2.2. Кўникмаларига эга бўлиши лозим:
- алюмин ва пластмасса эшик ва ромларни йиғиш ишларини бажаришда замонавий
технологияларни қўллаш;
- лойиҳа чизмалари ва технологик хариталарга биноан поливинилхлорид ва алюмин
композитли эшик ва ромларни йиғиш буюмларини тайёрлаш;
- қурилиш меъёри ва қоидаларига риоя қилиш;
- ёғочга ишлов берувчи дастгоҳлар ва асбобларни ишлатиш;
- дастгоҳ ва асбобларни созлаш;
- дастгоҳлар ва асбобларда ишлашда техника хавфсизлиги, электр ва ёнғин
хавфсизлиги қоидаларига риоя қилиш;
- таъмирлаш ишларини бажариш;
- бажарилган ишлар ҳажми ва материаллар сарфини ҳисоблаш;
- алюмин ва пластмасса эшик ва ромларни йиғиш буюмларини сақлаш.
1.1 O‘QUV MODULLARI MAZMUNI
1- MODUL. TЕXNIKA XAVFSIZLIGI VA MЕHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARI
Kirish
Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rganish hozirgi kunda juda dolzarb masalaga aylangan. Har bir kasb, har bir mutaxassislik yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rganayotgan, malaka oshirayotgan va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini chuqur o‘rganishi lozim.
Keyingi yillarda texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalarini o‘rganish nafaqat sanoat va ishlab chiqarish yo‘nalishlari balki barcha soha mutaxassislarini yuqori malakali bo‘lishligini taqoza etmoqda. Bugungi kunda ishchilar nafaqat o‘zi o‘zlashtirgan kasbni yuqori darajada egallagan bo‘lishi, balki mehnatni muxofaza qilish qonunlarini bilishi, ularga amal qilishi xamda texnika vositalari bilan xavfsiz ishlashni chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.
I. Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: Har bir mutaxassis mehnat faoliyatini yuritishda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qonun qoydalarini bilish, elektr toki urganda, yong‘in yuzaga kelganda, umuman, har bir faoliyatda o‘zi va atrofdagilar hayotini asrash uchun har qanday avariyaviy holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish qonun-qoidalarini bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |