Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti


Harbiy Xarakatlar. Qit’a qamali. Imperianing xalokati


Download 77.69 Kb.
bet7/12
Sana08.05.2023
Hajmi77.69 Kb.
#1444627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
jahon arixi tayyor

2.2 Harbiy Xarakatlar. Qit’a qamali. Imperianing xalokati Napoleon o’zining dushmani Angliyaga kontinental qamal e`lon qiladi, Angliya bilan xar qanday aloqalar, savdo-sotiq ta`qiqlanadi. Ammo Angliya o’z ittifoqchilari bilan dengiz kontrabandasini tashkil qiladi. Bu Rossiyaga katta zarar keltirar edi. 1807 yilda Sharqiy Prussiyadagi ikkita yirik jangda fransuzlar ruslarni yengdilar, ammo ikkalasi xam tinchlikni xoxlar edi. 1807 yilning 7 iyulida Til’zitda Aleksandr I va Napoleon I ittifoqchilik va tinchlik sulxini tuzdilar. Rossiya Fransiyani Yevropadagi gegemonligini tan oldi, kontinental qamalga qo’shilib, Angliyaga qarshi ittifoqqa qo’shildi. 1809 yilning baxorida Avstriya Yangi urushni boshladi, ammo mag’lubiyatga uchradi. 1809 yilda, Venada sulx tuzildi, Avstriya o’zining bir qism territoriyasidan maxrum bo’ldi. Bosib olingan mamlakatlardagi milliy ozodlik xarakatlari, kontinental qamal, Fransiyaning axvolini og’irlashtirib, sanoat krizisi boshlandi. Burjuaziya qatlamlari Napoleondan norozi bo’la boshladilar. Napoleon o’z xokimiyatini abadiylashtirish uchun Avstriya imperatori Fransning qizi Mariya Luizaga uylanadi. 1810 yili Napoleon xokimiyatini eng gullagan davri edi. Bu davrda Fransiya-Rossiya munosabatlari yomonlashadi: Rossiya o’z portlariga neytral kemalar kirishiga ruxsat beradi, 1811 yilda Fransuz tovarlariga yuqori boj soliqlari solinadi. Napoleon Prussiya, Avstriya bilan ittifoq tuzib, Rossiyani diplomatik izolyatsiya qilishga urinadi, ammo bu amalga oshmaydi.
Napoleon 500 ming kishilik saralangan armiyasi bilan 1812 yilning 24 iyuni tunida Rossiyaga bostirib kirdi. Borodino qishlog’ida 7 sentyabr (26 avgust) kuni (ruslar 120 ming, Fransuzlar 135 ming) yirik janglardan biri bo’lgan. 14 sentyabrda Fransuzlar Moskvaga kirib, 18 oktyabrda chiqib ketishga majbur bo’lgan, oziqovqat etishmasligi, partizanlar urushi, ruxiy tushkunlik fransuzlarni mag’lubiyatga uchratgan. 1812 yilning dekabr oyining o’rtalarida Napoleon 20 minglik qolgan armiyasi bilan Parijga kiradi. 1813 yilning baxorida Fransiyaga qarshi olti davlat ittifoq: Rossiya, Angliya, Ispaniya, Portugaliya, Prussiya, Shvetsiya, Avstriya tuzadilar. 1813 yilning 16-19 oktyabrida Leyptsig yaqinida xalqlar jangi bo’lib o’tadi. Fransuzlar mag’lubiyatga uchraydilar. 1814 yilning 31 martida ittifoqchilar Parijga kiradilar. Parijda Taleyran boshchiligida muvaqqat xukumat tuziladi. 30 mayda tinchlik bitimi imzolanadi. Fransiyaning barcha XVIII asr oxiri, XIX asr boshlarida egallagan mulklaridan maxrum qilinadi, chegarasi 1792 yilning xolatiga qaytariladi. Napoleon taxtdan tushirilib, Lyudovik XVI ning akasi Graf de Lil` (Fransiyada 20 yil yashamagan) Lyudovik XVIII nomi bilan taxtga chiqadi. Lyudovik XVIII bilan birga Fransiyaga ko’plab emigrantlar qaytib keladi. U 1814 yilda xartiya e`lon qilib, Fransiyani konstitutsion monarxiya deb e`lon qiladi. Ikki palatali parlament tashkil etildi: yuqori palata qirol tomonidan saylanadi, quyi palata 40 yoshdan yuqori 1000 frank soliq to’laydigan kishilar tomonidan saylanadi. Lyudovik XVIII ba`zi bir o’zgarishlarni tan olishga majbur bo’ladi. 1814 yilning sentyabrda Venada Kongress chaqiriladi. Kongresda ittifoqchilar o’rtasida norozilik kelib chiqadi, direktoriyadagi kelishmovchiliklardan foydalanib, Napoleon 1815 yilning 1 martida Parij tomon yurish boshlaydi. Lyudovik XVIII qochib ketadi. 1815 yilda Napoleon o’zining so’nggi yurishini Parijdan Bel`giyaga boshlaydi. 18 iyunida Vaterloo jangida u ittifoqchilardan qaqshatgich zarbaga uchraydi. 22 iyunida inglizlarga asirga tushadi, ikkinchi marta taxtdan voz kechib, Avliyo Elena oroliga surgun qilinadi. 1821 yilning mayida vafot etadi.

Download 77.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling