Misol. ni 0,0001 aniqlikda hisoblang.
Yechish. = = deb olamiz.
U holda formulaga asosan
m = , x = 0,004
=
0,0001 aniqlikda bo`lishini hisobga olib, 02natijaga ega bo`lamiz.
Xulosa
Matematik anliz fani matematikaning fundanental bo`limlaridan biri bo`lib, u matematikaning poydevori hisoblanadi. Matematik analiz kursi davomida ko`plab tushuncha va tasdiqlar, shuningdek, ularning tatbiqlari keltiriladi. Ushbu kurs ishi matematik analiz kursidagi o’zining ko’plab tadbiqlariga ega bo’lgan Teylor qatori va uning tatbiqlariga bag’ishlangan. Kurs ishini berilgan rejalar asosida yoritib berishga harakat qildim. Berilgan ta`rif teoremalarni o`rgandim va misollar tatbiqini ko`rib chiqdim.
Kurs ishi kirish qismi, birinchi, ikkinchi va uchunchi boblar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Birinchi bobda Teylor qator va uning xossalari, elementar funksiyalarni Teylor qatoriga yoyish haqida tushuncha berilgan va ularni hisoblash yo’llari va misollar keltirilgan.
Ikkinchi bobida esa Teylor qatorining xususiy holi bo`lgan Makloren qatori va Teylor ko`phadi haqida ma’lumotlar berilgan va misollari bilan keltirilgan.
Uchinchi bobda teylor qatori yordamida taqribiy hisoblashlar haqida tushuncha berilgan. Bu punktida har bir elementar funksiyalarni Teylor qatoriga yoyish ko’rib formulalari berilgan va ular misollar orqali mustahkamlangan. Har bir bob oxirida berilgan ma’lumotlarni mustahkamlovchi misollar keltirilgan.
Mazkur Teylor qatori va uning tatbiqlari kurs ishidan matematika ta’lim yo’nalishi bakalavrlari matematik analiz fanidan o’tkaziladigan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida foydalanishlari mumkin.
Ushbu nazariyani o`rganib chiqish jarayonida, kasb-hunar kollejlar, litseylar va oliy ta`lim muassasalarida matematik analiz fanidan funksional va darajali qatorlar shuningdek teylor qatori nazariyasini o`rganishga oid malumotlar tahlil qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |