Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


II BOB. Napalion Bonapart. Fransiya tarixidagi birinchi imperiya


Download 77.69 Kb.
bet6/12
Sana08.05.2023
Hajmi77.69 Kb.
#1444627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
jahon arixi tayyor

II BOB. Napalion Bonapart. Fransiya tarixidagi birinchi imperiya
2.1 Napalion faoliyati. Birinchi imperiyaning o’rnatilishi. Napoleon Bonapart (1769-yil 15-avgust - 1821-yil 5-may), Fransiya inqilobining generali, Fransiya Respublikasining birinchi prezidenti, 1799-yil 11-noyabrdan 1804-yil 18-maygacha Fransiya konsuli, keyin 1804-yil 18-maydan 1814-yil 6-aprelgacha I frantsuz askari va Napoleon nomini olgan Fransiya imperatori va Italiya qiroli bo'lgan davlat arbobi. Korsika orolida tug‘ilgan Napoleon orol Fransiya hukmronligi ostiga o‘tgandan so‘ng fransuz ta’limini olishga majbur bo‘ldi. Napoleon frantsuz tilini oʻrganish uchun dastlab Ostundagi diniy maktabga oʻqishga kirdi. Biroq, bu maktabda boshqa qolmagan Napoleon may oyida Brienndagi harbiy maktabga qabul qilinadi va bu maktabni tashlab, harbiy maktabga o'qishga kiradi.
Napoleon har doim frantsuz tilida korsikacha talaffuz bilan gapirgan va shuning uchun ham do'stlari uni doimo masxara qilishgan. Bu voqeaga shuhratparast bo'lgan Napoleon o'zini o'qishga bag'ishladi. Harbiy maktabda kuzatuvchi Napoleon haqida: “Tarix va geografiya fanlaridan bilimi juda rivojlangan, bu boladan zo‘r dengizchi chiqadi”, dedeb takidlagan. Napoleon Parij qirollik harbiy maktabiga qabul qilindi. Bu yerda toʻliq askar sifatida taʼlim olgan Napoleon otasining oʻlimi bilan iqtisodiy muammolarni boshdan kechirdi va ikki yillik taʼlimni katta kuch sarflab, bir yilda yakunlashiga toʻgʻri keldi. Napoleon o'qishni tugatgandan so'ng Parij Qirollik harbiy maktabini tamomlagan birinchi korsikalik bo'ldi. Napoleon 1785 yil aprelda Valentsiyadagi artilleriya polkining birinchi leytenanti etib tayinlandi. Sentyabr oyida u Korsikaga ta'tilga borib, u erda harbiy va siyosiy jihatdan o'zini ko'rsatdi. Fransiyaga qarshi mustaqillik uchun kurash boshlagan korsika millatchilariga qarshi yakobinchilar tashkilotida qatnashgan. Ta'til muddati tugashiga qaramay Korsikadan qaytmagan Napoleon bir muddat dezertir holatiga tushib qoldi. 1792 yilda boshlangan Avstriya urushidan keyin u kechirildi va kapitan unvoni bilan xizmatga chaqirildi. Napoleon 1793 yilda artilleriya qo'mondoni sifatida Tulonda qirollik tarafdorlari va Britaniya ittifoqi kuchlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi. 1796-yilda Napoleon Italiyadagi armiyaning bosh qo'mondoni bo'ldi. Xuddi shu yili u general Beauharnaisning bevasi Jozefinaga uylandi. To'ydan ikki kun o'tgach, u Shimoliy Italiyaga hujum qilgan Avstriya qo'shinlarini mag'lub etdi. 1797-yil yanvarda u Avstriyaning Italiyadagi harbiy mavjudligini qaytardi va o'z armiyasi bilan Vena shahriga yo'l oldi14.
 Xavfni sezgan Avstriya o't ochishni to'xtatishni talab qildi va uzoq muzokaralardan so'ng 1797-yil 17-oktyabrda shartnoma imzolandi. 1798-yilda Frantsiya Napoleonga Angliyaga bostirib kirishni topshirdi. Bu faqat bilvosita strategiya bilan sodir bo'lishi mumkinligiga ishongan Napoleon dengizlarda muvaffaqiyatli ustunlikka erishish va Buyuk Britaniyaning Uzoq Sharqdagi savdosini to'xtatish uchun Misr yurishini boshlashni rejalashtirdi. Misr ekspeditsiyasini boshlagan Napoleon uni egallab oldi. Iyul oyida u Iskandariyani egallab, Piramidalar jangida mamluklarni magʻlub etib, Nil vodiysi boʻylab yurdi. Biroq Britaniya Harbiy dengiz kuchlari Abukir ko‘rfazida Fransiya flotiga hujum qilib, fransuz kemalarini cho‘ktirdi. Bu Napoleonni qo'llab-quvvatlash va qo'llab-quvvatlashni to'xtatishni anglatardi. Inglizlarning bu muvaffaqiyati ortidan Usmonlilar, Avstriya, Angliya va Rossiya birlashib, rus generali Aleksandr Suvorov boshchiligida birlashgan armiya tuzdilar. Bu birlashgan armiya Napoleon bosib olgan joylarni qaytarib oldi15
O`z qo'shini qolganiga qaramay, ambitsiyalari to'xtamagan Napoleon G'azo, Yaffa va Hayfa kabi qirg'oq bo'yidagi shaharlarni egallab oldi. 1799-yilda Suriyaga qarab yurgan Napoleon qoʻshini Usmonlilarning kuchli qarshiligiga duch keldi va Misrga qaytishga majbur boʻldi. 1804 yilda qirollik tarafdorlari qo'zg'olonidan keyin o'zini imperator deb e'lon qilgan Napoleon, keyinchalik Parijdagi Notr-Dam soborida, U Rim papasi Pius VII huzurida imperatorlik tojini kiygan. 1805 yilda Rossiya, Buyuk Britaniya, Avstriya, Neapol qirolligi va Shvetsiya Fransiyaga qarshi harbiy koalitsiya tuzishadi. O‘sha yil 2 dekabrda fransuz qo‘shinlari Austerlits yonidagi jangda Rossiya va Avstriyaning birlashgan qo‘shinlarini mag‘lubiyatga uchratadi. Shundan so‘ng birin-ketin avvaliga Neapol qirolligi, so‘ng Niderlandiya qirolligi, Germaniyadagi tarqoq knyazliklar Napoleon hukmronligi ostiga o‘tadi. Oradan biroz o‘tib Napoleon Sharqiy Prussiya va Polshani ham qo‘lga kiritadi.Yevropaning materik qismida katta hududlarni bosib olganiga qaramay, Napoleon dengiz janglarida Buyuk Britaniyaga yutqazayotgan edi. U o‘z ittifoqchilari bilan Buyuk Britaniyani dengizdan qamal qiladi. Niderlandiya, Daniya, Germaniya ingliz kemalari uchun o‘z portlarini yopadi.
Natijada Britaniya iqtisodiyoti juda katta zarar ko‘ra boshlaydi. Ayniqsa, Tilzit tinchlik sulhidan keyin bu qamalga Rossiyaning ham qo‘shilishi inglizlar uchun juda og‘ir vaziyatni yuzaga keltiradi. 1807 yilda Ispaniyaning qo‘llashi bilan Fransiya Portugaliyadan Britaniyani iqtisodiy qamal qilayotganlar tomoniga o‘tishni so‘raydi. Portugaliya rad etadi. Shundan so‘ng Napoleon bu mamlakatni ham bosib oladi. Oradan biroz o‘tib Napoleon Ispaniyani ham bo‘ysundiradi. 1809 yilda Avstriya zabt etiladi. Napoleon Fransiya hukmdori bo‘lgan yillarida o‘tkazgan islohotlari, dvoryanlarga mulklarini va imtiyozlarini qaytarib berishi oldiniga ko‘pchilikka ma'qul keladi. Shuningdek, turli urushlarda qozonilgan g‘alabalar ortidan kelgan o‘ljalar ham aholini xursand qiladi16. Ammo Rossiyaga qilingan yurishning muvaffaqiyatsiz chiqishi hammasini o‘zgartirib yuboradi. 1810 yilda Napoleon Jozefina bilan ajrashganidan so‘ng, Rossiya imperatori Aleksandr I’dan uning singlisi Anna Pavlovnani qo‘lini so‘raydi. Aleksandr I rad etadi. Oqibatda, o‘rtada sulh borligiga qaramay Fransiya va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar yomonlashadi. Napoleon Rossiyani ham bosib olishga qaror qiladi. 1812 yil iyunda fransuzlar bilan birga Yevropaning turli mamlakatlaridan yig‘ilgan 450 ming nafar harbiy Rossiya chegarasini kesib o‘tadi. Ularga qarshi janglarda Rossiyaning 193 ming askari qatnashadi. Rossiyaga bostirib kirar ekan, Napoleon avval Moskvani zabt etishni xohlaydi. Uning qo‘shinlari poytaxt Sankt-Peterburgga emas, Moskvaga qarab harakatlanadi. Uzoq masofa, yozning sernam issig‘i, turli kasalliklar Napoleon armiyasini holdan toydiradi. O‘sha yil 7 sentyabrda Moskva yaqinidagi Borodino qishlog‘i yonida Napoleon qo‘shinlari bilan Rossiya armiyasi o‘rtasida asosiy jang bo‘lib o‘tadi va unda ruslarning qo‘li baland keladi. Ammo fransuzlarga yetib kelgan qo‘shimcha yordam ruslarning chekinishiga sabab bo‘ladi. 14 sentyabrda Napoleon o‘z armiyasi bilan Moskvaga kiradi. Fransuzlar Moskvani avval rosa talashadi, so‘ng unga o‘t qo‘yishadi17. Butun shahar olov ichida qoladi. Rossiya imperatoridan sulh taklifini kutgan Napoleon Moskvada oktyabrning o‘rtalarigacha qolib ketadi. Sulh taklifi bo‘lmaganidan so‘ng u 19 oktyabrda janubiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab ortga qaytadi. Noyabrning o‘rtalarida Napoleon o‘z qo‘shini bilan Smolenskka yetib keladi. Bu yerdan armiya uchun oziq-ovqat topa olmagan imperator to‘xtamasdan yurishda davom etadi18.
Rossiyaning sovuq ob-havosi, ta'minotning yo‘qligi fransuzlarni batamom holdan toydiradi. Askarlarning ko‘pi sovuqdan va ochlikdan halok bo‘ladi. Napoleon Fransiyaga qaytganida uning Rossiyaga borgan 450 ming askaridan 25 ming kishi qolgani ma'lum bo‘ladi. Napoleonning Rossiyada yengilishi Yevropada uning obro‘sini tushirib yuboradi va u haqda «yengilmas sarkarda» deb tarqalgan gap-so‘zlar oddiy mish-mish ekani oydinlashadi. Shundan so‘ng Napoleon bosib olgan aksariyat davlatlarda ozodlik harakatlari boshlanadi. Buning ustiga Rossiya armiyasi ham fransuzlarni ta'qib qilib boraveradi. 1814 yil 23 yanvarda Napoleon imperator sifatida o‘zining so‘nggi qabulini o‘tkazib jangga otlanadi. 3 aprelda Senat Napoleonni taxtdan chetlatib uning o‘rniga Taleyranni vaqtincha mamlakat rahbari deb e'lon qiladi. 6 aprel kuni Fontenblo saroyida Napoleon taxtdan voz kechadi19. 20 aprelda Napoleon O‘rta Yer dengizidagi Elba oroliga jo‘nab ketadi. Fontenblo kelishuviga ko‘ra Fransiyaning yangi hukumati mazkur orolni Napoleonga mulk sifatida beradi va unga g‘aznadan har yili 2 million frank maosh to‘lash belgilanadi. Elba orolida Napoleon onasi va singlisi bilan yashaydi. Xotini Mariya-Luiza o‘g‘li bilan otasi – Avstriya imperatori Frans I oldida, Venada qoladi. Bu paytga kelib Jozefina vafot etgan edi. 1815 yil 26 fevralda Napoleon Elba orolidan yashirincha chiqib o‘zining 1 000 nafar sodiq askari bilan Kann yaqinidagi Juan ko‘rfaziga tushadi va Parij tomon harakatlanadi. Napoleonning qaytayotganini eshitgan tarafdorlari yig‘ila boshlaydi.20
Shu tariqa, uning qo‘l ostida 125 ming askar to‘planadi.Napoleonning katta qo‘shin bilan Parijga qaytganini eshitgan ittifoqchilar unga qarshi 600 ming kishilik armiyani jo‘natadi. Kichik to‘qnashuvlarda uning qo‘li ustun kelgan bo‘lsa ham, 18 iyunda Vaterloo qishlog‘i yonida bo‘lib o‘tgan asosiy jangda Napoleon armiyasi ittifoqchilar armiyasidan yengiladi. Napoleon ikkinchi marta hokimiyatdan voz kechadi. Buyuk Britaniya Napoleonga siyosiy boshpana taklif etadi. Inglizlar bilan kelishuvga ko‘ra u Eks oroli yaqinida ingliz kemasiga chiqishi lozim edi. Napoleon kemaga chiqadi, ammo Britaniya vazirlar kengashi Napoleonni asirga olib, uni Atlantika okeanidagi Avliyo Yelena oroliga surgun qilish haqida qaror qiladi. Bu haqda bilgan Napoleon «Bu Temurlangning qafasida yurishdan ham yomon» deydi. Napoleonga hamroh sifatida bir necha zobitlarni olishga imkon berishadi. Unga jami 26 kishi hamrohlik qiladi. Orolda Napoleonni qattiq qo‘riqlashadi. Orol komendanti o‘zaro kelishmovchilik tufayli Napoleonga orol bo‘ylab sayr qilishga ruxsat bermay qo‘yadi. Natijada u kamharakat bo‘lib qoladi va sog‘ligida muammolar yuzaga kela boshlaydi. 1818 yilda Napoleonning sog‘ligi yomonlashadi. Orolga uning onasi tomonidan yuborilgan vrach keladi. U Napoleonga hech qanday yordam bera olmaydi. 1821 yil 5 may kuni uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Napoleon vafot etadi. Uni orolda dafn etishadi. 1840 yilda Napoleon jasadining qoldiqlarini olib borib Parijdagi Urush nogironlari uyida dafn etishadi. O‘shanda imperatorni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun shahar ko‘chalariga millionlab odam chiqadi. Direktoriya davrida Fransiya Respublikasini ximoya qilish uchun boshlangan urush, 1797 yildan mustamlakatchilik urushlariga aylandi. N. Bonapart Italiya va Avstriya qo’shinlariga zarba berib, Kampoforlio tinchlik sulxiga ko’ra Lombardiyani, (Tsizalpinskugo) Genuya (Liguriya respublikasi)ni, Venetsiya respublikasini, Bel`giyani, Shveytsariyani, Ioniya orollarini Fransiyaga bo’ysindirib, u yerlarni talon-taroj qildi. Angliyani mustamlakachilik tuzumiga zarba berish uchun Fransiya Xindistonga ekspeditsiya yubordi. Napoleon Misr armiyasini yengdi ( 1798 yilning 20 iyunida Piramidalar yonidagi jangda) va Napoleon armiyani Suriyaga olib kirdi, ammo kasalliklar uning armiyasi axvolini og’irlashtirdi.
1-avgustda admiral Nel’son qo’modonligidagi ingliz floti Abukir bo’gozi yonida Fransuz eskadrasini yengdi. Angliya, Rossiya, Turkiya, Avstriya, Neopolitan qirolligi antifransuz ittifoqini tuzdilar. Xarbiy mag’lubiyatlar va tashqi xavfning kuchayishi, Direktoriyaning qarama-qarshi siyosati, ichki qo’zg’olonlar Fransiya yuqori tabaqalarini qo’rqitib yubordi. 18 bryumeri ( 1799 yilning 9 noyabrida) da 5 ta direktorlar iste`foga chiqdilar, «500 lar kengashi» xokimiyatni 3 ta konsulga berish dekretini qabul qilishga majbur bo’ldilar: birinchi Konsul etib Napoleon saylandi, xokimiyat uning qo’lida to’plandi.
Napoleon o’z xokimiyatni xuquqiy asoslash uchun Yangi konstitutsiya qabul qildi. Bunga ko’ra Fransiya respublikaligicha qoldi, ammo butun xokimiyat birinchi konsul qo’lida to’plandi. Konsul 10 yil muddatga saylanadigan bo’ldi. Birinchi konsul armiya qo’mondoni, qonun chiqaruvchi xokimiyatni a`zolarini tayinlash xuquqini qo’lga kiritdi, barcha ministrlar unga bo’ysingan. Maxalliy boshqaruv yo’qotilib, birinchi konsul tayinlangan perfektlar departamentlarni boshqara boshladi. Napolen talantli qo’mondon, ajoyib tashkilotchi edi. U revolyutsiya g’alabalarini saqlab qoldi, bu esa sanoatchilar va qoloq krestyanlar uchun manfaatli edi. Tangalarda uning tasviri tushirildi. 1802 yildan Napoleon tug’ilgan kuni, 15 avgust milliy bayram deb e`lon qilindi. U umrbod konsullik, valiaxd tayinlash, ko’plab qirollar ega bo’lmagan xuquqqa ega bo’ldi.1801 yilning 14 avgustida Rim papasi bilan konkordat shartnomasi imzolandi, cherkovni davlatdan ajratishga chek qo’yildi, diniy bayramlar qayta tiklandi. Papa xam revolyutsiya davrida davlatning cherkovdan tortib olgan yerlariga da`vosidan voz kechdi. 1804 yilda Napoleonga papa tomonidan tantanali ravishda imperatorlik toji kiydirildi21.
Bu voqea Davidning «Koronatsiya Jozefini» kartinasida aks ettirildi. 1804 yil, 1808 yil, 1811 yillarda Grajdan, Tadbirkorlik, Jinoyat kodekslari «Napoleon kodekslari» nomi bilan e`lon qilindi. Kodekslar fuqarolik munosabatlarini nazorat qilishi, xususiy mulkni ximoya qilishi kerak edi. Kodekslar progressiv axamiyatga ega bo’lib, Fransiyaning iqtisodiy rivojlanishini ta`minlagan bo’lsada, vijdon erkinligi, qonun oldida tenglik, xususiy mulk daxlsizligini saqlab qolgan bo’lsada, jismoniy jazolash, o’lim jazosi, ayollar xuquqsizligi saqlanib qolgan edi22. Shunday bo’lsada Fransiya qishloq xo’jaligi: uzumchilik, vinochilik, chorvachilik, donli ekinlar etishtirish rivojlandi. Sanoatda: to’qimachilik, ipakchilik, metallurgiya rivojlandi, sanoat to’ntarishi boshlandi. Bug’ mashinalari joriy qilindi. Sanoatda mashinalar soni 30 marta o’sdi. XIX asrning birinchi o’n yilligida sanoat 50% ga o’sdi, sanoatda, savdoda bosh upravleniyalar (boshqarmalar) tashkil topdi, Fransiya banki vujudga keldi. Fransuz burzuaziyasining mavqei mustaxkamlandi.
Napoleonning tashqi siyosati burjuaziya manfaatlari uchun xizmat qilar, Fransiyani Yevropadagi iqtisodiy va siyosiy gegemonligini ta`minlashni maqsad qilib olgan edi. Napoleon armiyasi doimiy, ozod dexqonlardan tashkil topgan va malakali qo’mondonlar bilan ta`minlangan edi. Napoleon kodekslari Fransiyaga bo’ysinuvchi: Shveytsariya, Varshava gertsogligi, Bel`giya, Ital’yan davlatlarida xam joriy qilindi. Bu mamlakatlarda taxtga Napoleon o’z aka-ukalarini,qarindoshlarini chiqargan. Yuqoridagi mamlakatlarda Napoleon kodekslari qo’llab quvvatlangan. Ammo Napoleonning siyosati Angliya, Avstriya, Rossiya, Prussiyaning keskin qarshiligiga uchragan. 1805 yilning kuzida urush qaytadan avj olgan. 1805 yilning 21 oktyabrida Angliya admirali Nel’son Trafal’galar burned fransuz-ispan flotini yenggan. Ammo 2 dekabr` kuni Austerlits jangida fransuzlar avstriya va rus qo’shinlarini engib, Italiyani to’la qo’lga kiritishgan. 1806 yilda Vena va Auershtadt jangida Prussiya mag’lubiyatiga uchratilib , fransuz qo’shinlari Berlinga kirgan.


Download 77.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling