III. Qo‘llanilgan adabiyotlar:
G.Yormatov. Oxrana truda. – Tashkent: O‘qituvchi, 2001.
2. J.R.Kulmuxamedov. Oxrana truda avtotransporta i polzovaniye avtomobilyom. – Toshkent: O‘qituvchi, 2002.
3. O.N.Kulikov. Professionalnoye obrazovaniye. Moskva 2010.
4. U.Yuldashev. Oxrana truda. – Tashkent: O‘qituvchi, 2005.
5. J.Yuldoshev. ekologiya i osnovi oxrani okrujayushyey sredi. – Tashkent: O‘qituvchi, 2003.
1.2 MODUL. TADBIRKORLIK ASOSLARI
Kirish
Mazkur kursni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshidan qat’iy nazar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan fuqarolarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish, ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, amaliyotda samarali biznes loyihalar tuzish, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlab olishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishdan iborat.
I. Modulning maqsadi va vazifalari
Modulning maqsadi: Korxona uchun xaridlarni amalga oshirish va bozor munosabatlarini bozor tizimida ishlashning oʻziga xos xususiyatlarini tushunish, kelajak iqtisodchilariga nazariy bilim va amaliy tadqiqot qobiliyatlari bilan va еtkazib beruvchilar bilan birga munosabatlarni yoʻlga qoʻyish qobiliyatini oʻrganish, korxonalarning turlarini va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish tamoyillarini o‘rganish, biznesni tashkil etish va takomillashtirish qonun-qoidalarini oʻrganishi kerak.
Modulning vazifasi: Biznes reja tuzish, Start-up loyihalar ishlab chiqish va ularni moliyalashtirish yo‘llarini qidirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, tadbirkorlik faoliyati doirasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nizolar, to‘siqlar va boshqa muammolar va ularni hal qilish choralarini shakllantirish.
II. Modulning mazmuni
Tadbirkorlik asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |