Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi


O’zbekiston Respublikasida soliq ma’muriyatchiligi: muammolar va istiqboldagi vazifalar


Download 1.74 Mb.
bet3/6
Sana14.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1196643
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6soliq savol javob

O’zbekiston Respublikasida soliq ma’muriyatchiligi: muammolar va istiqboldagi vazifalar.

Mamlakatimizda soliq tizimini isloh qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadsoliq to’lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Har bir mamlakatda ham ushbu maqsadga faqat izchil soliq ma’murchiligini amalga oshirish orqali erishiladi.


Soliq ma’murchiligining tashkiliy-funksinal elementlari
Soliq ma’murchiligi soliq siyosatining asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi va davlat bilan soliq to’lovchi o’rtasidagi munosabatlarga bog‘liq bo’lgan quyidagi asosiy yo’nalishlarini o’z ichiga oladi:
 soliq to’lovchilarni hisobga olish va reestrini yuritish;
 soliqlar bo’yicha hisobotlar taqdim etilishini nazorat qilish;
 soliq tushumlari hisobini yuritish;
 soliqlarni to’lash majburiyatini ta’minlash;
 tekshirishlarni tashkil etish;
 soliq qonunchiligi buzilganda tegishli choralar ko’rish;
 soliq targ‘iboti va axborot-maslahat xizmatini ko’rsatish;
 soliq qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash.
E’tibor beradigan bo’lsak, soliq ma’murchiligining ushbu asosiy yo’nalishlari davlat bilan uning soliq to’lovchi o’rtasidagi munosabatlar majmuasi bo’lib, uning xususiyatlari to’g‘risida tadqiqot ishimizning keyingi boblarida to’xtalib o’tishni maqsadga muvofiq deb hisobladik.
Har qanday tizimning (sohaning) mukammal faoliyatyuritishi, ushbu tizimni tartibga solib turuvchi huquqiy asoslarning mukammal, bekamu-ko’st, puxta va pishiq ishlab chiqilganligiga bog‘liq bo’ladi.
Shunday ekan, soliq ma’murchiligining samarali faoliyat yuritishi ham ko’p jihatdan uni huquqiy bazasining mustahkamligi bilan ifodalanadi va unga soliq qonunchiligi orqali shakl beriladi.
Soliq ma’murchiligining hukuqiy asoslari deganda, soliqqa oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiluvchi, davlat idoralari tomonidai qabul qilingan, hamma uchun majburiy bajarilishi lozimligi belgilangan, davlatning zo’rlik kuchi bilan ta’minlangan qonuniylik hujjatlari tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarini ikki guruhga: qonunlar va qonunostidagi meyoriy hujjatlari guruhlariga bo’linadi.
Soliq munosabatlarini tartibga solishda qonun me’yorlari yetakchi va belgilovchi ahamiyatga ega, chunki soliqlarni joriy etish, to’lashga oid masalalar qonunlar bilan belgilanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha huquq sohalari ushun, shu jumladan soliq huquqi fani uchun ham bosh yuridik manba bo’lib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 51- moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigimlarni to’lashga majburdirlar» deyiladi va shu bilan soliq munosabatlari jamiyatdagi etakchi munosabatlar dan ekanligi e’lon qilinadi.
2. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarining ikkinchi eng muhim manbai hisoblanadi va soliq munosabatlarini tartibga solib borish aynan ushbu qonun hujati orqali amalga oshiriladi.
3.O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida»gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g‘risida»gi Qonuni mamlakatimizda soliq to’g‘risidagi qonun hujjatlarining to’g‘ri amal qilishini ta’minlovchi va nazorat qiluvchi organ hisoblangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tartibga solib boradi.
4. O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari to’g‘risida»gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari to’g‘risida»gi Qonuniga ko’ra (6-modda) mahalliy davlat hokimiyati idoralari xalq deputatlari, viloyat, shahar, tuman kengashlari, viloyat, tuman, shahar hokimlari) o’z vakolatlari doirasida qaror va farmoyishlar chiqarishlari mumkin va ushbu hujjatlar ham soliq ma’murchiligi manbai sanaladi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq va soliqqa tortishga doir qaror va farmoyishlari ham joylarda soliq munosabatlarini amaliyotda qo’llashda muhim asoslar hisoblanadi.
Soliq ma’murchiligining huquqiy asoslari sanaluvchi qonunostidagi meyoriy hujjatlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.O’zbekiston Rеspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari. O’zbekiston Rеspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari ham, soliq ma’murchiligining huquqiy manbalari orasida muhim o’rin tutadi. Farmon va qarorlar bilan me’yorlar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida muhokama etilib, tasdiqlangach qonun kuchiga ega bo’ladi. Mazkur hujjatlar vositasida soliqqa oid muhim qoidalar, imtiyozlar, cheklashlar muayyan huquqiy rejim joriy etiladi va bekor qilinadi.
2.O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazigan meyoriy hujjatlar. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro’yxatdan o’tkazigan meyoriy hujjatlari ham soliq munosabatlarini amaliyotda qo’llashda, soliq ma’murchiligining huquqiy asoslarida salmoqli o’rin tutadi.
3.O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi plenumi qarorlari. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi tomonidan soliqqa oid ishlarni ko’rish yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunlarini qo’llash bo’yicha qarorlari ham soliq ma’murchiligini huquqiy asoslari bo’ladi.



  1. Download 1.74 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling