Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Download 1.95 Mb.
|
“Gandimiyon” shartnomasi kurs ishi
2.2. “Gandimiyon” shartnomasi
Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Kaufmai) tomonidan taklif etilgan sulh shartnomasini imzolashga majbur bo`ldi. 1873-yil 12-avgustda imzolangan, diplomatiya tarixiga Gandimiyon shartnomasi nomi bilan kirgan shartnomasida: "Xiva xoni hazratlari Rossiya bilan sulh va do`stlik shartnomasini tuzadi va imperator hazrati oliylarining yuksak himoyatidan foydalanadi", — deb ta'kidlangan. Diplomatiya tilida bu Xiva xoni Rossiya imperatori tobeligiga o`tganini bildiradi. I moddada: "Sayid Rahim Bahodurxon o`zini butunrossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo`shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do`stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning o`rta Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi", — deb to`g`ridan-to`g`ri yozib qo`yilgan. Xiva xoni tashqi olamdan, shu jumladan, eng yaqin qo`shnilardan ham to`liq ajralish, ular bilan amalga oshiradigan munosabatlarni Rossiya imperiyasi hokimiyati ruxsati bilangina yuritish majburiyatini oldi. Shu paytgacha Xiva xonligining mulki hisoblangan Amudaryo o`ng sohilining va unga yondosh yerlarning hammasi o`sha yerda istiqomat qiluvchi va ko`chmanchi xalqi bilan xonning qo`lidan to`liq chiqib ketdi. Rossiya kemalariga Amudaryo bo`ylab harakatlanishda mutlaq huquq berildi. Rossiya savdogarlari butun xonlik bo`ylab erkin yurish va boj to`lovlarisiz savdo-sotiq qilish huquqiga ega bo`lishdi. Xiva xoni va mahalliy hokimiyat rossiyalik savdogarlar hamda ularning mollari xavfsizligi uchun javobgar edi. Rossiya va Xiva xonligi o`rtasida imzolangan shartnomada yana shunday yozilgan edi: "Chap qirg`oqdagi mslar uchun zarur va qulay bo`lgan yerga ular o`zlarining pristanlarini qurish huquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Pristanlar uchun joyning tanlanishi o`rta Osiyodagi rus oliy hokimiyatining tasdiqlashiga bog`liq. Xiva xonligidagi hamma shahar va qishloqlar rus savdosi uchun ochiq. Rus savdogarlari va karvonlari xonlikda erkin harakatlanadilar va mahalliy hokimiyatning alohida g`amxo`rligidan foydalanadilar. Karvonlar va omborlarning xavfsizligi uchun xon hukumati javob beradi. Xonlikda savdo qiluvchi rus savdogarlari har qanday soliqlardan ozod qilinadi, xuddi shunday Xiva savdogarlari ham Kazalinsk yo`lida va Kaspiy dengizining Orenburg pristanida savdo qilganlari uchun soliq to`lamaydilar. Rus savdogarlariga xonlik yerlaridan qo`shni davlatlarga yuklarini bojsiz olib o`tish huquqi beriladi". Xiva xonligi zimmasiga 2,2 million rubl miqdorida mashaqqatli tovon (kofitributsiya) to`lash yuklandi. Xon xazinasida pul bo`lmagani uchun bu mablag` xalqdan yig`ib olinishi lozim edi. Uni 20 yil davomida to`lash rejalashtirildi. Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligini amalda podsho hukumatiga to`liq bo`ysunadigan mayda viloyat bekligi darajasida yerga urgan og`ir sharmandali shartnoma edi. U Xiva xalqi zimmasiga yangi soliqlarni va yangi majburiyatlarni yuklar edi. Xonlik hududi uch baravar kichraydi. Xiva xonligi o`z nomini va arzimagan hududini saqlab qoldi-yu, ammo mustaqillikdan to`liq mahrum bo`ldi. Yakunlarni chiqaramiz -1873—1879-yillar — o`rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi; -1873-yil, fevral — Xiva xonligiga hujum boshlandi; -13 ming askardan 7,5 ming nafari Xivagacha yetib bordi; -1873-yil, may — Hazorasp va Qo`ng`irot, Xo`jayli, Mang`it shaharlari ostonasida janglar bo`lib o`tdi; -1873-yil 29-may — Xiva shahri egallandi; -1873-yil 12-avgust — Xiva bilan Rossiya o`rtasida Gandimiyon shartnomasi tuzildi; -20 yil davomida tovon to`lanadigan bo`ldi; -Xiva xonligi Rossiya imperiyasi tobeligiga o`tdi. 10 Chorizm tomonidan 1873 yilda Xiva xonligining zabt etilishi, xonlikni vassal davlatga aylantirdi. Shu bilan birga eng ko’p savdo aloqalari o’rnatiladigan davlat ham Rossiya bo’lib qoldi. Natijada, Xorazmda avvaldan rus buyumlariga ehtiyoj katta bo’lgani uchun, bu erlarga nafaqat rus savdogarlari tez-tez keladigan, ayni paytda Xorazmliklar ham Orenburg orqali Rossiyaga boradigan bo’lib qolishdi. XIX asrdagi «Rossiyskiy» mahsulotlar Hali, 1873 yilgi bosqindan 10 yil oldin—1863 yili Xivaga kelgan venger sayyohi Vamberi «O’rta Osiyoga sayohat» kitobida «Xiva xonligida Rossiyadan keltirilgan biron bir narsa bo’lmagan xonadon yo’q» deya yozgandi. XIX asr oxirida esa xonlik iqtisodiyoti shu tariqa Rossiyadan olib kelinadigan mahsulotlar bilan rivoj topib, bozorlar savdogarlarning savdo-pul munosabatlarida asosiy vosita makoni edi. Ayniqsa, Qo’ng’irot, Ko’hna Urganch, Chimboy va Xo’jayli singari bekliklarda har kuni bozor uyushtirish huquqi xon tomonidan berilgan bo’lib, poytaxt Xivada esa haftada ikki kun—dushanba va juma kunlari bozor bo’lardi. Ana shu bozorlarni mahsulotlar bilan to’ldirishda esa Xorazmlik savdogarlar tinim bilishmagan. Ular endi oldingidek Orenburgga emas, Rossiyaning ichki shaharlariga ham bevosita o’zlari mahsulotlar olib borishgan. Masalan, 1880 yilning o’zida Xorazmlik savdogarlardan etti nafari 9900 pud paxta, 1210 pud chorvachilik mahsulotlari va 240 pud hunarmandlar yasagan turli buyumlarni olib borib sotishganlar. Ayniqsa, Xorazmlik savdogarlardan Xivalik og’a-ini Xudoyberganovlarning tashqi savdo aylanma pullari 270 ming, Polvonqoriniki esa 90 ming, Madrimovniki 54 ming rublni tashkil qilardi. Shuningdek, Yangi Urganchlik Polvon sag’irchining savdodagi aylanma puli miqdori 400 ming, Vaisboboniki 200 ming, Haji misgarniki 200 ming, Boboovulniki esa 100 ming, Muhammad Sharifniki bo’lsa 70 ming, Bobojon cho’loq laqabli savdogarniki 70 ming, Eshonqoraning savdodagi aylanma puli esa 50 ming rublni tashkil etardi. O’sha vaqtda bu pul miqdori katta hisoblangan. Aynan rus tilini bilganidan Moskva, Nijno’y Novgorod singari shaharlardan borib mahsulot keltiradigan Vais baqqol, og’a-ini Xudoyberganovlar, Polvonqora hamda Gavdonboylarning esa xonlikda obro’si g’oyat katta bo’lgan. Ushbu savdogarlar Rossiyadan movut, qimmatbaho choponlar uchun parchalar hamda chitlarni keltirishgan. Xivalik Polvonqora degan savdogarning bir o’zi esa har yili 15 ming rubllik parchani Rossiyadan olib kelardi.11 1880-85 yillarga kelganda bevosita Rossiyaga savdo qilib borgan savdogarlar soni tobora oshib bordi va 1890 yilda ular soni 30 tani tashkil etgan. Salimjonov, Odamov, Mustafoev va Ibragimov singari Yangi Urganch va Xivalik ayrim savdogarlar, hattoki Rossiya fuqaroligiga ham o’tishgan, ular Nijno’y Novgorod, Moskva shaharlaridan uy sotib olib, mahsulotlarni karvonboshilar orqali yubortirib, tijoratni o’sha yoqda turganicha boshqarib ham turishgan. Rossiyaga borish uchun XIX asrda Xorazmlik savdogarlar Xiva—Ko’hna Urganch-Sariqamish—Ilonli-Qo’ng’irot va u erdan qoraqalpoq cho’llari hamda qozoq dashtlari bo’ylab Orenburggacha bir yarim oy ot, tuyalarda yo’l yurishgan. N.Muravyovning «Xiva xonligiga va Turkmaniyaga sayoxat» asarida yozilishicha, «Xiva xonligi ushbu yo’llardagi 15 joyda 500 navkarni karvonlarni qo’riqlash uchun ajratardi.»12 Bundan tashqari Kavkazga borish, dengizga chiqadigan Xiva-Qo’ng’irot-O’likqo’ltiq-Mang’ishloq degan 450 km.lik, Xiva-Toshhovuz-Ashxabod bo’ylab 447 km.lik va Xiva-Ko’hna Urganch-Krasnovodsk bo’yicha esa 600 km.lik savdo yo’llari bo’lib, karvondagi savdogarlar o’zlari istagan, ko’nikkan va yo’ldagi aholi joylaridayam savdo qilib boradigan manzillar bor edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib Xorazmning savdosida karvon yo’llaridan ko’ra, Amudaryo orqali safarga chiqish ancha arzonga tushar, natijada bu borada suv yo’llari rivojlantirilgan. Bu paytda ayniqsa bevosita Rossiyadan kelgan va shu erda o’z firma, aktsionerlik jamiyatlarini ochayotgan savdogar hamda fabrikantlar ko’paya boshlashdi. Bu borada Ryazanov, Lyashin, Ananov, Kotin, Tretyakov, Malyutin singari millioner rus savdogarlari Xiva xonligida o’z firmalarini tashkil etganlar. Bunga asos sifatida 1874 yilda Moskva savdogarlarining «Savdo-sanoat» shirkati katta rol o’ynagandi. Ular tomonidan xonlikda asosan paxta tozalash zavodlari, baliqchilik va beda tozalash sanoatlari barpo etila boshlangandi. XX asr boshlariga kelganda Rossiyaning Ivanova fabrikasidan chitlar, Baranov fabrikasidan ro’mollar, Kudrin fabrikasining bo’lsa oq chitlari, Moskvalik aka-uka Sapojnikovlar firmasining ipak tovarlari, «Zinger va K» firmasining tikuv mashinalari Xorazmda eng xaridorgir mahsulotlar edi. Shu kabi temir idishlar, neft va neft mahsulotlari, miltiq va o’q-dorilar, ayollar taqinchoqlari, temir kravotlar, grammafonlar, Esentuki va Narzon suvlari, tibbiyot dori-darmonlari ham aholi tomonidan Rossiyadan keltirilgan mahsulotlar sifatida g’oyat qadrlanardi. Xorazmdan bo’lsa Rossiyaga paxta, beda urug’i, qorako’l teri, ipak, ko’rpalar, paxta hamda ipakdan bo’lgan choponlar, qovun, meva qoqlari eksport qilingan. Xonlikdan Rossiyaga sotiladigan asosiy tovar paxta xom ashyosi bo’lib, uni sotish yildan yilga o’sib borgan. «Agar 1887-1896 yillarda har yili 178 ming pud paxta chiqarilgan bo’lsa, 1906-1916 yillarda o’rtacha 767 ming pud paxta sotilgandi. 1890 yillarda xonlikdan Rossiyaga o’rta hisobda 278166 pud har xil mollar olib ketilgan bo’lsa, Rossiyadan Xiva xonligiga 23800 pud turli mahsulotlar keltirilgandi» (O’zbekiston tarixi, 1956, 323 bet).13 Bora-bora Rossiya kapitalining xonlikda ko’paya borishidan so’ng Xorazmda nafaqat savdo firmalari, tijorat banklari, agentliklari, savdo omborxonalari ham barpo etila boshlandi. Kattagina savdo pul aylanmasiga ega bo’lgan «Tsindal», «Poznanskiy», «Katta Yaroslavl manufakturasi», «Aka-uka Nobellar», «Moskva savdo-sanoat jamiyati», «Kavkaz va Merkuriy», «Nadejda», «Vostochnoe obhestvo», «Rossiyskoe transportnoe obhestvo» kabi aktsionerlik jamiyatlari o’z filiallari va vakolatxonalarini Yangi Urganch shahrida ochadi. Aynan Xivada emas, Yangi Urganchda vakolatxonalarning ochilganiga sabab, bu shahar daryo yoqasida bo’lib, qolaversa Xivaga qaraganda ruslar asos solgan Petro-Aleksandrovskning yaqinligida edi. Shuningdek, bu erda ruslar ko’pchilikni tashkil qilib, evropacha ko’cha, mehmonxonalar, uylar ham paydo bo’la boshlagandi. Yuqoridagi firma va jamiyatlar, xonlik savdogarlari bilan rus sudxo’rlari o’rtasida dallolik vazifasini bajarishar edilar. Bunday savdo-sudxo’rlik operatsiyalarida paxta olib sotuvchi paxta zavodi egalari, tarozibonlar boyib borishardilar. Ana shunday savdo sudxo’rlik ishlarining vakillari sifatida Avazbobo Yoqubov, Polvonniyoz sigirchi, Matvafo Yusupovlar o’sha vaqtda dong qozonishgandi. Shu bilan birga savdo pul tovar munosabatlari bilan barobar kredit bank tizimi ham rivojlana boshlagandi. Xususan, Rossiyalik Kozyakov endigina katta tijoratga qo’l urayotgan Mutrazo Xo’jabekov, Nurmuhammad Boboev, Vaisboy Yoqubov, Muhammadyoqub Yusupov, Iskandar Erniyozov, Nurmuhammad Ernazarov kabi savdogarlarga 1560 rubl miqdorida 1900 yilda kredit berib turgan. Bundan tashqari, xonlikda XX asr boshlarida banklar ham vujudga kela boshlagandi. Chunonchi, 1909 yilda Yangi Urganchda rus xitoy banki bo’limi, 1910 yili rus xitoy banki va shimoliy bank hamkorligida «Rus Osiyo banki», 1915 yilda Sibir va Moskva savdo banklarining agentliklari Xorazmda faoliyatini boshlagandi. Ushbu banklar paxta xom ashyosi va boshqa xom ashyo mahsulotlari etishtirovchilarga oldindan pul to’lab qo’yishardi. 1905 yildan esa Xorazmda kim oshdi savdolari ham o’tkazilgan. Bunda xonqalik savdogar Boltaboy Jonibekovning o’z vaqtida qarzini to’lay olmagani uchun uyi va eri auktsionga qo’yib sotib yuborilgan. Shu kabi «singan» yana Xonqa bekligidan Yusufboy Hayitboev hamda Toshhovuzlik P.Karmonovlar qarzga botganliklaridan molu mulkini sotishga majbur bo’lishgandi. Xullas, XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi savdogarlar hayotida Rossiya bilan savdo aloqalari kuchayishi bilan birga, o’z vaqtida paxta etishtirishga qarz olib, paxtasi bo’lmaganligidan «singan» savdogarlar ham afsuski bor edi. 1914 yilda boshlangan 1 jahon urushi va unda Rossiyaning ishtiroki, Xorazm bilan bo’lgan savdo aloqalariga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Xususan, 1911 yilga nisbatan 1915 yilda don mahsulotlari olib kelish 54 foizga, kiyimlik materiallari 34 foizga, paxta iplari 48, idish tovoqlar 60, sovun 22 foizga qisqarib, narxlarning oshishiga ham olib keldi.14 1917 yil oktyabrdagi davlat to’ntarishidan so’ng esa, Xorazmning yaqin savdo vositachisi bo’lmish Rossiya bilan aloqalari uzilib qoldi. Chunki, Rossiyada hokimiyat tepasiga bolsheviklar kelishgan, Xorazmda esa hamon xonlik tuzumi mavjud edi.15 Pora olgan polkovnik “Hammasi bo’lib, polkovnik Kolosovskiyga 187000 so’m berdim”, deya izoh berdi maxfiy xizmat boshlig’iga Isfandiyor. U polkovnikka bo’ysunadigan oddiy zobit, yo fuqaro emas, balki Xiva xoni—davlat rahbari edi. Qolaversa, imperator Nikolay II unga general-leytenant unvonini bergandi. Xo’sh, general bo’lgan shaxs qanday sabablarga ko’ra oddiy bir polkovnikka pora bergan? 1873 yil Chor Rossiyasi Xiva xonligini zabt etgach, Gandimiyon shartnomasiga ko’ra, Amudaryoning o’ng sohilidagi erlar rus podshosi ixtiyoriga o’tdi. Turkiston general- gubernatori fon Kaufman qa’la uchun joy tanlab, shahzoda Leyxtenbergning taklifiga ko’ra, yangi shaharga Petro-Aleksandrovsk, deb nom berdi. Tezda bu shaharda harbiy garnizon, shifoxona, maktab, pivo va yog’ zavodi, bosmaxona barpo etildi. Petro- Aleksandrovskda “har qanday xavf-xatarning oldini olish uchun 1,2,4 va 8 kazak polklari, o’qchi diviziya, tog’ artilerriya divizioni soqchilik qilar, zambaraklar Xiva xonligiga qaratib qo’yilgandi”. Chor Rossiyasining Amudaryo bo’limi boshlig’i imperatorning eng ishonchli amaldori hisoblanib, uning zimmasiga Xiva xonligini muntazam kuzatib turish topshirilgan edi. Shu bois fon Kaufman bo’lim boshlig’iga yozgan maxfiy maktubida, “Xiva xonligida bo’layotgan voqealardan ko’z-quloq bo’lib turish, Amudaryo muzlagan paytda G’azovot, Zamaxshar orqali o’tib yovumudlarga zarba berish lozim” ligini uqtirgandi.. Vakolatiga Xiva xonini nazorat qilish topshirilgan Amudaryo bo’limi boshlig’i qilib tayinlangan harbiylarning aksariyati polkovanik unvoniga ega bo’lgan: Ivanov, Glushanovskiy, A.Samsonov, Dryagin, Likoshin, Kolosovskiy. Ushbu polkovniklar o’zlarini, hatto, Xiva xonidan ham ustun, mutloq hokim sanar, u bilan mensimay muomilada bo’lishardi. Ayniqsa, 1913-1916 yillarda Amudaryo bo’limi boshlig’i bo’lgan polkovnik Kolosovskiy imperiya markazidagi boshboshdoqlik, 1-jahon urushi sarsongarchiligidan foydalanib, boyish iskanjasiga tushdi. U hatto, Xiva xonidan ham pora olardi.16 1916 yilning 16 oktyabrida bevosita Peterburgga bo’ysunuvchi rus maxfiy siyosiy politsiyasi—Turkiston rayon muhofaza bo’limi (TRMB) boshlig’i, polkovnik Volkov, Xiva xoni Isfandiyorxonni qabul qiladi. Zero, bu paytga kelib, xonlikni nazorat qilib turadigan Amudaryo bo’limi boshlig’i, polkovnik Kolosovskiyning poraxo’rligi imperatorning ham qulog’iga borib etgan edi. U 1916 yil mart-iyul oylarida mardikor olish bahonasida, To’rtko’l volosti boshqaruvchisi Qozoqboy Abubakirovdan 20 ming rubl, Sho’raxondagi Shibikli jamiyati katxudosi Davlatmurod matkarimmovdan 351 tilla pora olib, evaziga yigitlarni mardikorlikdan olib qolgandi. Bu esa oq podshoga qarshi xalq qo’zg’olonining kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Natijada maxfiy politsiya poraxo’r polkovnikning qing’irliklarini o’rganib chiqdi.17 Kolosovskiyga pora berganlar qatorida Xiva xoniyam izoh yozib berish uchun chaqirildi. U maxfiy politsiya boshlig’iga bu to’g’rida quyidagicha izoh beradi: “Polkovnik Kolosovskiyga bergan pullarim vaqtini aniq yozmaganman, lekin daftarchamdagi yozuvlarda aks etganlarini og’zaki bayon etgaman. 1915 yil boshida polkovnik Kolosovskiyga Matvafo orqali 5000 rubl berdim. O’sha orqali unga yana 5000 rubl jo’natdim. 1915 yilning ikkinchi yarmida Matvafo ishdan bo’shatilganidan so’ng Kolosovskiyga Abdullaxon orqali 5000 rubl berib yubordim. 10 kundan keyin esa Matvafoni birinchi vazir sifatida qayta mansabga tayinlaganimdan so’ng Kolosovskiy yana shaxsan o’zimdan 10000 rubl oldi. Matvafo polkovnikning mendan tulpor olish istagi borligini xabar qildi, shunda Matvafo barcha otlarimni unga ko’rsatishni buyurdi. U o’ziga ikki otni oldi. 1916 yilning qishida men rus armiyasi zobitlari va askarlariga po’stinlar sovg’a qilganimda, Matvafodan Kolosovskiyga nimani tortiq qilish lozimligi haqida so’raganimda, u polkovnik narsadan ko’ra pulni afzal ko’rishini aytdi. 1915 yilning noyabrida polkovnik xotini bilan oldimga kelganida, har biriga po’stin uchun 2000 rubldan, hammasi bo’lib 4000 rubl tutqazdim.18 XULOSA Rossiya armiyasining O'rta Osiyodagi yaqqol muvaffaqiyatlari Britaniya hukumatida yangi g'azab uyg'otdi. Tashqi ishlar vaziri Lord Klarendon Rossiya elchisi I. F. Brunnovga “neytral Markaziy Osiyo kamari” chegarasini zudlik bilan belgilash taklifi bilan murojaat qildi. 1869 yil boshida ushbu mavzu bo'yicha muzokaralar boshlandi, bu darhol mamlakatlar o'rtasidagi jiddiy kelishmovchiliklarni aniqladi. Klarendon chegarani “Amudaryo boʻylab, uning oʻrta yoʻnalishi boʻylab, Buxoro meridianida butun Turkmaniston boʻylab gʻarbga qarab harakatlanishi uchun chizishni talab qildi. Ruslar bunga javoban bunday chiziq Samarqanddan atigi 230 verst masofadan oʻtib ketishiga eʼtiroz bildirgan, holbuki, undan “ilgʻor ingliz postigacha boʻlgan masofa ikki barobardan koʻproq edi”. Bundan tashqari, inglizcha variantda chegara Buxorodan Xurosonga va Shimoliy Forsning boshqa viloyatlariga boradigan karvon yo'llarini kesib o'tgan bo'lar edi, bu rus savdogarlariga mos kelmaydi. Nihoyat, Angliya bilan shartnoma tuzgan Afgʻonistonning Hindukush tizmasi va Amudaryo oʻrtasidagi knyazliklarga boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida bahslar avj oldi. Rus diplomatlari afg‘on amiri Sher-Ali Buxoroga qarshi katta urush boshlashga hozirlik ko‘rayotganiga bejiz ishonishmagan. Britaniya hukumati doiralarida bunga ishonch kuchaygan Rossiya targ'iboti Markaziy Osiyoda Eronda, hatto Hindistonda ham o'z pozitsiyalariga tahdid sola boshladi. Bu ish ba'zi umumiy deklaratsiyalar bilan yakunlandi va Rossiya Buxoro xonligi chegarasini janubga, Afg'oniston tomon oldinga siljitmaslikka va'da berdi. Shu bilan birga, rus savdogarlari va sanoatchilari Kaspiy dengizining sharqiy qirg'oqlarini "doimiy o'zlashtirish" istagini tobora ko'proq talab qilmoqdalar. 1869 yil aprel oyida Rossiya sanoati va savdosini rivojlantirish jamiyati qo'mitasining yig'ilishida hatto Pyotr Ining Amudaryoni Kaspiy dengiziga aylantirish haqidagi g'oyasi esga olindi. 1869-yil iyun oyida Turkiston general-gubernatori harbiy vazir D.A.Milyutinga maktub yo‘llab, unda Buxoro bilan munosabatlar Rossiya uchun ma’qul bo‘lgan tus olganligi va bu muammoni hal qilish yo‘lini qayta ko‘rib chiqish mumkinligini ta’kidladi. "Krasnovodsk masalasi". Urush vaziri Kaufmanning dalillariga rozi bo'lib, o'sha yilning avgust oyida Kavkaz gubernatoriga harbiy ekspeditsiyaga tayyorgarlik ko'rishni taklif qildi. 1869 yil noyabr oyida polkovnik N. G. Stoletov boshchiligidagi rus harbiy otryadi Krasnovodsk ko'rfazining Muravievskaya ko'rfazining qirg'og'iga tushdi. Bu chora Eron shohi Nasreddinning qattiq noroziligiga sabab boʻldi, u Atrek va Gurgan daryolari boʻylab yurgan Yomud turkmanlarini oʻziga boʻysundirdi, deb hisoblaydi. Rossiya esa forslarning da'volarini rad etdi. Kaspiy dengizi sohilida Krasnovodsk istehkomi qayta qurilib, ruslar tomonidan Mangʻishloq militsiya boʻlimi nomi bilan bosib olingan hududlar Kavkaz maʼmuriyatiga boʻysundirildi. Bularning barchasi mahalliy aholi orasida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. 1870 yil mart oyining o'rtalarida pristavni boshqargan polkovnik Rukin razvedka safariga jo'nab ketdi, uning davomida u qozoqlarning "olomoni" tomonidan hujumga uchradi va butun konvoy (40 kazak) bilan birga o'ldirildi. Buning ortidan qozoqlar Aleksandr qal'asini qamal qilishdi, ammo Petrovskdan kelgan Kavkaz qo'shinlari tomonidan mag'lubiyatga uchradilar. Mang'ishloqdagi qurolli kuchlarga polkovnik graf Kutaisov boshchilik qildi. Aprel oyining oxirida u qozoqlarni bir qator mag'lubiyatga uchratdi va Dog'istonning tartibsiz otliq polkining jangchilari janglarda alohida ajralib turishdi. Hududni yanada rivojlantirish uchun Stoletov boshchiligida Kavkaz harbiy hokimiyatlariga bo'ysunuvchi Krasnovodsk otryadi tuzildi va shu jumladan 5 ta piyodalar kompaniyasi (asosan 82-dog'iston piyoda polki), 1,5 yuz Terek kazaklari, sapyorlar jamoasi va Xizmatchilar bilan 16 ta qurol. Uning asosiy tayanchi hozirgi sayoz Mixaylovskiy ko'rfazining qirg'og'iga asoslangan Mixaylovskiy istehkomi edi. 75 km uzoqlikda yana bir qal'a qurilgan. sohildan Mallakari traktigacha. Ko'rilgan choralar ko'proq o'z vaqtida amalga oshirildi. 1870-yil 20-oktabrda Xiva rag‘batlantirgan turkman-tekinlar Mixaylovskiy istehkomiga hujum qildilar, ammo qaytarildi. Bunga javoban N. G. Stoletov 490 askar va kazaklardan iborat otryadni Mallakari shahrida 3 ta qurol bilan to'pladi va ular bilan sharqqa qarab harakat qildi. 200 km dan ortiq masofani bosib oʻtib, 10-dekabr kuni Qizil-Arvatga yetib keldi, lekin dushmanni topolmadi va qaytib keldi. 1871 yil may oyida Stoletov shtab-kapitan M. D. Skobelev (kelajak qahramoni) boshchiligidagi ekspeditsiyani yubordi. Rossiya-Turkiya urushi) ichki. Bu voqealarning barchasidan maqsad nafaqat turkmanlarni “tinchlantirish”, balki yo‘llarni o‘rganish, Xiva xonligiga hal qiluvchi hujumga tayyorgarlik ko‘rish edi. Rossiya bilan Buxoro va Qoʻqon xonliklari oʻrtasidagi urush yillarida ham Xiva savdo karvonlarini oʻgʻirlab, Rossiyaga har tomonlama fitna uyushtirgan qaroqchilarga boshpana berib turgan. 1870 yilda N. A. Krijanovskiy Xiva xoniga turk elchisi kelgani va O'rta Osiyo davlatlari ittifoqi tuzilgan taqdirda Muhammad Rahimga yordam taklif qilgani haqida xabar oladi. Ko'pgina harbiy rahbarlar Xivani zudlik bilan to'xtatishni talab qilishdi, ammo diplomatlar ehtiyotkorroq edi. Tashqi ishlar vazirligining Osiyo boʻyicha departamenti direktori Stremouxov Krijanovskiyga yoʻllagan maktubida ochiqchasiga “harbiy namoyish” erta ekanligini taʼkidladi. Bunday sharoitda Krasnovodsk otryadi komandiri N. G. Stoletov va uning yordamchisi M. D. Skobelev boshlashga qaror qilishdi. jang qilish o'z xavf-xatarida. Ularning rejalaridan xabar topgan Kavkaz harbiy okrugi shtab boshlig'i general Svistunov vaziyatga oydinlik kiritish uchun Krasnovodskga keldi. Jang qilish taqiqlanishidan qo'rqib, Stoletov o'z niyatini boshliqlaridan yashirishga harakat qildi va Svistunovni oldingi postlarga qo'ymadi. Ish janjal bilan yakunlandi. 1871 yil iyun oyida Stoletov lavozimidan chetlashtirildi va deyarli sudga tortildi va podpolkovnik V. I. Markozov otryad komandiri bo'ldi. Ixtiyoriy Stoletovning sharmandaligi hukumatning Xiva ustidan hokimiyatni mustahkamlash niyatidan voz kechganini anglatmaydi. O'sha yilning kuzida Markozov Atrek bo'ylab va Sariqamish tomon hududlarni chuqur o'rgandi. Sentyabr oyi boshida uning 625 askar va 16 qurolli kazaklardan iborat otryadi Mallakari shahrida to'plandi. Turkmanlar Markozovga yurish uchun zarur bo‘lgan tuyalarni berishdan bosh tortgach, u ularni zo‘rlik bilan olib ketdi va katta karvon to‘plab, yo‘lda mustahkam nuqtalar o‘rnatib, Sariqamish tomon yo‘l oldi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling