Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kambag‘alikni qisqartirish va bandlik vazirligi


Download 97.68 Kb.
bet3/22
Sana25.01.2023
Hajmi97.68 Kb.
#1122538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Alumin va profilli ustasi.uchun yangi modulli dastur

Modulning vazifasi: mutaxassis mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘zi va tinglovchilarni mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha bilim saviyasini oshirish va tinglovchilarda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha tasavvurni shakllantirish.


II. Modulning mazmuni


Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalari





Mavzular

Dars soati

Nazariy darslar

1.

Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish umumiy qoidalari

1

1

2.

Ish joylarini tashkil etish

2

2

3.

Korxona va ish joylarida elektr xavfsizlik

1

1

4.

Mehnat faoliyati davomida qurilmalardan foydalanish

2

2

Jami:

6

4/2


1-Mavzu. Texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish umumiy qoidalari. Ish joylarida xavfsiz ishlash, mehnat tartib intizomiga rioya qilish. Mehnat muxofazasi asosiy tushunchalari: mehnat muxofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, havfsizlik texnikasi. Mehnat muhofazasining qonuniy asoslari. Sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari. Jamoa kelishuvlari va shartnomasi. Ish vaqti va dam olish vaqti. Mehnat intizomi. Mehnat qonunlariga rioya etishni nazorat qilish. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va birinchi yordam turlari.
2-Mavzu. Ish joylari va mehnat faoliyati davomida xavfsizlik talablariga amal qilish. Xavfsiz ish yuritishda davlat nazorati. Ish joylarida mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis va javobgar shaxslar. Xodimlar va tarbiyalanuvchilar bilan o‘tkaziladigan yo‘riqnomalar.
3-Mavzu. Muassasada va ish joylarida elektr xavfsizlik qoidalariga rioya qilish. Inson organizmiga elektr tokni ta’siri, elektr tokidan ximoyalanish, elektr tokidan shikastlanganlarda birinchi yordam ko‘rsatish. Elektr xavfsizlikni ta’minlash texnik vositalarini qo‘llash tartiblari.
O‘t o‘chirish vositalarining turlari. O‘t o‘chirish vositalarining ishlatilishi. Yong‘inni ko‘pik, kukun va avtomatik o‘chirish vositalari va ularni ishlatish tartiblari. Yong‘indan xabar berish qurilmalari va ularni ishlatish.
4-Mavzu. Mehnat faoliyati davomida texnika jihozlaridan foydalanish, yordamchi yoritish moslamalaridan foydalanish. To‘siqlar o‘rnatish. Blokirovkalash. Izolyasiyalovchi himoya vositalari. Shovqinning va titrashni insonga tasiri. Shovqin va tebranishlardan qarshi kurash va himoyalanish vositalari. Ish joyining yoritilganlik darajasi. Mikroiqlim va uning gigienik me’yorlari. Me’yorli meterologiya sharoitlarini yaratish chora-tadbirlari. Shamollatishning turlari. Avariya vaqtida shamollatish. Xodimlarining majburiyatlari, huquqlari va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish.

Download 97.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling