Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


XULOSA………………………………………………………


Download 1.95 Mb.
bet2/11
Sana02.05.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1421651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“Gandimiyon” shartnomasi kurs ishi

13

XULOSA……………………………………………………….............

22

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………….

25

ILOVALAR……………………………………………………………

29


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. XX asr o’zbek xalqi tarixida ro’y bergan eng muhim voqelik, shubhasiz, davlat mustaqilligiga erishish bo’ldi. Istiqlol sharofati bilan xalqning asriy orzusi ushalib, mustaqillik tufayli o’z e‘tiqodi, urf-odatlari, qadriyatlari o’z o’rniga qaytdi. Respublika taraqqiyotining o’zbek xalqiga xos bo’lgan xususiyat va an‘analarini hisobga olgan holda O’zrivojlanish yo’lini tanlashi, boy madaniyati va ma‘naviyatini e‘zozlash, xalq istiqboliga qaratilgan milliy istiqlol mafkurasini targ’ib etish, Vatan tarixini xolisona o’rganish va tadqiq etishni hayotiy zaruriyat darajasiga ko’tardi. O’zoldiga huquqiy demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan O’zbekistonning XXI asrdagi istiqbol siyosati – bu jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. Zero mazkur jamiyatni barpo etishda, d avlat boshqaruvini to’g’ri, izchil yo’lga qo’yishda davlatchiligimizni tarixiy nuqtai-nazardan boshqaruvini o’rganish va boy tarixiy tajribadan foydalanish amaliyotga tadbiq etish muhim ahamiyatga ega.1
Uch ming yillik davlatchilik an‘analariga ega bo’lgan o’zbek xalqi tarixida Xorazm davlatchiligi, uning boshqaruv tizimi alohida o’rin tutadi. Prezident I.A.Karimov Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida ―Tarixi qariyb uch ming yilga boradigan, buyuk fan va madaniyat o’lkasi bo’lgan, jahon sivilazatsiyasiga bebaho hissa qo’shgan ulug’ zotlar vatani,Avestodek o’lmas asar yaratilgan tabarruk tuproq – Xorazm zamini butun dunyoga ma‘lum va mashhur. Bu yurt tengsiz allomalar, aziz avliyolar, podshohu sarkardalar, botir va pahlovonlarni ko’p ko’rgan, deb Xorazm tarixiga bo’lgan bugungi kundagi munosabatni yaqqol ko’rsatib bergan. Shu munosabat bilan Xorazm davlatchiligining muhim bo’lagi qo’ng’irotlar davri davlat boshqaruvini tadqiq etish, ichki va tashqi siyosatni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
O’bekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, "Milliy ma’naviyatimizni rivojlantirish, uni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz hayotiga singdirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning ahamiyati juda katta. Afsus, bu fanlar rivoji zamondan ortda qolmoqda. Xususan, biz uchun Mirziyoyev Sh.M. Mustaqillik-ezgu niyatlarimiz, buyuk maqsadlarimiz royobi yolida qudrat manbai. Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toqqiz yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi nutqi. Yangi Ozbekiston, 2020 yil, 1 sentabr nihoyatda dolzarb bo‘lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. Tarixga oid ilmiy tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. Natijada, olis va yaqin o‘tmishimizdagi ko‘pgina voqealar mohiyati, ularni yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda.
Bir haqiqatni barchamiz chuqur anglab olishimiz zarur: milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda, uning tarbiyaviy ta’siri bo‘lmaydi. Biz yoshlarimizni tarixdan saboq olish, xulosa chiqarishga o‘rgatishimiz, ularni tarix ilmi, tarixiy tafakkur bilan qurollantirishimiz zarur. Buning uchun, avvalo, O‘zbekistonda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishimiz vaqti-soati keldi, deb o‘ylayman. Tarix institutini bu fanni rivojlantirish bo‘yicha tayanch ilmiy muassasa etib belgilash kerak2.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling