‘krakni polga tekizish, oyoqlar tо‘g‘rilangan.

  12. Boshni polga tekizish.

  13. Boshni oyoqlarga tekizish (oyoqlarni juftlash).

  14. Boshni oqlarga prujinasimon harakatlar bilan tekizish.

О‘qituvchi-trener jismoniy tarbiya darslarida quyidagi kо‘rsatkichlar bо‘yicha ajralib turuvchi bolalarni kuzatib borishi kerak:

  • Gimnastika mashqlariga qiziqish va faollik;

  • Tashqi kо‘rinishi, tana tuzilishi (tanasi, oyoqlari shaklining proporsiyasi, tana va oyoqlar uzunligi nisbati);

  • О‘rganilayotgan mashqlarni tushunish va bajarish qobiliyati;

  • Harakatlanish layoqati (koordinatsiya, jismoniy tayyorgarlik).




Download 95.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling