Oliy ta`lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Kur ishi mavzusining dolzarbligi


Download 0.78 Mb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1590415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
( Деталларнинг иш чизмаларини бажариш )1

Kur ishi mavzusining dolzarbligi: Hozirgi zamon mashinalari, stanoklari, apparaturalari va asboblarining ko‘pchiligida mexanikaviy, pnevmatik hamda elektr konstruksiyalar mavjud. Mashinalarning ish prinsipini ularning yig‘ish chizmalariga va umumiy ko‘rinishlar chizmalariga qarab o‘rganish juda qiyin, shuning uchun ko‘pincha soddalashtirilgan maxsus tasvirlar ya’ni sxemalar bajariladi. Bunday sxemalar mashinalarning ish prinsipini tezda tushunib olishga imkon beradi. Hozirda muhandislik grafikasi fanlari doirasida sxemalarni chizishga kam e’tibor berilmoqda, sxemalar chizmalarini kam bajargan talaba uni o‘qiy olish ko‘nikmasiga ham ega bo‘lmay qoladi.
Kur ishining maqsadi: Talabalarga sxemalarni tushuntirish, ular yordamida chizmalarni chizishni va uni o‘qiy olishni o‘rgatish va uning metodikasini ishlab chiqish orqali talabalarni muhandislik grafikasi fanlariga qiziqishlarini yanada oshirish.
Kurs ishining vazifasi:

  • bo‘lajak muhandislik grafikasi o‘qituvchilarining - muhandislik grafikasi bo‘yicha kasbiy tayyorgarligi tizimi mazmunining nazariy va amaliy holatini o‘rganish va tahlil qilish;

  • talabalarga sxemalar va ularning turlari haqida tushunchalar berish va takomillashtirish;

  • talabalarning mavzu yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakasini shakllantirish;

  • talabalarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida muammoli darslarni tashkil eta olish ko‘nikmasini shakllantirish.

Kur ishining ob’yekti: Oliy ta’lim tizimida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalariga grafikaviy ta’lim berish jarayoni.
Kur ishining predmeti: Bo‘lajak chizmachilik o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik grafikasi ilmini egallash jarayonidagi ta’lim mazmuni va texnologiyasi.
Kur ishining tuzilishi va tarkibi: Kurs ishi kirish, ikki bob, besh paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib jami 33 sahifani tashkil etadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling