Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Robispiyer diktaturasi. Burjua inqilobining tugashi va natijalari
Download 77.69 Kb.
|
jahon arixi tayyor
1.2 Robispiyer diktaturasi. Burjua inqilobining tugashi va natijalari Konvent oziq-ovqat, non, narxlar, yer to’g’risida ko’plab dekretlar e`lon qildi va ularning ko’pchiligi amalga oshmadi. Ko’plab dexqonlar yerlarni o’zlaricha taqsimlab ola boshladilar. 1793 yilning 21 yanvarida soat 11 da Lyudovik XVI, oktyabrda Mariya Antuanetta qatl etildi . Jirondistlar Konventi «12 Komitet» tashkilotini tuzib, Kommunaga qarshi kurash boshladi. Jirondistlarga qarshi Kommunarlar birlashib, «Qo’zg’olon komiteti» tuzilib, 1793 yilning 31 mayida milliy gvardiya Konventni o’rab olib, jirondistlarni qamoqqa olinib, xokimiyatga yakobinchilar chiqdilar9. Ammo Jirondistlar va Yakobinchilar tarafdorlari o’rtasida qurolli kurash boshlandi va Vandeyada jangda 600 ming Fransuz qirildi. Yakobinchilar qo’zg’olonlarni oldini olish uchun 3 iyunda, 17 iyulda yerlar to’g’risida dekretlar chiqardilar, ammo bu dekretlar amalda qo’llanilmadi. Yer yana puli bor shaxslar qo’lida qoldi.
Ammo yakobinchilar xam: qattiq qo’llar (beshennie) va so’l yakobinchilarga bo’linishdi. 1793 yilning 29 iyunida Konvent Yangi Fransiya Konstitutsiyasini qabul qildi: 21 yoshdan saylov xuquqi, umumiy baxt, mexnat, bilim olish, yordam olish, namoyish o’tkazish va boshqa xuquqlar e`lon qilindi. Ammo bu xuquqlar rasmiy bo’lib, kafolatlanmagan, qonuniy asos yo’q edi. Bu konstitutsiyani qo’llash urush tugaguncha to’xtatildi. Yakobinchilar Konventi tarqab ketdi. 1793 yilning 13 iyulida Marat, Lionda Shal’e o’ldirildi. 1793-1794 yillarning kuzi va qishida urushda tub burilish bo’ldi. Amal’galma (o’qitilgan doimiy xarbiy qismlar bilan o’qitilmagan revolyutsion volonterlar xarbiy qismlari yaqinlashtirildi), aniq fanlardan foydalanish, dunyoda birinchi bo’lib xarbiy majburiyatni joriy etilishi, xarbiy taktikaning o’zgartirilishi tufayli Fransuz armiyasi g’alabalarga erishdi. Ammo yakobinchilar ichidagi kurash yanada kuchaydi, Robesp’yer boshqa gruppirovkalarga nisbatan terrorni kuchaytirdi. 24 iyundan keyin, qishda Jak, Shomet, Eber, Danton va boshqalar gil’otinaga tushdilar. Bularning barchasi Robesp’erga bo’lgan nafratni kuchaytirdi10. 1794 yil baxoridan yakobinchilar bloki tushkunlikka uchray boshladi. Yangi diniy oqim: «Oliy ong e`tiqodi» atrofida xalqni birlashtirish g’oyasi amalga oshmadi. 1794 yilning 10 iyuldagi terrorni kuchaytirish qonuni barcha tabaqalarni qo’rqitib yubordi. 1794 yilning 27 iyuli tunida Robesp’yer va uning tarafdorlari, ratushada Konvent a`zolari tomonidan otib o’ldirildi, o’lganlar ertasiga gil’otinadan o’tkazildi. Yana 80 nafar Parij Kommunasi a`zosi gil’otinadan o’tkazildi11. Yakobinchilar diktaturasi yo’q qilinib, Konventni yakobinchilardan tozalandi. Yakobinchilar diktaturasi Fransiya xalqining axvolini yaxshilamadi. Termidor to’ntarishi revolyutsiyaning tugashining boshlanishi bo’lib, Fransiyaning Napoleon Bonapart imperiyasiga olib keldi. U Termidor, II yili (27-iyul 1794 yil) xokimiyat Konvent qo’liga o’tdi. Termidor Konventi 27-iyuldan 26-oktyabr 1795 yilgacha xokimiyatni boshqardi. 1795 yilning 12 terminali (1 aprel) da , 1 prerialya (20 may) da qo’zg’olonlar ko’tarilib, non va Yangi konstitutsiya talab qilindi. Oqibatda 1795 yilda termidor Konventi Yangi Konstitutsiyani qabul qildi. Bu konstitutsiya respublikani saqlab qoldi, umumiy saylov xuquqini bekor qildi, xususiy mulkchilik xuquqini e`lon qildi. Revolyutsiya davrida qo’lga kiritilgan mulklarni qonuniylashtirildi, Konvent o’rniga «Oqsoqollar kengashi» (40 yoshdan katta, 250 kishi) va «500 lar kengashi» tuzilganligi e`lon qilindi. Bu ikki palata qonun chiqarish xokimiyatini qo’lga kiritdilar. Qonun chiqaruvchilar Direktoriyani saylardilar. Direktoriya 5 ta direktordan tashkil topgan, to’la ijroiya xokimiyat edi. Direktoriya burjuaziya manfaatini ko’zlar edi. Konvent tarqatilib, xokimiyat direktoriya qo’liga o’tdi. Termidor Konventi a`zolari «Oqsoqollar kengashi» va «500 lar kengashi» ga kirdilar. Direktoriya tarkibi 1795 yilning 4 brumerida va 1799 yilning 18 bryumerida almashdi, ammo xalqni axvoli og’irligicha qoldi12. Mana shunday noroziliklar sharoitida, mazlum sinf axvolini yaxshilash uchun turli guruxdagi kishilar kurash olib bordilar. Ulardan biri taniqli yurist va yer taqsimotchi Fransua Noel’ Babyof (1760-1797 yillarda yashagan) edi. U asli Pikardiyalik bo’lib, revolyutsiya vaqtida Parijga ko’chib kelgan va mexnatkashlar axvolini juda yaxshi bilar edi13. U Parij Kommunasi oziq-ovqat komissiyasida ishlagan, Konventni, Robesp’erni qattiq tanqid qilgan, xususiy mulkni ashaddiy dushmani edi. U turli jurnallarni chop etdi, ammo juda ko’p marta sudlandi, qamaldi. Turmada u Darete, Buonarotti va boshqa revolyutsionerlar bilan tanishib, «Tenglar jamiyatini» tashkil qildi, o’zini Grakx (Rim tribuni) deb ataydi. Ammo sotqin tufayli Babyof va Darete qatl etiladi. Jamiyatning «Tenglar manifesti» asari Buonarotti tomonidan Bel’giyada 1828 yilda chop etiladi. Direktoriya vaziyatga qarab yakobinchilar, royalistlar va demokratlar bilan yaqinlashar edi. Download 77.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling